3- varyant Sinfdan va maktabdan tashqari jismoniy tarbiyaning qanday shakllari mavjud?



Yüklə 70,47 Kb.
səhifə1/9
tarix26.01.2023
ölçüsü70,47 Kb.
#99442
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Azizbek


3- varyant
1. Sinfdan va maktabdan tashqari jismoniy tarbiyaning qanday shakllari mavjud?
2. Chidamlilik qobiliyatini tarbiyalashning yosh xususiyatlri?
3. Kuch qobilyatlarni tarbiyalash mеtodikasi.?
4. Fazoviy harakatlarni boshqarish?
5. Tezkorlik qobilyatlarni tarbiyalash mеtodikasi.?

1. Sinfdan va maktabdan tashqari jismoniy tarbiyaning qanday shakllari mavjud?
1. Pedagogning darsga tayyorlanishi
Darsga tayyorgarlik deganda, birinchidan, dars konspektini yuqori saviyada ishlab chiqib, oqqa ko’chirish va darsning muvaffaqiyatli o’tishi uchun bevosita tayyorgarlik ko’rish (darsning moddiy-texnika tomonidan ta‘minlanishi va o’quvchilar, o’qituvchi yordamchilari, navbatchilar, guruh boshliqlarini tayyorlash) nazarda tutiladi. Shuning uchun tahlil qilayotganda quyidagilarga e‘tibor berish tavsiya etiladi.
1. Dars konspektining muhayyoligi, uning har dars ish rejasiga muvofiqligi, aniq ishlab chiqilganligi va tashqi ko’rinishi:
a) dars vazifalarining dastur talablariga muvofiqligi, aniqligi, to’g’ri ifodalanganligi, har tomonlamaligi (shug’ullanuvchilarning har tomonlama va uyg’un rivojlanishini ta‘minlash);
b) konspekt mazmunida kerakli vositalarning to’g’ri tanlanishi (darsning uchala qismida shug’ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik darajasiga, dars vazifalariga tanlangan vositalarning muvofiqligi, dars qismlaridagi vositalarning o’zaro va mashg’ulot o’tkaziladigan sharoitga muvofiqligi);
v) mashqlarni miqdorlash va ularning ketma-ketligi; g) konspektning tashkiliy-metodik ko’rsatmalari bo’limida: darsni tashkil etish, o’tkazish metodikasi, sharoitlari bo’yicha qanday ko’rsatmalar berilgan, ularning to’g’riligi, maqsadga muvofiqligi, ifodalanishi va hokazo misollar bilan tasdiqlanadi.
2. Dars o’tkazish joyi, o’quv qurollari va anjomlarining tayyorligi va ularning sanitariya-gigiena holati.
3. O’qituvchi va o’quvchilarning tashqi ko’rinishi.
4. Navbatchi va guruh boshliqlarining oldindan tayyorgarliklari.
5. Darslardan ozod qilingan yoki yuklama miqdorlab beriladigan (kasalligi bo’yicha) o’quvchilarga darsdan oldin beriladigan ko’rsatmalar.

Yüklə 70,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə