3 – Mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari



Yüklə 372,33 Kb.
səhifə8/10
tarix28.11.2023
ölçüsü372,33 Kb.
#138063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-mavzu G\'arb falsafasi

Renessans davri


Uyg‘onish davrida Evropada falsafaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlardan biri Nikolay Kuzanskiydir (1401-1464). Kuzanskiy ta'limoticha, xudo hamma narsalarda mavjud, shuningdek, hamma narsalar xudoda mavjud. Eng oliy haqiqatlarni bilish, sxolastik fikrlash bilan emas, balki, tajriba asosida amalga oshadi. U xudoni borliqning oliy va yagona asosi deb hisoblaydi. Bu masalada Kuzanskiy shunday muhim kosmologik fikrlarni bayon qiladiki, hatto ma'lum darajada uni Kopernik va Brunolarning o‘tmishdoshi deb hisoblash mumkin.
Falsafa va fan rivojlanishiga eng katta hissa qo‘shgan Uyg‘onish davrining mutafakkirlaridan biri polyak olimi Nikolay Kopernikdir (1473-1543). Ma'lumki, fan tarixida Kopernik o‘zining fanda tub o‘zgarish yasagan geliotsentrik ta'limoti bilan mashhur bo‘lgan. Uning ta'limoticha, insonlar tomonidan kuzatiladigan quyosh va yulduzlarning harakatlari aslida Erning o‘z o‘qi atrofida kundalik aylanishidan va Quyosh atrofida yillik aylanishidan iborat. Bizning planetamizning markazi Er emas, Quyoshdir. Kopernikning buyuk kashfiyoti dunyoga teologik qarashga zarba berib, tabiatshunoslikda to‘ntarish yasadi. Bu kashfiyot Bibliyaning dunyo tuzilishi haqidagi va o‘zgarmas deb tanilgan ta'limotiga zarba berdi. Agar er olamning markazi emas, balki Quyosh atrofida aylanuvchi planetalarning biri bo‘lsa, unda dunyoni, koinotni maqsadga muvofiq xudo tomonidan odamlar uchun yaratilganligi haqidagi talimot asossiz bo‘lib qolardi.
Kopernikning geliotsentrik nazariyasidan chuqur ilmiy xulosalar chiqargan mutafakkirlardan biri italiyalik Jordano Brunodir (1548-1600). O‘zining ilg‘or fikrlari uchun Bruno dahriylikda ayblanadi va cherkovdan haydaladi. Italiyadan qochishga majbur bo‘ladi. Uzoq vaqt SHveysariya, Fransiya, Angliya va Germaniyada quvg‘inda yuradi. 1592 yilda Bruno Italiyaga qaytib keladi, lekin cherkov inkvizitsiyasi tomonidan ushlanib turmaga solinadi. Qiynoqlarga qaramasdan, u o‘zining ta'limotidan voz kechmaydi, natijada qatl etishga hukm qilinadi, 1660 yil 17 fevralda Rimda Gullar maydonida yoqib o‘ldiriladi.
Bruno geliotsentrik nazariyani himoya qilish va targ‘ib qilish bilan cheklanib qolmaydi. U tabiatshunoslik tajribalarini hisobga olib, bir necha muhim nazariy xulosalar qildiki, ular filosofiyani yana ham boyitdilar. Bruno ta'limoticha, haqiqiy filosofiya ilmiy tajribaga suyanishi kerak, sxolastikani tugatish kerak. uning ta'lmoticha, koinot yagona, moddiy, cheksiz va abadiy. Juda ko‘p dunyolar bizning quyosh sistemasidan tashqarida mavjuddir. Biz ko‘rib turgan narsalar koinotining eng kichik bir qismidir. YUlduzlar — bu boshqa planeta sistemalarining quyoshi. Er — cheksiz dunyoning kichik bir zarrasi. Demak, Bruno tabiiy — ilmiy qarashlarida Kopernikdan ilgarilab ketib, koinotning cheksizligi haqidagi fikrni aytadi, Kopernik esa koinotni chekli deb hisoblagan edi. Bruno Kopernik ta'limotini Quyosh sistemasining tuzilishi haqidagi yangi qarashlar bilan boyitdi.
Uyg‘onish davrining natijasi sifatida namoyon bo‘lgan Farbiy Evropa mamlakatlaridagi tub ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar Niderlandiyada XYI asrning 60-70 yillarida, Angliyada XYII asrning 40-50 - yillarida bo‘lib o‘tdi. Bu davrga kelib, Evropada alohida millatlarning shakllanishi yuz berdi, milliy davlatlar paydo bo‘ldi. Endi monarxiya tuzumi jamiyatning ilg‘or tabaqalari nazarida faqat tarixan o‘z umrini o‘tab qolmasdan, balki g‘ayritabiiy, g‘ayriaqliy bo‘lib ko‘rina boshladi.
Evropada Rim imperiyasidan keyin bir necha asrlar o‘tib, aynan ana shu davrda ilgarigi, butun mintaqa hayoti uchun xristianlik va uning xilma-xil oqimlari umumiy mafkura rolini o‘tab kelgan davr tugadi. Endi diniy oqimlararo kurash, xristianlikning sofligini saqlashga urinishning mutlaqlashtirilishi natijasida vujudga kelgan inkvizitsiya ham o‘z davrini o‘tab bo‘ldi. Butun Evropani boshqarib kelgan qon-qardosh va bir-biriga dushman qirollar davri ham o‘tmishga aylana boshladi. Evropa uyg‘ondi va yangi davr boshlandi.

Yüklə 372,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə