3 – Mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari



Yüklə 372,33 Kb.
səhifə9/10
tarix28.11.2023
ölçüsü372,33 Kb.
#138063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-mavzu G\'arb falsafasi

Yangi davr falsafasi


XVII asrdan boshlab tabiatshunoslik jadal sur'atlarda rivojlanadi. Dengizlarda kemalarning yurishiga ehtiyojning ortishi astronomiyaning rivojlanishini, shaharsozlik, kemasozlik, harbiy ish – matematika va mexanikaning rivojlanishini belgilaydi. Yangi fan avvalo moddiy ishlab chiqarish amaliyotiga: to‘qimachilik sanoatida mashinalar ixtiro qilinishiga, ko‘mir va metallurgiya sanoatida ishlab chiqarish qurollarining takomillashuviga tayanadi.
E.Torrichelli havo bosimi mavjudligini eksperimental yo‘l bilan aniqladi, simobli barometr va havo nasosini ixtiro qildi.
I.Nyuton mexanikaning asosiy qonunlarini, shu jumladan butun olam tortishish qonunini ta'rifladi.
R.Boyl kimyoda mexanikani qo‘lladi va kimyoviy element tushunchasini ishlab chiqdi
Ingliz fizigi U.Gilbert magnit xossalarini va uning amalda qo‘llanilishini o‘rgandi.
V.Garvey qon aylanishini kashf etdi va uning rolini empirik usulda tadqiq etdi.
R.Dekart va G.Leybnits matematika, mexanika, fizika va fiziologiyaning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi.
Ijtimoiy fanlarda tabiiy huquq nazariyasi ishlab chiqildi (Angliyada T.Gobbs, Gollandiyada G.Grotsiy).

Frensis Bekon (– ingliz faylasufi 1561-1626) birinchi yondashuv asoschisi substansiya shakllarining xususiyatlariga tavsif bergan va substansiyani muayyan narsalar shakli bilan ayniylashtirgan. Uning fikricha, materiya sariqlik, moviylik, qoramtirlik, iliqlik, og‘irlik va boshqa shunga o‘xshash xossalarga ega. Bular materiyaning eng sodda xususiyatlaridir. Bu xossalarning turli birikmalaridan tabiatning rang-barang narsalari vujudga keladi.

  • Frensis Bekon (– ingliz faylasufi 1561-1626) birinchi yondashuv asoschisi substansiya shakllarining xususiyatlariga tavsif bergan va substansiyani muayyan narsalar shakli bilan ayniylashtirgan. Uning fikricha, materiya sariqlik, moviylik, qoramtirlik, iliqlik, og‘irlik va boshqa shunga o‘xshash xossalarga ega. Bular materiyaning eng sodda xususiyatlaridir. Bu xossalarning turli birikmalaridan tabiatning rang-barang narsalari vujudga keladi.
  • F.Bekon qadimgi faylasuflarning materiyaning atomistik tuzilishi haqidagi va ayniqsa bo‘shliqning mavjudligi haqidagi ta'limotiga tanqidiy yondashadi. U makonni bo‘shliq deb hisoblamagan: Bekon uchun makon materiyaning doimiy o‘rni bilan bog‘liq bo‘lgan. Amalda u makonni moddiy ob'ektlarning ko‘lamliligi bilan ayniylashtirgan. Vaqtni Bekon moddiy jismlar tezligining ob'ektiv o‘lchovi sifatida tavsiflagan.
  • Tomas Gobbs (ingliz faylasufi 1588-1679) tomonidan F.Bekonning materialistik qarashlari tizimga solingan va rivojlantirilgan. Gobbs materiyaga birdan-bir substansiya sifatida yondashgan, barcha hodisalar, narsalar, jarayonlarni bu substansiyaning namoyon bo‘lish shakllari deb hisoblagan. Materiya – abadiy, jismlar va hodisalar – o‘tkinchi: ular vujudga keladi va yo‘q bo‘ladi. Fikrlashni materiyadan ajratib bo‘lmaydi, zero materiyaning o‘zigina fikrlaydi. Jismsiz tana bo‘lmaganidek, jismsiz substansiya ham bo‘lishi mumkin emas. Aynan materiya barcha o‘zgarishlar sub'ekti hisoblanadi.
  • T.Gobbs o‘zining dunyo haqidagi falsafiy qarashlarida deist sifatida ish ko‘radi. Ammo uning asarlarida ateistik xususiyatga ega bo‘lgan fikrlarga ham duch kelish mumkin. Masalan, u Xudo – inson tasavvurining mahsuli, degan fikrni ilgari suradi. «Tabiiy va siyosiy qonunlarning elementlari» asarida, «Falsafa asoslari» trilogiyasi («Jism haqida», «Inson haqida», «Fuqaro haqida»)da, shuningdek «Leviafan» asarida Gobbs tabiiy aloqalar va qonuniyatlar rolini takror qayd etadi. Biroq, T.Gobbs Xudoni odamlar hayotidan butunlay chiqarmaydi: uning fikricha, Xudo «hamma narsani ko‘rguvchi va hamma narsani boshqaruvchi», «u barcha sabablarning birinchisi»dir. Gobbs Xudo voqealarning tabiiy oqimiga aralashmasligini qayd etadi.


Yüklə 372,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə