3- mavzu. Atomda elektron orbitalarning tuzilishi. Kvant sonlari, elementlarini elektron formulalarini misollar asosida keltirib chiqarish. Kimyoviy bog‘lanish turlarini o‘rganish va misollar echish



Yüklə 16,08 Kb.
səhifə1/4
tarix18.03.2022
ölçüsü16,08 Kb.
#84560
  1   2   3   4
amaliyot 3


3- Mavzu. Atomda elektron orbitalarning tuzilishi. Kvant sonlari, elementlarini elektron formulalarini misollar asosida keltirib chiqarish. Kimyoviy bog‘lanish turlarini o‘rganish va misollar echish.

Atom yadrosi atrofida elektronlar harakatlanadigan energetik pog‘onalar 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 raqamlari yoki K, L, M, N, O, P, Q harflari bilan belgilanadi. Har bir energetik pog‘onadagi elektronlar soni N=2n2 formula yordamida hisoblanadi. Elektron yadroga qancha yaqin joylashgan bo‘lsa, uning energiyasi shuncha kam bo’ladi. Yadrodan uzoq joylashgan elektronlarning energiyasi katta bo’ladi. s, p, d, f, g, h pog‘onachalarda joylashgan elektronlarning maksimal soni mos ravishda 2, 6, 10, 14, 18, 22 ta bo‘ladi. Oxirgi ikki pog‘onachaga ega bo‘lgan elementlar hozircha ma’lum emas. Elektronlarning pog‘onachalarda joylashish tartibini Klechkovskiy qoidasi izohlaydi. Unga ko‘ra n+l yig‘indi (bu yerda nbosh kvant son; l  orbital kvant son) kichik bo‘lgan pog‘onacha oldin to‘ladi. Yig‘indi bir xil bo‘lganda n kichik va l kattaroqqa to‘g‘ri kelgan pog‘onacha oldin to‘ladi. Masalan, n+l=4 n=3, l=1 (1) va n=4, l=0 (2) hollarda kuzatilishi mumkin. Bunda (1) holat 3p pog‘onachaga to‘g‘ri keladi va u oldin to‘ladi, (2) holat esa 4s pog‘onachaga to‘g‘ri keladi, bu pog‘onacha 3p pog‘onacha to‘lgandan keyingina to‘lishi mumkin. n+l=5 quyidagi uch holatga to‘g‘ri keladi: a) n=3, l=2 b) n=4, l=1; va c) n=5, l=0. Bunda oldin a holatga to‘g‘ri keladigan 3d, keyin b holatga to‘g‘ri keladigan 4p va so‘ngra c holatga to‘g‘ri keladigan 5s pog‘onacha to‘ladi. Elektron pog’onachalar Hund qoidasiga binoan to‘lib boradi. Hund qoidasiga ko‘ra bir pog‘onachada joylashgan elektronlarning spin (urchuq, aylanishni ifodalaydi) soni maksimal bo‘lishi kerak. Atomdagi elektronlar orbitallarining shakli elektronlarning turlicha harakatlanish xususiyatlari bilan belgilanadi. Orbitallar orasida (masalan, s va p) oraliq shakllarning yo‘qligi elektronning bir holatdan ikkinchisiga keskin sakrab o‘tishidan guvohlik beradi. Bunday o‘tishlarni izohlash uchun kvant sonlaridan foydalaniladi. Kvant sonlari bosh, orbital, magnit va spin kvant sonlariga bo‘linadi.




Yüklə 16,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə