3-Ma’ruza mashg‘uloti. Mavzu: Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalarini shakllantirish. Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash printsiplari. Reja



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix22.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#112158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3-Ma\'ruza. Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalari

O‘quvchilarda tushunchalarning shakllanish jarayoni O‘zining qonuniyatlariga 
egadir. Hozirgikungacha ularning quyidagilari o‘rnatilgan: 
-
o‘quvchilar ongida tushunchalarning shakllanishi - narsa va hodisalarning 
miqdor va sifat hossalarini ketma-ketlikda ochishdagi murakkab va uzoq davom 
etuvchi jarayondir. O‘quvchilar tushunchalarni darrov o‘zlashtira olmaydi, balki, 
uning mazmunini, hajmini, boshqa tushunchalar bilan aloqasini sekin-astalik bilan 
egallab boradi; 
-
u yoki bu o‘quv fanini o‘rganishda o‘quvchilarda oldiniga alohida tushunchalar 
shakllanadi, keyin esa tushunchalar tizimi (muayyan mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha) 
hosil bo‘ladi; 



agar fan ichidagi bir tizimning tushunchalarini o‘zlashtirishda boshqa tizimdagi 
tushunchalar bilan ularning o‘zaro bog‘liqligi sharti amalga oshirilsa, 
o‘zlashtirilish samaraliroq bo‘ladi; 
mazkur fan tushunchalarining o‘zlashtirilishida fanlararo bog‘lanish shartiga rioya 
etilsa, bu jarayon jadallashadi. 
O‘quvchilarda 
ilmiy 
tushunchalarni 
shakllantirishning 
usullariga 
oid 
psixologlarning ishlarida turli xil nuqtai nazarlar keltiriladi va asoslanadi. Ulardan eng 
ko‘p diqqatga e‘tiborlisi Galperin va Talizina, Shardakov, Menchinskaya va Davidovlar 
taklif etishgan usullardir. 
Galperin va Talizina o‘zlari rivojlantirgan tafakkur faoliyatining bosqichma 
bosqich shakllanish nazariyasidan kelib chiqib, tushunchalami shakllantirishning 
quyidagi ketma ketligini taklif etadi: 
1) O‘quvchilarda shakllangan 
bodishi 
kerak 
bodgan 
tushunchalar 
to‘g‘risidagi ob’ektlar (yoki ularning belgili kodinishlari) ustida amaliy mashq 
(moddiylashgan faoliyat); 
2) Baland nutqda ta’riflash (tashqi talaffuz). 
3) Ichki talaffuz (tushunchalar bilan fikran amallar bajarish). 
Tushunchalarni shakllantirish bosqichlari to‘g‘risidagi Galperin va Talizinalarning 
nuqtai nazarlarini ajratmagan xolda, Shadrakov ularning taklif etishgan usullarini 
universal deb hisoblamaydi. “tushunchalarning amaliy operatsiyalar orqali shakllanishi, 
deb yozadi Shadrakov, faqatgina bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida ularni amaliyotga 
hoziroq qodlash xollarida samarali bodishi mumkin”. Galperin va Talizina o‘z 
tadqiqotlarida o‘quvchilarda bir qancha geometrik tushunchalarning o‘zlashtirlish 
jarayonini odganishdi, aynan shunday tushunchalar bilan ish kodishgan. 
Ular o‘quvchilarga tushunchalarning belgi hossalarining ketma ketligi keltirilgan 
kartochkalar taklif etishdi: standart shakl va “moddiylashgan” obraz (ip, simdan 
yasalgan burchak va sh.k.). o‘quvchilarga namunalar kodsatilgan va o‘quvchilar ular 
ustida amallar bajarishi kerak edi. Tushunchalar o‘quvchilarning amaliy faoliyatining 
natijasida o‘zlashtirilgan va tushunchalarni shakllantirishning bunday usuli ularning 
tajribalarida yaxshi natijalar ko‘rsatgan. 
Biroq, boshqa mualliflarning tadqiqotlari, xususan A. N, Sokolovning ishi shuni 


ko‘rsatdiki, tushunchalarni shakllantirishning boshqacha tartibi ham qoniqarli 
natijalarga olib keladi, bunda, o‘quvchilar oldin nazariy materialni o‘zlashtirishadi, 
keyin esa uni amaliyotda qo‘llashadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə