3-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: O‘qitishda to‘g'ri tanlangan ilmiy terminologiya hamda tushunchalarni o‘zlashtirish metodlari va texnologiyalari. Termin tanlashning ilmiy pedagogik prinsiplari


Mavzu: O'qitishda to'g'ri tanlangan ilmiy terminologiya va tushunchalarni



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix22.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#112153
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3 mavzu O‘qitishda to‘g\'ri tanlangan ilmiy terminologiya

Mavzu: O'qitishda to'g'ri tanlangan ilmiy terminologiya va tushunchalarni 
o'zlashtirish 
O'quv mashg'ulotining maqsadi: 
Muhandislik grafikasi fanlarining ilmiy 
terminologiyasi va tushunchalarni
o'zlashtirish metodlari va texnologiyalarini 
magistrantlarga o'rgatish. 
Vizual amaliy materiallar 
1-
savol.
Muhandislik grafikasi fanlarining terminologiyasining ilmiy o’rganilishi. 
O‘quvchilarda grafik ma’lumotni oshirishga qaratilgan, xususan ularning bilish 
faoliyatini jadallashtirish, ularda fazoviy tasavvurni shakllantirish va o‘stirishga 
qaratilgan juda ko‘p mehnatlar bajarilsa-da, natijaning samarasi haligacha kutilganidek 
qanoatlanarli emas. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturimizda ham kadrlar tayyorlash tizimini 
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri ta’lim tizimini isloh qilishga qaratilgan 
bo‘lib, ilg‘or pedagogik texnologiyalar, ta’limning yangi shakl va usullarini ta’lim 
jarayoniga joriy etish ko‘zda tutilgan. 
O‘zbek tili davlat tili maqomiga ega bodganligi jamiyatimizning barcha 
jabhalarida, shu jumladan ta’lim sohasida ham undan amalda to‘liq ravishda foydalanish 
vazifasini yuklaydi. 
Yoshlarni adabiy nutqqa o‘rgatish ishini o‘zbek milliy til boyligining ajralmas 
qismi bo‘lgan ilmiy-texnikaviy terminlarlarni qo‘llanish doirasini tiklamasdan va 
kengaytirmasdan turib olib borish samarasizdir. Haqiqqatdan ham, o‘zbek ilmiy- 
texnikaviy terminologiyasining qodlanilish doirasi sifatida ta’lim muassasalari oldingi 
qatorda turadi. Shu jumladan, chizma geometriya va chizmachilik fanlarini o‘zlashtirish 
samaradorligini oshirish uchun chizma geometriya va chizmachilik fanlarining ilmiy 


termin va tushunchalarini to‘g‘ri tashkil qilish, ularni tushunarli tarzda o‘qitish kabi 
masalalarga yondoshgan. 
Chizma geometriya va chizmachilik terminlarining tarixiy rivojlanishi bevosita 
mazkur fanlarning va bu fanlarga oid adabiyotlarning shakllanishi, rivojlanishi va 
taraqqiyoti bilan birga bog‘liq. Fanning dastlabki shakllanish bosqichi albatta, 
chizmalarning paydo bo‘lish tarixiga borib taqaladi. Chizmalarning paydo bo‘lishi va 
taraqqiy etishi insonlarning moddiy extiyojining oshishi va ho‘jalik ishlab chiqarishning 
o‘sishi bilan uzviy bog‘liqdir. 
Buyumlarni tekislikka tasvirlash ilmining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi er. 
avv. yillarga borib takaladi. Biroq chizma geometriya fan sifatida faqat XVIII asrning 
oxirlarida fransuz muhandisi, olimi va siyosat arbobi Gospar Monj (1746-1818) 
tomonidan rasmiylashtirildi. U Parijdagi Mezer politexnika maktabida o‘qigan 
vaqtlarida bir inshoatni loyihalashda, ya’ni chizmalarini chizishda original hisob 
ishlarini amalaga oshiradi. Monj o‘z fikrini amalaga oshirishda stereometrik masalalarni 
yechishda planimetrik usullardan foydalandi. Shu bilan u chizma geometriya faniga 
asos soldi. U dunyodagi bir qator mamlakatlarda ortogonal proeksiyalar bo‘yicha 
orttirilgan ayrim qoida va usullarni ilmiy tizimga solib, har tomonlama ishlb chiqadi va 
1799 yilda «Chizma geometriya» asarini yozadi. Shu davrdan chizma geometriya va 
chizmachilik faninig terminologiyasining rasmiy rivojlanishi boshlanadi, desak 
adashmasak kerak. 
O‘zbekistonda chizma geometriya fanining sof o‘zbek tilida o‘tilishi ishlari Sobiq 
Ittifoq tuzumi davrida professor R. Xorunov tomonidan boshlandi. U kishi tomonidan 
V. S. Rozovning «Kurs chercheniya» kitobi va boshqa adabiyotlarning rus tilidan 
o‘zbek tilidagi tarjimasi yaratildi. Bu tarjimalar asosi sof o‘zbek tilida, o‘zbek termin va 
atamalarning shakllanishi bilan bog‘liq desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
R. Xorunov va Yu. Qirg‘izboevlarning «Chizma geometriya kursi» adabiyotlari 
bo‘yicha Respublikamizda deyarli 30-40 yil davomida soha mutahassislari va fan 
arboblari tarbiyalandi va bu adabiyotlar chizma geometriya, chizmachilikka doir 
terminologik tizimni yaratish, chegaralash va o‘zbek tili fondining alohida soha 
terminlari doirasini boyitishga ham hissa qo‘shdi. 
Muhandislik grafikasi fanlarining terminologiyasi klassterlanadi 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə