3-Ma’ruza. Analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyatlari


Muvozanat organi (vestibulyar analizator)



Yüklə 42,2 Kb.
səhifə4/11
tarix25.05.2023
ölçüsü42,2 Kb.
#112886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3- Ma\'ruza

Muvozanat organi (vestibulyar analizator). U odam tanasining fazoda ma'lum muvozanatda bo`lishini ta'minlaydi. Tik turganda, chopganda, yurganda, sakraganda, raqsga tushganda, narvondan yuqoriga ko`tarilganda va pastga tushganda, arg`imchoq uchganda, suvda suzganda, daraxtga chiqqanda, turnikda gimnastika mashqlari bajarganda, har xil tarnsportda yurganda, ya'ni odam tanasida eng oddiy holatdan eng murakkab holatlarga o`tganda tanasining muvozanatini ta'minlovchi asosiy organ vestibulyar analizatordir. Bu analizatorning ishi buzilsa, odam tanasining muvozanatini saqlash xususiyati pasayadi yoki butunlay yo`qoladi. Bu analizator juda qattiq zararlansa, odam xatto yotgan holatdan turganida uning boshi aylanadi, ko`zi tinadi, ko`ngli ayniydi u tezda o`tirishga yoki yotishga majbur bo`ladi. Agar odam yoshligidan boshlab vestibulyar analizatori yaxshi chiniqtirilmasa, odam tanasi murakkab holatlarda bo`lganida seziladi. Chunonchi mototsiklda, avtomashinada tez yurganda, karuselda aylanganda, har xil transportda yurganda boshi aylanadi, yuragi tez urib, rangi oqaradi, ba'zan xatto xushini yo`qotishi mumkin. Vestibulyar analizatorning retseptorlari daxliz, yarim aylana kanalchalar ichida joylashgan. Retseptorlarning qo`zg`alishi vestibulyar nerviga o`tib, miya ko`prigidagi po`stloq osti muvozanat markaziga, undan miyachaga va bosh miya yarim sharlari po`stlog`idagi muvozanat markaziga boradi.
Vestibulyar analizatorni chiniqtirish tadbirlarini yoshlikdan boshlash zarur. Bolani beshikdan va belanchakda tebratish, so`ngra velosipedda yurishni mashq qildirish, karuselda aylanish, suvda suzish, yugurish, sakrash, gimnastika mashqlari va sport o`yinlari bilan shug`ullanish, raqsga tushish kabilar bu organni chiniqtiradi. Bola tug`ilganidan vestibulyar analizator ishlay boshlaydi. 2 oyligida tebranishni ajratadi.

Teri analizatorlarining yoshga oid


xususivatlari va gigiyenasi
Teri ko'p qavatli epiteliy to'qimasidan tashkil topgan boiib, organizmni tashqi tomondan o'rab,uni tashqi muhitning barcha
mexanik. fizik, kimyoviy va boshqa ta'sirlardan himoya qilib. organizm tanasining butunligini ta’minlaydi. Teri organizmni tashqi muhitdan organizmning ichki a'zolari faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tennik, mexanik, fizikaviy va boshqa ta’sirlami sezadi. Bulardan tashqari issiqlikni boshqarishda va moddalar almashinuvida ham qatnashadi.
Teri qalin bo‘lib, tanada o'rtacha 1.6 sm2 sathga ega. U uch qavatdan ustki epiteliy qavat - epidermisdan. o'lta qavat-biriktiruvchi to‘qimadan iborat. Asl teri - dermisdan va ichki qavat teri osti vog' klechatkasidan tashkil topgan. Ostki qavatda yangi hujayralar hosil qilib turadi. Yosh bolalarda epidermis vupqa boTadi. Epidermis qavati tekis. yaxlit boTganligi uchun organizmga infeksiya oikazmavdi.
Haqiqiy teri - derma qalin bo’lib, epidermisning ostki qismida joylashgan. Haqiqiy terida ter bezlari, soch va tuklar ildizi, qon tomirlari, retseptorlar va pigment hujayralari bo’ladi. Ter bezlari terining hamma qismida tarqalgan bo’lib, faqat labning pushti qismida, jinsiy organda va quloq suprasida bo’lmaydi. Ular qo’l-oyoq kaftida, chot o'qimida, qo’ltiq ostida zich joylashgan bo’ladi. Оdamning 1sm2 terisida 500— 1000 tagacha ter bezlari bo’ladi. Ular bir kecha kunduzda o'rtacha 500 ml ter ajratib chiqaradi. Ter bezlarining naychasi ingichka bo’lib, uzunligi 2 mm keladi, u terining epidermis qismida teshik bilan tashqariga ochiladi. Ter bezlarining faoliyati tufayli organizmdagi o’rtacha suv, siydik va turli tuzlar tashqariga chiqib organizmda suv-tuzlar muvozanatini ta’minlashda faol ishtirok etadi. Ter bezlari faoliyatini boshqaruvchi markazlar orqa miyaning ko‘krak va bel segmentlarida. Yuqori markazlari esa bosh miya po'stlogi va gipotalamusda joylashgan. Ter bezlarining faoliyati, asosan, simpatik asab tizimi bilan boshqariladi.
Terning ajralishi reflektor jarayon bo’lib, ta'sirlanish ta'sirida, ya'ni issiqni sezuvchi retseptorlarning ta’sirlanishi natijasida hosil bo’ladi. qon tomirlar va nerv tolalari bilan juda vaxshi ta’minlangan. Soch piyozchasining ikki yonida yog' bezlari bo’lib, ular sochni moylab turadi. Soch va tuklarning rangi ularning tarkibidagi pigmentga bog’liq. Soch va tuklar ildizining yonida ular holatini o'zgartiradigan silliq muskullar joylashgan. Haqiqiv terida qon tomirlari juda ko'p. Ular teri osti klechatkasida anastomoz hosil qilib, qon tomirlar to‘rini vujudga keltiradi. Yog‘ bezlari. Yog' bezlari bosh, yuz, orqaning yuqori qismida zich joylashgan bo’lib. 1 sutkada 30 g moy ishlab chiqaradi. Moy suvning teri orqali o’sishiga to'sqinlik qiladi. terini yumshatib, uning elastikligini ta'minlaydi: himoya vazifasini bajaradi. Terida retseptorlar turli miqdorda tarqalgan boiib, ba'zilari epidermisda haqiqiv terining so'rg'ichsimon qismida joylashgan. Terining turli qismlarida issiqni sezuvchi retseptorlar soni 30 000 taga yetadi. tahminan 1 sm2 da 3 ta, sovuqni sezadigan retseptorlar 250 000 taga yaqin boiib. 1 sm2 da 12-15 ta boiadi. Terida ogiiqni sezuchi retseptorlar o'rta hisobda har 1 sm2 da 115-125 ta boiadi. Terining sezish xususiyati, organizmning asab tizimi holatining ta’sir kuchiga qarab o'zgaradi. Terida taktil, og'riq va harorat tassurotlarni qabul qila oluvchi retseptorlar joylashgan. Terida taxminan 500 000 ta taktil retseptori boiib, ular o'rta hisobda 1 sm2 da 25 tagacha joylashgan, barmoqlarning uchlarida zichroq boiadi. Teri turli sezgi bilan bogiiq bolgan afferent nerv orqali orqa miyaning orqa shoxi va bosh miyaning alohida qismlari bilan bogiangan boiadi. Teri analizatorlarining nerv markazi bosh miya varimsharlar po'stlogining orqa markaziy chuqurligida joylashgan boiadi.
Teri analizatori homilaning ona qornidagi embrional rivojlanish davridayoq shakllana boshlaydi. Yangi tugilgan bola terisi, retseptor tuzilmalari bilan juda yaxshi ta'minlangan boiib, uning yoshi ortishi bilan teridagi retseptorlar tuzilmalari morfologik va funksional tomondan rivojlanib boradi, Bola yura boshlashi bilan ovoq panja osti terisidagi retseptorlar soni orta boshlaydi. Bolaning bir yoshida terining retseptor tuzilmalari voyaga yetgan odamlarniki darajasiga yetadi. Terida bosim sezgisiga nisbatan moslanish hosil bo'ladi. Yangi tug'ilgan bolada taktil sezgisi ancha yaxshi rivojlangan. Yangi tug'ilgan va ko'krak yoshidagi bolalarda og'iz va ko'z, lab, kaftining ichki kaft yuzasi. oyoq tagi sezgirroq boiadi. Taktil sezgisi odamning butun hayoti mobaynida o'zgarib turadi.
Odamning 35-40 yoshida terining sezgirligi eng yuqori boiib, so'ng keksalikda kamayadi. 4-5 oylik homilada ter bezlari shakllangan boiib, tug'ilish arafasida uning rivojlanishi tugaydi. Qoitiq ostidagi ter bezlari kechroq rivojlanadi. 7 yoshgacha ter bezlarining soni katta odamnikidan ko'p boiib, yosh ortishi bilan ularning soni kamaya boshlaydi. Bir oylik chaqaloqda ter bezlari o'z faoliyatini boshlamaydi, buning asosiy sababi ter bezlarining faoliyatini boshqaruvchi nerv markazi hali yetilmagan boiadi. Tironoqlar yangi tug'ilgan chaqaloqlarda yaxshi rivojlangan boiib, har kuni 0,1 mm gacha o'sadi. Yog' bezlari yangi tug'ilgan chaqaloqlarda toiiq shakllangan boiib, ularning soni 1 sm2 da kattalarnikidan 4-8 marta ko'p. 7 yoshda yog' bezlari soni kamayadi. Jinsiy balog'at yoshida ularning soni yanada ortadi.



Yüklə 42,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə