3 amaliy mashg’ulot. Meva daraxtlarini payvand qilish usullari va tartibini o’rganish Ishning maqsadi



Yüklə 101,88 Kb.
səhifə1/4
tarix31.03.2023
ölçüsü101,88 Kb.
#103878
  1   2   3   4
3-amaliy mashg\'ulot





3 - amaliy mashg’ulot. Meva daraxtlarini payvand qilish usullari va
tartibini o’rganish

Ishning maqsadi: Talabalarni turli meva ekinlari payvandtaglarini payvand qilishga tayyorlash texnikasi, payvandlash usullari va payvand qilish tartibi bilan tanishtirish.
Material va jihozlar:

  1. Payvandlash usullarini ifodalovchi jadvallar, tasvirlar.

  2. Payvandlash uchun zarur qurollar va asboblar.

  3. Qalamcha va kurtaklar.

  4. Ribakov A.A., Ostrouxova S.A. O’zbekiston mevachiligi. T., 1981.

  5. Mirzayev M.M., Sobirov M.Q. Bog’dorchilik. T., 1987.

  6. Ostonaqulov T.E., Narziyeva S.X., G’ulomov B.X. Mevachilik asoslari. T., 2010.

  7. Ostonaqulov T.E. va boshqalar. Meva-sabzavotchilik va polizchilikdan amaliy mashg’ulotlar. T., 2005.

  8. Bo’riyev. H.Ch. Havaskor bog’bonga qo’llanma. T., 2002.

  9. Mevachilik fanining o’quv uslubiy majmuasi.

  10. Internet saytlari :

www.agro.uz,
www.ziyonet.uz
Asosiy tushunchalar: Madaniy nav meva o’simligidan kesib olingan ayrim kurtak yoki bir bo’lak novdasini ikkinchi bir o’simlikka ulab o’stirish payvandlash deyiladi. 150 dan ortiq payvandlash usullari bor. Ammo ko’p ko’chatzorlarda ko’pincha 3 xil uxlovchi kurtaklami ulash yo’li bilan yozgi kurtak payvand, o’suvchi kurtaklar ulash yo’li bilan bahorgi kurtak payvand va qalamchani ulash yo’li bilan qishki payvand usullari qo’llanilib keladi.
Payvandtaglarni kurtak payvand qilishga tayyorlash. Kurtak payvand qilingan vaqtda payvandtaglaming po’stlog’i yog’ochlikdan yaxshi ajraladigan bo’lishi lozim.Payvandtaglaming ildiz bo’g’zi yonidagi poyalari, odatda, oddiy qalamdan ingichka bo’lmasligi va ildiz bo’g’zidan 15-20 sm gacha, yuqori qismida yon novdalar bo’lmasligi lozim. Ba’zan payvandtag ortiqcha o’sib ketib, yo’p.’onlashadi, po’stlog’i esa dag’allashadi, bu esa kurtak payvand qilish ishini qivinl r hiiiadi. Payvandtaglaming o’sib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun bahorda ul.и mu ' yci ustki qismini ko’plab butash yoki hatto ulami kesib, o’sib chiqqan bn yillik uovdasiga kurtak payvand qilish yoki kurtak o’miga qalamcha ulash inumkin.




Payvandtaglami barcha turlarida tanasi atrofíga tashlangan tuproqni ularni payvand qilishga bir-ikki kun qolganda ochish tavsiya etiladi. Bunda payvandtag po’stlog’i qotib dag’allashib qolmaydi, kurtakli qalqoncha o’matishni qiyinlashtirib qo’ymaydi.
Payvandtag o’zi yashaydigan, ildizlari baquvvat yaxshi, taralgan bo’lib, so’rish kuchi yuqori hamda har-xil zararkunanda va kassalliklarga imkoni boricha chidamli bo’lishi kerak.
Quyidagilar olma uchun eng yaxshi payvandtag hisoblanadi.

Yüklə 101,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə