3-Ma’ruza. Analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyatlari


Gormonlarni bir necha o’ziga xos xossalari mavjud



Yüklə 42,2 Kb.
səhifə6/11
tarix25.05.2023
ölçüsü42,2 Kb.
#112886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3- Ma\'ruza

Gormonlarni bir necha o’ziga xos xossalari mavjud.
1. Har bir gormon muayyan organ va funktsiyalarga ta’sir etib, ularda o’ziga xos o’zgarishlarni yuzaga chiqaradi.
2. Gormonlar biologik jihatdan aktiv bo’ladi. Masalan: 1 gr adrenalin (buyrak usti bezlari gormoni) 10 mln baqadan ajratib olingan yuragining ishini kuchaytira oladi. 1gr (me’da osti bezining Langergans orolchalaridan chiqadigan gormon) 12000 quyon qonidagi shakarni kamaytira oladi.
3. Gormonlar (distant) uzoqdan turib ta’sir ko’rsata oladi. Gormonlar qaysi organlarda hosil bo’lsa, o’sha organlarga ta’sir qilmay, balki mazkur bezlardan uzoqdagi organlarga ta’sir etadi.
4. Gormonlar molekulasi nisbatan kichik bo’ladi, shuning uchun ular organ va to’qimalarni qondan ajratib turuvchi kapillyarlar endoteleysidan, shuningdek hujayra membranalaridan o’ta oladi.
5. Gormonlar to’qimalarda birmuncha tez parchalanadi. Shuning uchun gormonlar qonda yetarli miqdorda bo’lishi, ular uzoqroq yoki uzluksiz ta’sir etishi uchun muayyan bezdan doim chiqib turishi zarur.
6. Ko’pchilik gormonlarning turga xos xususiyati yo’q. Shunday bo’lgani uchun qoramol, cho’chqa va boshqa hayvonlardan olingan gormonal preparatlarni meditsinada qo’llash mumkin.
Odam organizmidagi mavjud bezlar uch gruppaga bo`linadi.
1. Tashqi sekretsiya bezlari. Bular o`z suyuqliklarini alohida nay orqali teri satxiga yoki biror organga chiqaradilar, ularga: ter bezlari, yog`` bezlari, so`lak bezlari, jigar, ichak devorlaridagi bezlar kiradi.
2. Ichki sekretsiya bezlari. Bu bezlar tananing turli sohalarida joylashgan, ularning maxsuloti gormonlar bo`lib, to`g`ridan-to`g`ri shu organga kelgan tomirga ya'ni qon va limfaga ajraladi, chunki shu bez kaplyarlarga boy. Gormonlarni ajratib chiqaruvchi bezlar ichki sekretsiya bezlar yoki endokrin bezlar deyiladi. Bu bezlarga gipofiz epefiz, qalqonsimon bez, qalqon oldi bezi, ayrisimon bez va buyrak usti bezlari kiradi.
3. Aralash sekretsiya bezlari. Bu bezlar ham gormon, shira, jinsiy hujayralarni ishlab chiqaradi. Bu bezlarga me'da osti bezi va jinsiy bezlar kiradi.
Ichki sekretsiya bezlarini o`rganish usullari. Ichki sekretsiya bezlarining funktsiyalari shifoxona ya'ni davlat muassasalari sharoitida va tajriba yo`li bilan laboratoriyalarda urganiladi. Shifoxonalarga bezlarning funktsiyasi susaygan yoki kuchaygan kasallar kelib turadi. Funktsiyasi susaygan bezga da'vo qilish uchun o`rnini to`ldiradigan gormon yuborish buyuriladi. Masalan: me'da osti yetishmovchiligida insulin yuboriladi. Ba'zi bezlar gipofunktsiyasida xirurgik davo qo`llaniladi. Masalan: qalqonsimon bez gipofunktsiyasi tufayli kelib chiqqan Bazedov kasalligida bezning bir qismi olib tashlanadi. Tajriba sharoitlarida endokrin bezlarning funktsiyalarini o`rganish uchun bir necha usuldan foydalaniladi.
1. Bezni kesib olib tashlash ya'ni ekstripatsiya qilish.
2. ko`chirib o`tkazish, ya'ni transplantatsiya.
3. Ichki sekretsi bezlari ekstraktin organizmga yuborish o`rnini to`ldiradigan teropiya usuli.

Yüklə 42,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə