3-amaliy mashg`ulot: boshlang’ich sinflarda o‘rganiladigan asosiy miqdorlar: uzunlik, massa, narx, baho, vaqt, masofa, tezlik



Yüklə 49 Kb.
tarix22.05.2023
ölçüsü49 Kb.
#111968
3-AMALIY MASHGULOT


3-AMALIY MASHG`ULOT: BOSHLANG’ICH SINFLARDA O‘RGANILADIGAN ASOSIY MIQDORLAR:UZUNLIK, MASSA, NARX, BAHO, VAQT, MASOFA, TEZLIK. (2 soat)


Mashg’ulot maqsadi: Boshlang‘ich sinflarda asosiy miqdorlar va ularni o’lchov birliklarini o‘rgatish metodikasi. boshlang’ich sinflarda o‘rganiladigan asosiy miqdorlar:uzunlik, massa, narx, baho, vaqt, masofa, tezlik haqida ma`lumotlar berish hamda tajribada sinash.
Mashg’ulot jihozi: o’quv majmua, darslik, daftar, tarqatma materiallar, geometrik shakllar, doska, bo’r, tarqatmalar va boshqalar.
Amaliy ishlash uchun topshiriqlar.
1.Mavzu haqida qisqacha ma`lumot.
2.Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
3.Dars ishlanmasi yozish.

1.Mavzu haqida qisqacha ma`lumot.


Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang‘ich sinflarda matematika mashg‘ulotlarinig asosiy tushunchasi bo‘lib, bolalarda miqdor haqida predmetlar va voqeylikka aloqador va o‘lchov bilan bog‘liq sifat tasavvur uchun foydalaniladi.
1–2-sinflarda o‘quvchilar uzunlik, massa, (og‘irlik) hajm, vaqt haqida va ularning o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Misollarni yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar.
Mavzuni o‘rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o‘quvchilar o‘zaro bog‘liq, ammo mutlaqo boshqa-boshqa, mazmunga ega bo‘lgan «miqdor» va «raqam» tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak. Masalan, sim o‘ramidan bir bo‘lak kesib olib, o‘lchash birligi detsimetrdan foydalanib, 1 dm , 2 dm, 3 dm, . , ...20 dm. Kabi uzunliklarni belgilab boramiz. Ya’ni mazkur o‘lcham birligini sim uzunligi bo‘yicha ketma-ket qo‘yish bilan o‘lchaymiz va tegishli nomi bilan - (20 dm) yozib qo‘yamiz.
Agar boshqa o‘lcham birligi, masalan, santimetrdan foydalangan bo‘lsa, miqdorning raqam belgisi o‘zgacha bo‘lganiga erishamiz. Bu raqamni ham tegishli nomi bilan (200 sm) yozib qo‘yamiz. Metr o‘lcham birligidan foydalansak mazkur miqdorning yana bir raqamli ko‘rinishga ega bo‘lamiz (2 m).
Raqam va o‘lchamlar tushunchalarini o‘zaro farqlash uchun bu bosqichda mazkur yordamlardan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo‘ladi. 78,40,11,99 kabi misollarda belgilarni qo‘llash bilan bog‘liq mashqlarni shakllantirishda, aynan raqamlarning (sonlarning) o‘zini solishtirish zarurligi 23 sm, 2 dm, 5 dm.1 m kabi mashqlarni yechishda esa miqdorlar taqqoslashayotganligi qayta-qayta takidlanishi lozim.
Miqdor va son (raqam) iboralarni qo‘llash bilan bog‘liq boshqa mashqlar ham shu kabi aniq va tushunarli ifodalanishi kerak. Masalan; «385 va 481 sonlarini qo‘shing», yoki «3 m 85 sm hamda 4 m 81 sm. miqdorlarni qo‘shing» kabi.
U yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni o‘lchash usullari o‘ziga xoslikka ega bo‘lsa ham, har bir miqdorni o‘rganishda umumiy bosqichlarni alohida ta’kidlash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. O‘qituvchi har bir miqdorlarni o‘rganish jarayonida ana shularga tayanib, o‘quvchilar faoliyatini quyidagicha tashkil etishi mumkin.
Miqdorlarni o‘rgatish bo‘yicha metodik sxema.
1. Bolalarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalarni aniqlash (bolalarning hayotiy tajribasiga murojaat etish).
2. Bir xil nomli miqdorlarni solishtirish (chamalab ko‘rinish, solishtirish, taqqoslash, o‘lchash va boshqa xil usullar bilan).
3. Mazkur miqdorning o‘lchov birligi va o‘lchov asboblari bilan tanishtirish.
4. O‘quvchilarda o‘lchash ko‘nikmalari hosil qilish.
5. Bir xil nomdagi miqdorlarni qo‘shish va ayirish. (Masalalarni yechish jarayonida).
6. Miqdorlarning yangi o‘lchov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi miqdorlarni boshqa o‘lchov birliklariga aylantirish. Ikki bir xil nomli o‘lchov birliklarini bitta ikki nomli o‘lchov birligiga aylantirish va aksincha.
7.Ikki xil nomli miqdorni qo‘shish va ayrish.
8.Miqdorlarni sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish.


Mavzuga doir didaktik topshiriqlar:
1sinflar matematika darsligida asosiy miqdorlar birliklariga oid:
1. 1-sinf matematika darsligida bir xil nomli miqdorlarni solishtirishga doir misollarniyozing.
2. Litr mavzusiga oid dars parchasini tuzing.
3. 3-sinf matematika darsligidan massa, narx, bahoga oid masalardan na’munalar yozing.
4. Bir xil nomdagi miqdorlarni qo’shish va ayirish. (Masalalarni yechish jarayonida).
5. 1-2-sinf matematika darsligida ikki xil nomli miqdorni qo’shish va ayirishga oid misollarni yozing.
6. Miqdorlarni sonlarga ko’paytirish va bo’lishga doir misol topish.

Ko‘pgina amaliy masalalarni yechishda qiymatlari turli o‘lchov birliklari bilan ifodalanadigan kattaliklar bilan amallar bajarishga to‘g‘ri keladi. Agar hisoblashlarni bajarish oson bo‘lsa, ular og‘zaki bajariladi.


5 soat 37 min + 21 min = 5 soat 58 min,
5 kg + 650 g = 5 kg 650 g.
Yozma hisoblashlarda kattaliklarning qiymati bir xil o‘lchov birliklarida ifodalanadi va ular bilan amallarni bajarish sonlar bilan bajarilgani kabi bajariladi. Masalan:
136 m 45 sm + 28 m 95 sm = 165 m 40 sm
136 m 45 sm = 13 645 sm
28 m 95 sm = 2 895 sm
16 540 sm = 165 m 40 sm yoki
24 t 805 kg – 7 t 926 kg = 16 t 879 kg 16 879 kg = 16 t 879 kg

Hisoblashlarni og‘zaki bajarib, natijani yozing:


95 km 090 m – 70 km 6 m 84 sm – 3 sm
24 km 057 m + 30 m 4 m 16 sm + 80 sm
Misollarni ustun shaklida yeching:
326 m 47 sm + 19 m 84 sm
118 m 06 sm – 92 m 32 sm
Xo‘jalik davlatga shartnoma bo‘yicha 4 860 t paxta topshirishi kerak edi. Avval 4 500 tonna, keyin yana uning to‘qqizdan bir qismicha paxta topshirildi. Xo‘jalik davlatga shartnomadagidan necha tonna ortiq paxta topshirgan?


3. Uyga topshiriq. Mavzuga doir dars ishlanmasi yozish.
Yüklə 49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə