3. Areal va uning xususiyatlarini ta`riflang



Yüklə 31,33 Kb.
səhifə1/5
tarix23.01.2023
ölçüsü31,33 Kb.
#99068
  1   2   3   4   5
Biologiya javoblari


3. Areal va uning xususiyatlarini ta`riflang Areal (lot. area – maydon, ma-kon) – oʻsimlik yoki hayvonlarning bi-ror turi, turkumi yoki oilasi tarqalgan hudud. Yaxlit (yalpi) A. va ajralgan (boʻlingan) A. farqlanadi. Agar bir A.dagi oʻsimliklarning turlari bir te-kis, oʻz hayotiga qulayroq joylarda koʻp uchrasa – yaxlit A.; yaxlit A. ikki yoki undan ortiq oblastlarga boʻlinsa – aj-ralgan A. paydo boʻladi. Bunda oraliq maydondagi turlarga mansub individlarning bir qismi qirilib ketadi. Turlar bir qancha qit’a, ummonlarni egallasa (mas, gʻalladoshlar oilasi, chumchuqsimonlar, delfinsimonlar tur-kumlari va boshqalar) keng miqyosdagi, kengayuvchi A. hosil boʻladi. Keng tarqalgan hayvon va oʻsimlik turlari kosmopolit turlar yoki panendemiklar deb ataladi. A. uncha katta boʻlmasligi ham mumkin. Ayrim oʻsimlik turlari (endemiklar) juda che-klangan, tor joylardagina (mas, orolda, gʻorda va boshqalarda) oʻsadi. A. chegarasi doimiy boʻlishi yoki odam ta’siri bilan oʻzgarishi mumkin. A. doirasida tur individlari barobar taqsimlanmagan boʻladi, markazda koʻproq joylashib, chekkaroqlarida to-bora siyraklasha boradi. Odam faoliyati ta’sirida oʻzgargan A. sun’iy A. (intro-duksiyalangan va iqlimlashtirilgan turlar A.) deyiladi. Mas, 19-asr oxirlarida ancha serhosil Meksika gʻoʻzasi Amerikadan Oʻrta Osiyo va Zakavkazega yoki kivi oʻsimligi Yangi Zelandiyadan Yevropaga keltirilganidan soʻng, bu yerlarda ular-613ning sun’iy A. barpo etildi. Tabiatda sochma A., sertarmoq A., tutash A., yondosh A., kengayuvchi A., torayuvchi A., uzilgan A. va boshqa turlari uchraydi.


4. Populyasiya xususiyatlari
Populyatsiya tushunchasi va xususiyatlari.
Populyatsiya- bu bir turning yoki bir necha tur vakillarining guruhi bo’lib ular ma’lum joyda uchraydi va ko’p hayotiy belgilarga ega bo’ladi. Shu belgilar butun guruhning doimiy funksiyalari xisobi8ni aks etdiradi. Populyatsiya a’zolarining hayotiy belgilari: tur vakillari qalinligi tug’ulishi, o’lishi, yosh bo’yicha taqsimlanishi, organizmning biotik patensiali ma’lum hududda tarqalishi va o’sish xillaridir. Populyatsiya genetik xususiyatlarga ham ega bo’lib bu xolati organizmning to’griudan-to’g’ri ekologik moslashishi qayta ko’payishi va tug’ilishiga bog’liq, ya’ni, uzoq vaqt nasl qoldirish qobiliyatini saql;ab qolishidir (Dobsxansky, 1968).
Populyatsiya “biologik” va “guruhlik” xususiyatiga ega bo’ladi. Biolgik xususiyatiga: populyatsiya a’zolarining hayot sikli, o’sishga qobiliyati faqrlanishi va o’zining son sifatini ushlab turish xususiyatlari kirib, ular populyatsiyani xosil qiluvchi organizmlarga taalluqlidir. Populyatsiya o’ziga xos ma’lum biologik tashkiliy tuzulishlariga ega. Populyatsiya belgilari ularning tuzulishi va sonlarning nisbati bilan bog’lanadi va umumiy genetik xususiyatlari bilan ham harakterlanadi.
Populyatsiyalar bir-birlari bilan asosan ekologik aloqalar orqali bog’lanib turadi. Populyatsiya ichidagi asosiy qonun-bu muhitdagi juda oz, chegaralangan zahiralardan foydalanib kelajakda avlod qoldirishdan iboratdir. Bu holat populyatsiya a’zolari miqdorining o’zgarishi, tur vakillarining o’z sonini boshqarib turishi orqali amalga oshiradi.



Yüklə 31,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə