3-amaliy mashg’ulot: Pedagog kasbiy-innovatsion kompetentligining tuzilishi va mazmuni



Yüklə 263,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix05.04.2023
ölçüsü263,79 Kb.
#104432
1   2   3
3 - амалийй

Namuna 
 
Bir-biri bilan mutlaqo kam bog‘langan yoki mutlaqo bog‘lanmagan 
ob’ektlar 
Tarbiyaviy tadbir 
Sayohat Sayohat 
4.
 
Ob’ektning muqobillari yoki unga zid bo‘lgan 
ob’ektlarni topishga oid topshiriq 
Kasbiy faoliyatingizga taalluqli bir ob’ektni oling. Ikki ustunli jadvalni 
shakllantiring. Birinchi ustunga muqobili, ikkinchi ustunga esa doir zidi bo‘lgan 
ob’ektni qayd eting. Ularning xususiyatlarini tizimlashtiring. 


Namuna 
 
Vertolyot 
Samolyot 
Olov 
 
5.
 
E.P.Torrensning “Tugallanmagan rasmlar” testi bo‘yicha ishlash 
Amerikalik psixolog E.P.Torrens tomonidan asoslangan “Tugallanmagan 
rasmlar” testi yuzasidan ishlashga oid topshiriq. 
Tinglovchilarning e’tiborlariga E.P.Torrensning “Tugallanmagan rasmlar” testi 
havola etiladi va berilgan shtrixlarga tayangan holda to‘laqonli rasm (surat)ni 
ishlash topshirig‘i beriladi. 
E.P.Torrensning “Tugallanmagan rasmlar” testi 
 
 
Devid Lyuisning bolalarda kreativlikni rivojlantirishga oid ko‘rsatmalari bilan tanishish 
va u yuzasidan muhokama tashkil etish.
Tinglovchilarning 
e’tiborlariga Devid Lyuisning bolalarda kreativlikni 
rivojlantirishga oid ko‘rsatmalari havola etiladi va u bilan batafsil tanishib chiqish tavsiya 
etiladi. Ko‘rsatmalar bilan tanishibgach, jamoada muhokama tashkil etiladi. 
6.
 
Devid Lyuisning bolalarda kreativlikni rivojlantirishga oid ko‘rsatmalari 
1.
Bolalarning savollariga chidam bilan to‘g‘ri javob bering. 
2.
Ularning savollari va fikrlarini jiddiy qabul qiling. 
3.
Bolalarga o‘z ishlari bilan shug‘ullanishlari uchun alohida xona yoki 
burchak ajrating. 
4.
Agarda ijodiy jarayon bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda bolani xonadagi 


tartibsizlik uchun koyimang. 
5.
Vaqti-vaqti bilan bolalarga ularni yaxshi ko‘rishingizni va ularni 
qanday bo‘lsalar, shunday qabul qilishlarini namoyon eting. 
6.
Bolalarga imkoniyatlariga mos yumushlarni buyuring. 
7.
Ularga shaxsiy rejalarini ishlab chiqish va qarorlar qabul qilishga 
ko‘maklashing. 
8.
Bolalarga 
faoliyatlarda 
yuqori natijalarga 
erishishlariga
yordam bering. 
9.
Kamchiliklarini 
ko‘rsatgan 
holda 
bolani 
boshqalar
bilan solishtirmang. 
10.
Bolani kamsitmang va o‘zini yomon, ojiz deb hisoblashishiga yo‘l 
qo‘ymang. 
11.
Uni mustaqil fikrlashga o‘rgating. 
12.
Bolani sevimli mashg‘ulotini tashkil etishi uchun zarur buyumlar bilan 
qurollantiring. 
13.
Uni turli voqealarni o‘ylab topishga, fantaziya qilishga majburlang, bu 
jarayonda unga yordamlashing. 
14.
Bolani yoshlikdan o‘qib-o‘rganishga odatlantiring. 
15.
Doimo bolaning ehtiyojlariga e’tibor qarating. 
16.
Har kuni bola bilan yuzma-yuz suhbatlashish uchun vaqt toping. 
17.
Oilaga oid masalalarning muhokamasiga bolalarni ham jalb qiling. 
18.
Xatolari uchun bolani masxara qilmang. 
19.
Bolani har bir yutug‘i uchun maqtang. 
20.
Uning yutuqlarini maqtashda samimiy bo‘ling. 
21.
Bolani turli yoshdagi kishilar bilan muloqot qilishga o‘rgatib boring. 
22.
Uning borliqni anglashiga yordam beradigan amaliy tajribalarni o‘ylab toping. 
23.
Bolaga turli latta-puttalar bilan o‘ynashni taqiqlamang – bu uning 
tasavvurini boyitadi. 
24.
Uni muammoni topish va uni hal qilishga rag‘batlantiring. 
25.
U bilan muhokama qilinadigan mavzularni cheklamang. 
26.
Bolaga qarorlarni mustaqil qabul qilish va uning uchun javobgar bo‘lish 
imkonini bering. 
27.
Bolaga uning shaxs bo‘lib shakllanishi uchun yordam bering. 
28.
Bolaga uning uchun foydali bo‘lgan teleko‘rsatuvlarni tomosha qilishi 
va radio eshittirishlarni tinglashi uchun ko‘maklashing. 
29.
Uni o‘z qobiliyatlarini ijobiy qabul qilishga odatlantirib boring. 
30.
Bolani kattalardan mustaqil bo‘lishga o‘rgatib boring. 
31.
Bolaning o‘ziga va uning sog‘lom fikrga egaligiga ishoning. 
32.
Bolaga “Men ham buni bilmayman” deb, uni muvaffaqiyatsizliklarga
bee’tibor bo‘lishga o‘rgatmang. 
33.
Bolaga, garchi u ishning ijobiy natijaga ega bo‘lishiga ishonmasa-da, 
boshlangan ishni oxiriga etkazishi uchun imkoniyat yarating. 
34.
Kundalik 
daftar yuriting 
va 
unga bolada 
kreativ
qobiliyat shakllanishini qayd etib boring. 



Yüklə 263,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə