3- mavzu: Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. Reja



Yüklə 61,23 Kb.
səhifə1/2
tarix06.05.2023
ölçüsü61,23 Kb.
#108814
  1   2
3-Ma\'ruza


3- Mavzu: Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.
Reja:
1.Maktabgacha yosh davrida psixofiziologik taraqqiyotning umumiy tavsifi.
2.O‘yin maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi faoliyati sifatida (o‘yin faoliyatining mohiyati, turlari, bilish jarayonlari va shaxs taraqqiyotiga ta`sir ko‘rsatish mexanizmlari, o‘yinchoqning bola psixik rivojlanishiga ta`siri muammosi).
3.Maktabgacha yosh davrida bilish jarayonlari va nutqning rivojlanishiga xos xususiyatlar.
4.Maktabga psixologik tayyorlik muammosi.


Tayanch so`z va iboralar: “Men” konsepsiyasi, negativizm, o`yin faoliyati, nutq faoliyati, rolli o`yin, didaktik o`yin, xarakter xislatlari barqarorlashuvi, bola o’zligini anglashining tashqi va ichki belgilari.
Maktabgacha yosh davri bola kamolotining jadallashuvi va murakkab kechishi hamda o`zining muhim xususiyatlari bilanboshqa yosh davrlaridan tubdan farqlanadi. Agar maktabgacha davrda bolaga tegishlicha munosabatda bo’linmasa, unda o’jarlik vujudga kelishi mumkin.
Bola xulqida muayyan sharoitning ta’siri bilan paydo bo’lgan o’jarlik va nojo’ya qiliqlar mavjudligi, uning psixikasida jiddiy o’zgarish ro’y berganini, endi unga uning hozirgi o’sish darajasini hisobga olib, munosabatni amalga oshirish zarurligini bildiradi. Bolaning psixikasida vujudga keladigan inqirozning sabablari: 1) kattalar bolaning jismoniy va aqliy imkoniyatini; 2) xohish va istagini mustaqil holda turmushda qaror toptirishga intilishini; 3) ayrim ko’zga tashlangan qiyinchiliklarni bartaraf qilishga urinishini; 4) o’z holicha ish tutishni cheklashlaridir.
Kattalar bolaning ra’yiga, mustaqilligiga qarshi turmasdan, mumkin qadar istagiga, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish jarayonidagi qiyinchilik o’z-o’zidan barham topadi, nizo yoki ixtilofning oldi olinadi.
Oila va bog’chada shaxslararo munosabatlar ilmiy asosga qurilib, oqilona qoidaga suyanilsa va pedagogik odob (nazokat) doirasidan chetga chiqilmasa, yuqorida aytilgan ziddiyatlar yuzaga kelishi mumkin emas.
O’jarlik, qaysarlik, kattalarga itoatsizlikning vujudga kelishi − bolaning kattalarga qaramlikdan qutulishga urinish va kichik maktabgacha yosh davridan maktabgacha davrga o’tishning tashqi ifodasidir. Mustaqillikka intilish mazkur yosh davridagi o’zgarishlar, yangilanishlar, ya’ni shaxsiy xatti-harakatni va “men o’zim”ni anglashning mahsuli tariqasida ro’yobga chiqish kutiladi.
D.B.Elkoninning fikricha, bolaning xohishi bilan bu xohishning harakatda ifodalanishi o’zaro mos tushmasligi, kattalar talabiga so’zsiz itoatkorlik uning istagini umumlashtirishga olib keladi, voyaga yetganlar talabiga mos emasligi sababli shunchaki xohish, qat’iy shaxsiy xohish darajasiga o’sib o’tadi. Odatda “Men xohlayman”, “O’zim bajaraman” kabi mustaqillikka intilish harakatlari xohishning kuchayishida o’z ifodasini topadi. Xayrixohlik tuyg’usining vujudga kelishi aynan maktabgacha yoshga to’g’ri keladi. Buning zamirida bolaning mayli, niyati, orzusi, istagi, tilagi va xohishining mazmuni hamda xususiyatidagi keskin o’zgarishlar yotadi.
D.B.Elkoninning ta’kidlashicha, mazkur o’zgarishlar bevosita idrok qilinadigan buyumlarga qaratilgan xohishning mantiqan mavhumroq buyumlarga yo’naltirilgan xohishga aylanishidir. Buning asosiy sabablari, bir tomondan, bolada oddiy umumlashtirish uquvining paydo bo’lishi hisoblansa, ikkinchidan, unda nutq faoliyatining jadal sur’atlar bilan rivojlanishidir. Shundan so’ng uning faoliyati jozibador, maftunkor, jimjimador, yaltiroq narsalarning tashqi alomatlariga va ularni bevosita egallashga aloqador bo’lmay, balki mazkur narsalarning timsoli, tasavvur obrazlari, kelgusida shularning hammasini o’zlashtirish istagi asosiga quriladi. Bolaning orzu-istagi doirasidagi hali foydalanilmagan yangi, yashirin, ammo ro’yobga chiqadigan imkoniyatlar uning kattalar bilan munosabatida, muomalasida, muloqotida, o’zining shaxsiy faoliyatida, his-tuyg’usining mazmuni va rivojlanishidagi keskin, muhim o’zgarishlar uchun zarur shart-sharoitlar sifatida xizmat qiladi. Undagi tasavvur bilan uzviy bog’liq his-tuyg’ular xohishni qondirishda oldindan taajjublanish jarayoniga keng istiqbollar yaratadi. Boladagi mavjud his-tuyg’ular xohishni qondirishni bevosita aks ettirish bilan kifoyalanib qolmaydi, balki kelgusida amalga oshirish mo’ljallangan faoliyatning ahamiyatini ham o’zida mujassamlantiradi. Shuning uchun bolaning quvonchi bilan qayg’usi daf’atan qanday maqsadni ko’zlashga (amalga oshirishga) yo’nalganida emas, balki qaysi faoliyatni (ishni) rejalashtirgani bilan uzviy bog’liqdir.
Bolaning xohish va istagidagi ayrim o’zgarishlar, ularning tasavvurlar bilan birlashuvi maktabgacha yoshdagi sub’yektlarda faoliyatning yangi ko’rinishlari (rolli o’yinlar, ijodiy, tasviriy va konstruktiv faoliyat, sodda mehnat faoliyati) keng ko’lamda rivojlanishiga qulay imkoniyat yaratuvchi shart-sharoit hisoblanadi. Bola o’zining faoliyatida tevarak-atrofdagi narsalar va hodisalar to’g’risidagi tasavvur obrazlaridan amaliy foydalanish bilan chegaralanib qolmay, ularga nisbatan o’zining shaxsiy emotsional munosabatini ham bildiradi. Bu hol ko’pincha ularning ijodiy o’yinlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ijodiy o’yinlarda bolaning kattalar faoliyati haqidagi, ularning o’zaro munosabati to’g’risidagi tasavvuri aks etadi, u o’zini kattalar bilan birga harakat qilayotgandek his etadi, hatto voqelikning bevosita qatnashchisi vazifasini o’taydi.
Psixologik manbalardan ma’lumki, mazkur yoshdagi bolalarni o’zlari xohlamaydigan zerikarli faoliyatga (chunonchi, yozishga, rasm chizishga, mehnatga, harakatli o’yinga) majbur qilish mumkin emas. Ular o’zlari xohlamagan mashg’ulotlarda juda tez charchaydilar. Shunday mashg’ulotlarga amaliy jihatdan yondashib, yaqqollik alomatlari kiritilsa, bolalar ishga astoydil, butun vujudlari bilan kirishib ketadi. Natijada ularda shu mashg’ulotga ijodiy munosabat vujudga keladi.
Mazkur yosh davridagi bolalarning kattalar bilan munosabatga kirishuvining eng muhim xususiyatlaridan biri − ularning xohish-istaklarini boshqarish imkoniyati mavjudligidir. Ularni kattalarning ezgu niyatiga ko’niktirish, ota-onalar va murabbiyalar mayliga bo’ysundirish mumkinligidir. Ularning boshqa yosh davrlaridagi bolalardan farqi ularda nisbatan xotirjam, barqarorroq his-tuyg’ular mavjudligi, ularning affektiv holatlardan uzoqroqlik, nizolarga kam berilishidir. Bunday bolalarda affektiv (jazavali) holat yuz berishi mumkin, lekin u vaqtinchalik bo’lib, yaqqol harakat bilan emas, balki tasavvur obrazlari dinamikasi bilan bog’liq holda yuzaga keladi.
Bevosita idrok qilinmaydigan holatlarga nisbatan his-tuyg’u, murakkab ichki tug’yon va kechinmalarning paydo bo’lishi, keyinchalik emotsional o’sish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratadi. L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, bola o’yin faoliyatida bemor singari yig’laydi, o’yinning ishtirokchisi sifatida quvnaydi. Shuning uchun uning kechinmalari bemor to’g’risidagi tasavvur obrazlarining majmuasi bilan ularning nisbatan rang-barangligi bilan aniqlanadi. Bola tanlagan rol undagi mavjud kechinmalarning amaliy ifodasi kabi gavdalanadi. Ertaklar tinglashda bolada qahramonlar to’g’risidagi dastlabki kechinmalar paydo bo’ladi, unga emotsional ta’sir etish imkoniyati tug’iladi, kechinmalarni aks ettirish esa tasav­vur doirasida vujudga keladi. Masalan: doktor − davolaydi, shofyor − haydaydi, sotuvchi − mol sotadi, uchuvchi − samolyotni boshqaradi, o’qituvchi − bolalarga bilim beradi va hokazo.
Mazkur davrni inson shaxsini shakllantirishda eng murakkab davr desak, xato qilmagan bo’lamiz. Shunga ko’ra katta yoshdagi odamlar, ota-onalar, bog’cha tarbiyachilari shu davrda bolaga undagi o’zgarishlarni, murakkab ichki kechinmalarning mohiyatini psixologik inqirozni inobatga olgan holda munosabatda bo’lsalar, ijobiy voqelikni keltirib chiqaradi. Yuqorida aytganimizdek, bu davrda bolaning irodasi, irodaviy sifati takomillasha boshlaydi, shaxsning murakkab fazilatlari xarakter xislatlari barqarorlashadi. Bola o’zligini anglashining tashqi va ichki belgilari yaqqol ko’zga tashlanadi. “O’zim” bilan bog’liq ezgu niyat mustaqillikka intilish tuyg’usini vujudga keltiradi, binobarin, ularning ta’siri tufayli unda o’z xulq-atvori, “yurish-turishi” bilan kattalarning maqtovi va olqishini eshitish ishtiyoqi tug’iladi. Shaxsning xulqini baholash keyinchalik o’zini o’zi baholash darajasiga yetadi.
Katta yoshdagi odamlar, ota−onalar, tarbiyachilar bunday hollarda o’zlarini osoyishta tutishlari, sharoitga qarab bolaga biroz yon berishlari, ba’zan ularga aytganlarini qildirishlari, kerakli paytlarda masalani ochiq qoldirishlari lozim, chunki shaxs­lararo munosabatning ba’zan muammoligicha qolishi ham maqsadga muvofiqdir. Yaxshisi asabiylik vaziyatida bolaning diqqatini boshqa narsaga (ob’yektga) jalb qilish, uni mushkul holatdan chalg’itish ma’qul. Shaxsiy kuzatishlarimizda ayon bo’ldiki, mazkur holat bolaning ruhiy dunyosiga qattiq ta’sir qiladi, u o’zining nojo’ya qiliqlari kattalarga aslo yoqmayotganini anglaydi, ichidan chuqur iztirobga tushadi.
Shu davrda organizmning tez sur’atlar bilan o’sishi oqibatida bola sho’x, serg’ayrat, tinib-tinchimas, hamma narsaga qiziquvchan, harakatchan bo’lib qoladi. Undagi bu o’zgarishlar tabiiy ekanligini kattalar yaxshi bilishlari, o’zlarining kichkintoylarga muomala va munosabatlarini tubdan o’zgartirishlari lozim. Binobarin, bola oldiga qo’yiladigan talablar muayyan shart va sharoitga muvofiq bo’lishi kerak. Amaliy faoliyatda jismoniy va ruhiy o’zgarishlarni hisobga olmaslik kattalar bilan bolalarning o’zaro munosabatlarida qator qiyinchiliklarni vujudga keltiradi; bola ota-onalar va tarbiyachilarning gapiga quloq solmaydigan, topshiriqlarni bajarmaydigan, qo’rs, hech narsaga. ko’nmaydigan bo’lib qoladi. Bunday xatti-harakatni keltirib chiqaruvchi bosh sabab bolalarning mustaqillikka intilishini kattalar tan olmasligidir. Shuning uchun ular goho kattalardan o’rinli xafa bo’ladilar, nizoning sababini to’g’ri payqaydilar.
Erkalanish bilan vujudga keladigan o’jarlik ham uch yoshlilar ruhiy dunyosida ko’p uchraydi. Bolaga me’yordan ziyod mehr-muhabbat qo’yish, uni haddan tashqari erkalatish, har qanday xohishini qondiraverish, talab va ehtiyojini so’zsiz ado etish ham unda erkalik va o’jarlikni paydo qiladi. Shuningdek, bolaning xulq-atvorini, qilgan ishini maqtayverish, uni o’rinsiz taltaytirish yoki unga nisbatan befarq munosabatda bo’lish ham o’jarlikni keltirib chiqaradi. Bolani e’tiborsiz qoldirish, nazorat qilmaslik, tekshirmaslik ham noxush oqibatlarga olib keladi. Masalan, e’tiborsizlik bolani qattiq iztirobga soladi, unda tanholik tuyg’usini, umidsizlik, begonasirash hissini vujudga keltiradi. Bular esa bolada kattalarga nis­batan ichki qarama-qarshilikni, o’zaro ziddiyatni, nizo alomatlarini tug’diradi. Ko’p hollarda bolalarni o’z mayliga, o’z holiga tashlab qo’yiladi, ularga juda barvaqt erkinlik, mustaqillik beriladi, ammo bunday qilish bola shaxsini tezroq takomillashtirishga xizmat qilmaydi. Hayot va faoliyatda har bir bolaning oldiga aniq, yaqqol talab va topshiriqlar qo’ymaslik, unga homiylik qilmaslik uning ruhiyatiga qattiq ta’sir etadi, u o’kinadi va ichidan kuyunadi. O’zining himoyachisi yo’qligini his qilish ham bolada o’jarlikni yuzaga keltiradi. Boshqacha aytganda, bolaning ruhiy olamida kattalarga nisbatan paydo bo’lgan gina−adovat uni o’jarlikka yetaklaydi. Shaxslararo munosa­batda adolat qaror topgunicha, ziddiyatning bosh sababchisi o’z xulqiga iqror bo’lgunicha qarama-qarshilik davom etadi.
O’jarlik paydo bo’lgan bolaga muomalada uni behuda erkalatmaslik, maqtamaslik, uning barcha orzu-istaklarini qondirmaslik kerak. Xoh oilada, xoh bog’chada hammaga bir xil bir maromda e’tibor berish, bolani o’z holiga tashlab qo’ymaslik o’jarlikning oldini olishga xizmat qiladi.
Bolalarda vujudga keladigan illatlar − o’jarlik, qiyiqlik, qaysarlik va hokazolarning sababini u kamol topayotgan muhitdan, unga ko’rsatilayotgan tarbiyaviy ta’sirdan, sharoitdan, shaxsni shakllantirish jarayonidagi kamchiliklardan qidirish lozim. Eng muhimi, ota-onalar ham, tarbiyachilar ham boladagi salbiy ruhiy holat o’tkinchi ekanini bilishlari, uning sabablarini haqqoniy aniqlashlari, u bilan umu­miy til topishlari, unga nisbatan samimiy munosabat­da bo’lishlari zarur.
Hayot va faoliyatda kattalar bolaning shaxsini hurmat qilishlari, uning ehtiyojlari bilan hisoblashishlari, his-tuyg’usini boshqarish imkoniyatlarini aniqlashlari kerak. Bolani sevish, uning yosh xususiyatlarini hisobga olish, qiziqishlariga e’tibor berish − o’jarlikning oldini olishning muhim shartidir.
Bolaning shaxsi tarkib topishida kattalarning axloqiy ibrati alohida ahamiyatga molikdir. Lekin yuksak fazilatlarni, insoniy xislatlarni shakllantirishda shuning o’zigina yetarli emas, chunki bola o’zicha faol harakat qilmasa, hamkorlikdagi faoliyatda ishtirok etmasa, unda hech mahal xulq-atvor ko’nikmalari hosil bo’lmaydi. Ma’lumki, o’yin faoliyatida va muloqotlarda bolaning shaxsiy fazilatlari hamda xarak­ter xislatlari uning nutqiga bog’liq holda ro’yobga chiqadi. Bolaning nutq faoliyati qanchalik ravon va boy bo’lsa, u ona tilining durdonalaridan unumli foydalana olsa, uning o’zaro fikr almashishi ham shunchalik qulay va oson amalga oshadi. Kamolotning mazkur pallasida egotsentrik nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Harakatli va rolli (syujetli va mazmunli) o’yinlar (chunonchi, “Millitsioner”, “Sotuvchi”, “Shifokor”, “Qorbobo”, “Veterinar” va boshqalar) jarayonida amaliy xatti-harakat bilan uzviy bog’liq holda bola shaxsida insoniy xislatlar tarkib topa boradi. O’yin faoliyati va turli o’yinlar bolada irodaviy sifatlarni takomillashtirishda, his-tuyg’uni boshqarishda yetakchi faoliyat vazifani o’taydi.
Rolli o’yin − maktabgacha yoshdagi bolalarning yetak­chi faoliyati. Rolli o’yin mazkur yosh davridagi bola­larning eng muhim faoliyati bo’lib, ular bunday o’yinda go’yo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifalari va ishlarini amalda bevosita “bajaradilar”. Shu boisdan o’yin faoliyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlarda ijtimoiy muhit voqealari, oilaviy turmush hodisalari, shaxslararo munosabatlarni umumlashtirgan holda aks ettirishga harakat qiladilar. Bolalar kattalarning turmush tarzi, his-tuyg’usi, o’zaro muomala va muloqotlarining xususiyatlarini, o’ziga va o’zgalarga, atrof-muhitga munosabatini yaqqol voqelik tarzida ijro etish uchun turli o’yinchoqlardan, shuningdek, ularning vazifasini o’tovchi narsalardan ham foydalanadilar. Ammo shuni alohida ta’kidlash lozimki, ijtimoiy va maishiy voqelikning barcha jabhalarini qamrab oladigan rolli o’yin ularda birdaniga emas, balki turmush tajribasining ortishi, tasavvur obrazlarining kengayishi natijasida vujudga keladi va mohiyati hamda mazmuni jihatdan oddiydan murakkabga qarab takomillashib boradi.

O’yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o’yin o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit mavjud bo’lishi kerak: a) bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to’g’risidagi xilma-xil taassurotlar tarkib topishi; b) har xil ko’rinishdagi o’yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muhayyoligi; v) bolaning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi. Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko’rsatish uslubi hal qiluvchi rol o’ynaydi.


O’yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o’yin o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit mavjud bo’lishi kerak: a) bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to’g’risidagi xilma-xil taassurotlar tarkib topishi; b) har xil ko’rinishdagi o’yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muhayyoligi; v) bolaning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi. Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko’rsatish uslubi hal qiluvchi rol o’ynaydi.


Bolalar o’yinlarining mohiyati shundan iboratki, u o’yinda u yoki bu rolni bajaradilar va eng qiziq jihati, mayda, keraksiz buyumlarning haqiqiy tirik mavjudotlarga aylantirishini xohlashi mumkin.1
Tajribalardan xulosa qilish mumkinki, 5-6 yoshdagi bolalar uchun eng muhim u o’ynayotgan rol. Rolni gavdalantirish davomida bolaning faoliyatga bo’lgan munosabati yuzaga chiqadi. Ko’rilgan vaziyatdan shunday gipoteza tug’iladi. Demak, bola o’ziga boshqa odamlarning rolini olayotgan ekan, shu rolga xos, tegishli faoliyat va munosabatlarni aks ettirish o’yinning birlamchi asosidir.2
Bolalar o’yinlarining mohiyati shundan iboratki, u o’yinda u yoki bu rolni bajaradilar va eng qiziq jihati, mayda, keraksiz buyumlarning
Yüklə 61,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə