3- mavzu. Marketing axborotlari turlari va ularni tahlil qilish


Tashqi sharoitlarning rivojlani



Yüklə 71,41 Kb.
səhifə3/3
tarix18.03.2023
ölçüsü71,41 Kb.
#102799
1   2   3
3- mavzu. Marketing axborotlari turlari va ularni tahlil qilish

Tashqi sharoitlarning rivojlanishini tavsiflaydigan materiallar, avvalo, shu bilan qimmatliki, ular bozor holati, uning infrastrukturasi, xaridorlar va vositachilarning xatti-harakatlari, ta'minotchilar, raqobatchilar, shuningdek, davlat tomonidan tartiblashtirish chora-tadbirlari va hokazolar haqidagi axborotlarni beradi. Bu erda quyidagi harakterdagi yo’nalishlar kuzatiladi: 


  • tashqi muhit monitoringi (kon'yunktura, jarayonlar va tendentsiyalarni o’rganish); 


  • muhitdan nusxa olish (mavjud axborotlarni olish); 


  • muhitni prognozlash (rivojlanish istiqbollarini baholash). 




Monitoring deb aniq belgilangan, tor doiradagi ma'lumotlarni doimiy to’plash, izlash tizimiga aytiladi. Monitoring ommaviy axborot vositalarini o’rganishda eng ko’p tarqalgan. Ko’pincha monitoring ob'ekti bo’lib reklama va, birinchi navbatda, uning radio va, ayniqsa, televidenie kabi vositalari hisoblanadi.
Quyida batafsil yoritiladigan marketing tadqiqotlari bozor rivojlanishining tendentsiyalari va jarayonlari, uning sig’imi, sotilishlar dinamikasi, raqobatchilarning xatti-harakatlari, shuningdek, iste'molchilar xatti-harakatlarining sabablari, mahsulotning raqobatbardoshligi, rag’batlantirish va reklamaning samaradorligi, taqsimlash kanallari va boshqalarga nisbatan qo’llanadi.
Yig’ilgan marketing axborotiga ishlov berish maqsadida tegishli dastur asosida analitik marketing tizimi yaratiladi. U ma'lumotlar banki va modellar bankini o’z ichiga oladi. Prognozlash jarayonlarining tahlilini o’tkazishda o’rtacha miqdorlar, guruhlashlar, trendlar, regression va korrelyatsion usullar, omilli va klasterli tahlil, qarorlarni qabul qilish nazariyasi usullari, jarayonlarni o’rganish usullari, evristik usullar va shu kabi boshqa iqtisodiystatistik va iqtisodiymatematik usullar qo’llanadi.
3.Marketing birlamchi va ikkilamchi axborot turlari
Hosil bo’lish bosqichlariga qarab marketing axborotini quyidagi ikki turga bo’ladilar:
1. Birlamchi axborot - aniq marketing muammosini echish uchun maxsus dala (bozor) tadqiqotlari va modellash asosida hozirgina olingan ma'lumotlar massivi;
2. Ikkilamchi axborot - qachonlardir korxonada tadqiq qilinayotgan aniq muammo echimi bilan bog’liq bo’lmagan qandaydir maqsadlar uchun kimdir tomonidan to’plangan ma'lumotlar to’plami.
Axborotning ikkala turi ham o’ziga xos afzalliklar va kamchiliklarga ega. Masalan, ikkilamchi axborot arzonroq tushadi, uni olish va ishlatish oson, shuningdek, u nisbatan haqqoniydir. Biroq O’zbekiston sharoitida, aniqrog’i uning axborot makonida hozircha malakali marketing ma'lumotlari juda kam, rasmiy, shu jumladan, qaydnomali va regional statistika esa tarqoq, kamdan-kam holda tizimli ko’rinishda berilgan va shuning uchun hamma vaqt ham kuzda tutilayotgan marketing faoliyatining maqsadlarini aks ettirmaydi. Bunday holatda tadqiqotchilar oddiga qo’yiladigan vazifalarning aniq maqsadlariga ko’ra to’planadigan, har doim eng yangi va ishonchli bo’lgan birlamchi marketing axborotlariga ko’proq tayanishga to’g’ri keladi.
Axborotni, ayniqsa, tashqi muhit haqidagi axborotni izlash va shakllantirishda kompyuter axborot tarmoqlari muhim rol o’ynaydi. Hozirgi vaqtda ikki turdagi tarmoqlar kanallari mavjud. Internet - 45 mingdan ko’proq kichik lokal tarmoqlardan iborat bo’lgan global kompьyuter tarmog’idir. U butun er kurrasi bo’yicha uzluksiz va markazlashgan axborot almashishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda undan jahonning 150 mamlakatida 56 milliondan ko’proq kishilar foydalanadilar. Foydalanuvchilar elektron pochtani yuborishlari, xarid qilishlari, tadbirkorlik axborotini olishlari mumkin. Tijorat kanallari - ta'sischi kompaniyalarning abonent to’lovlari asosida ishlaydigan axborot va marketing xizmatlaridir. Mijozlarga axborot olish (yangiliklar, kutubxonalar, ma'lumotlar va boshqalar), xarid qilish, hordiq chiqarish va muloqot qilish (elektron taxtalar, o’yinlar, forumlar), elektron pochtadan foydalanish imkoniyatlari beriladi.
Nazorat uchun savollar.
1.Marketing axboroti xususiyati haqida nimalarni bilasiz?
2.Marketing axborot tizimi qanday?
3.Marketing birlamchi va ikkilamchi axborot turlari nima?
Yüklə 71,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə