3. Lingvistik metodning asosiy tamoyillari Qiyosiy-chog’ishtrma metod va tipologik metod haqida umumiy malumotlar



Yüklə 63,76 Kb.
səhifə2/5
tarix30.03.2022
ölçüsü63,76 Kb.
#84860
1   2   3   4   5
Topiljonova Namuna Lingivistik metod

Tilshunoslikda ikki tushuncha - a) tilshunoslik bo`limlari (sohalari), b) tilshunoslik yo`nalishlari (maktablari, oqimlari)ning farqlanishi bevosita shu bilan bogliqdir.

Tilshunoslik bo`limlari (sohalari, qismlari) deganda tilning qurilish (struktur) birliklariva ularning o`zaro munosabatlarini o`rganuvchi, tilshunoslik tarkibiga kiruvchi -fonetika (fonologiya), -morfologiya (morfemika), -leksikologiya (semasiologiya, leksikografiya), -frazeologiya (paremiologiya), -sintaksis, -so`z yasalishi (derivatsiya), -stilistika (uslubiyat, uslubshunoslik, lingvopoetika) kabi nisbatan mustaqil fanlar

tushuniladi va ular bitta murakkab fanga - tilshunoslik (lingvistika) faniga birlashadi. Tilshunoslik bo`limlari til sathlari - yaruslari bilan uzviy bog`liqdir.

Odatda lingvistik tadqiq metodlari tilshunoslikning barcha bo`limlari uchun umumiydir, ya’ni ayni bir usul bilan tilning fonetik qurilishi ham, leksik, morfologik va boshqa tomonlari ham tadqiq qilinadi. Chunonchi, tarixiy tilshunoslikda tarixiy fonetika, tarixiy fonologiya, tarixiy morfemika, tarixiy sintaksis, tarixiy stilistika va boshqa bo`limlar mavjud. Shu bilan birga tilning ayrim sath birlik (bo`lim, soha)larini o`rganishga ixtisoslashgan tadqiq usullari ham bor. Chunonchi, eksperimental fonetika, semantik sintaksis, lingvistik semantika. Tilshunoslikda lingvistik tadqiq metodi juda ko`pdir. Tom ma`noda tilshunoslik tarixi - bu tilni tadqiq etish usullarining bosqichma-bosqich almashinib, yangilanib borish, bir-birini to`ldirib, til mohiyatiga chuqurlasha borish tarixidir; tilshunoslik tarixiga bag`ishlangan har qanday tadqiq va qo`llanma ayni zamonda tilning tadqiq metodlari masalalarini ham o`z ichiga oladi.


Yüklə 63,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə