3-Ma’ruza mashg‘uloti. Mavzu: Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalarini shakllantirish. Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash printsiplari. Reja



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix22.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#112158
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3-Ma\'ruza. Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalari



3-Ma’ruza mashg‘uloti. 
Mavzu: Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalarini shakllantirish. 
Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash 
printsiplari. 
Reja: 
1. Ta’lim jarayonida ilmiy tushunchalar. O‘quvchilarda ilmiy tushunchalarni 
shakllantirishning ahamiyati. 
2. Ta’limda tushunchalar rivojlanishining o‘ziga xos hususiyatlari. 
3. Mashqlar yordamida geometrik tushunchalarni shakllantirish. 
4. Chizmachilik va chizma geometriyada mashqlar yordamida munosabatlar 
tushunchasini shakllantirish. 
5. Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash 
printsiplari. 
O‘quv mashg`ulotining maqsadi:
Talabalarga mashqlar yordamida chizmachilik 
tushunchalarini shakllantirishni, grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning 
komponentlarini tanlash printsiplarini o‘rgatish 
Tayanch so‘zlar: 
O‘zbek tili, davlat tili, muhandislik grafikasi, termin, atama, 
terminologiya, standart talabi, chizma gomeriya, chizmachilik, tarixiy taraqqiyot. 
Vizual ma’ruza materiallar 
1. Ta’lim jarayonida ilmiy tushunchalar. O‘quvchilarda ilmiy tushunchalarni 
shakllantirishning ahamiyati. 
Tilimizdagi mavjud so‘zlar, atamalar, terminlar ma’nolarining kengayishi va 
torayishi, ma’nolarning o‘sishi, ma’no ko‘chishi tarzda ro‘y beradi. Ular qanday tarzda 
ro‘y berishidan qat’iy nazar, bilish jarayonining boshlangdch bosqichi hisoblangan, 
idrok etishning tovush asosidagi madumot bodib, bilish jarayonida bilim manbai 
hisoblanadi. Idrok va tafakkur qilish jarayonlarida ilmiy va amaliy ahamiyatlarga ega 
bodgan tegishli tushunchalar hosil bodishida ishtirok etadi. 
O‘quvchilarda ilmiy tushunchalar tizimining shakllanishi-ular tomonidan ilmiy 
bilimlar tizimini egallashning muhim ilmiy elementlaridan biridir. Har bir o‘quv fani 
o‘zaro bogdangan asosiy ilmiy tushunchalar tizimidan tashkil topgandir, 


o‘quvchilarning fan bo‘yicha toda bilimlarining sifati tushunchalarning qanday va 
qanchalik o‘zlashtirilganligidan kelib chiqadi. 
Demak, maktab chizmachilik kursini odganish uchun uning mazmunini egallash 
lozim. Chizmachilik kursining mazmunini esa asosan, chizmaning proeksion mohiyatini 
qamrab oluvchi turli xil tushunchalar, qisqartma va qoidalar to‘plami hisoblangan 
YeSKD (Konstruktorlik hujjatlarining Yagona Tizimi) standartlari tashkil etadi. 
Tushunchalarni o‘zlashtirmasdan turib qonun va nazariyalarning o‘zlashtirilishi 
haqida so‘z bo‘lishi ham mumkin emas. Tushunchalarni egallash o‘quvchilarning tahlil 
va sintez, solishtirish va taqqoslash, mavhumlashtirish va umumlashtirish kabi amallar 
bajarish orqali faol aqliy faoliyatlari bilan bog‘liq. Biron bir fikrni tushunchalar bilan 
amallar bajarmay turib ifodalashning iloji yo‘q. Shuning uchun o‘quvchilarda 
shakllantirilayotgan tushunchalar ular tomonidan qanchalik yaxshi o‘zlashtirilsa, ularda 
muhokama, xulosa tuzish shunchalik yengillashadi. Yuqorida ta‘kidlanganidek, maktab 
kurslarining spesifikasi bu o‘rganilayotgan materialdagi turli xil ilmiy tushunchalar va 
ularning ta‘riflarining majmuasidir 
Bayon etilgan fikrlar bilan tushunchalarning shakllanishidagi munosabat 
chegaralanib qolmaydi. O‘quvchilarning terminologik bilimi o‘qituvchi uchun 
o‘quvchilarga o‘quv materialini ilmiy tilda bayon etishga imkon beradi. Boshqacha 
ta’riflaganda, didaktikaning ilmiylik prinsipini amalga oshishining omilidir. 
Ta’lim jarayonida tushunchalarning rivojlanishi bilan fandagi rivojlanishida bir 
qancha umumiy jihatlari, shuningdek, mohiyatan farqlari mavjud. 
Fandagi singari ta’limda tushunchalarning shakllanishi va rivojlanishi dialektik 
ziddiyatli, 
murakkab 
jarayondan 
iborat. 
O‘quvchilar tushunchalarni darhol 
o‘zlashtirmaydi, balki asta-sekinlik bilan uning mazmunini, hajmini, boshqa 
tushunchalar bilan aloqasini bilib boradi. 
Tushunchalarni o‘zlashtirish o‘rnatilgan ilmiy va yangi faktlarni tushuntirishga 
yetarli bo‘lmagan, mayjud tushunchalar bazasi o‘rtasidagi hosil bo‘lgan ziddiyatni 
yengib o‘tish asnosida amalga oshiriladi. 
Fanda (ilmiy bilishda) tushunchalarning hosil bo‘lishi va rivojlanishi – olimlarning 
ijodiy izlanishlarining mahsulidir. Ta‘limda esa o‘quvchilarda tushunchalarning 
shakllanishi o‘qituvchi rahbarligi ostida sodir bo‘ladi. Bu o‘qituvchining o‘quv dasturi 


bilan, o‘quv qo‘llanma va ta‘lim nazariyasi va amaliyotining holati bilan aniqlanadigan, 
maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati natijasining mahsulidir.
Ilmiy bilishda tushunchalarning hosil bo‘lishi va rivojlanishi- ongning ob‘ektiv 
dunyoni chuqurroq anglashdagi, uzoq jarayon davom etadigan rivojlanishining 
natijasidir, bilishning bir qancha bosqichining yig‘indisidir. Ta‘lim jarayonida esa, 
o‘quvchilarda fanning tarkibiga kirgan va qat‘iy tasdiqlangan, insonlarning ilmiy va 
amaliy faoliyatlarida keng qo‘llaniluvchi tushunchalarning shakllanishi yuz beradi. Bu 
jarayonda ham tushunchaning rivojlanashi sodir bo‘ladi, ammo u faqat o‘quvchilarning 
ongidagina sodir bo‘ladi, bu yerda yangilik elenmenti sub‘ektiv xarakterga egadir. 
Ilmiy bilishda tushunchalar yordamida ongimizda aks etuvchi narsa va 
hodisalarning ham hossalarini ajratish- o‘nlab olimlar, ba‘zida esa, turli xil mamlakat 
olimlari avlodining ijodiy faoliyatidir. O‘quvchilar esa tushnchalarni ta‘lim 
muassasalarida o‘qish davrida o‘zlashtirishadi. 
Fanda tushunchalarning hosil bo‘lish va rivojlanish manbai - o‘rnatilgan yangi 
tushunchalar bilan mavjud eski tushunchalar apparati o‘rtasidagi ziddiyat, yangi 
ochilgan, o‘rnatilgan faktlarni tushuntirishga bilimlarning yetishmasligidir.
O‘quvchilarda esa quyidagi omilarning ta’sirida sodir bo‘ladi: 
- maktabda fanlar asosini o‘rganishda o‘qituvchi rahbarligida maqsadga 
yo‘naltirilgan tushunchalarni shakllantirish jarayonida; 
- tushunchalarning «tabiiy» shakllanishi, ilmiy-ommabop adabiyotlarni o‘qish, 
radio va televidinie orqali dasturlarni eshitish va filmlarni ko‘rish. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə