3-Ma’ruza mashg‘uloti. Mavzu: Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalarini shakllantirish. Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash printsiplari. Reja



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix22.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#112158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3-Ma\'ruza. Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalari

 
 
 
2. Ta’limda tushunchalar rivojlanishining o‘ziga xos hususiyatlari. 
Shadrakov, o‘quvchilarda tushunchalarning o‘zlashtirilishi turli xil metodlar bilan 
amalga oshadi deb ta‘kidlashi to‘g‘ridir. U hisoblaydiki, o‘quvchilarda tushunchalarni 
shakllantirish qonuniyatlarini faqatgina Galperin va Talizina ko‘rsatgan bosqichlarning 
muvofiqligi bilan emas, balki yana “barchasidan avval ularning so‘zli - tushunchali, 
obrazli va amaliy faoliyatli” fikriy faoliyatining munosabatlarini ochish yo‘li bilan 
hamdir. 
Shadrakov tushunchalarni shakllantirishni quyidagi bosqich bo‘yicha amalga 
oshirishni tavsiya etadi: 
1. Narsa va hodisalarni kuzatish.
O‘quvchilarga hodisa, narsa yoki qonun 
to‘g‘risida yaqqol tassavur beriladi. Ko‘rgazmali qurollar, vositalar yoki tajribalar 
yordamida; bunda yangi tushunchalar o‘quvchilarga allaqachon tanish tushunchalar 
bilan zich bog‘liqlikda tushuntiriladi. Agar ilojisi bor bo‘lsa, o‘quvchilarga ular 
o‘rganayotgan tushuncha predmeti bilan manipulirovkalash tavsiya etiladi (tarqatma 
materiallar, sxemalar, modellar bilan ishlash). Tushunchalarni o‘zlashtirish bo‘yicha 
ishning barcha jarayonida o‘quvchilarning diqqati o‘rganilayotgan narsa yoki 
hodisaning muhim belgilariga qaratiladi. 
2. Kuzatuvni boyitish.
Bu maqsad bilan o‘quvchilarga o‘rganilayotgan 
tushunchaga tegishli bo‘lgan turli xil narsa va hodisalarninig ko‘p miqdorli sonini 
kuzatuvi tashkil etiladi. Turli xil yangi narsa va hodisalarning ko‘pini kuzatib, 
o‘quvchilar umumiy muhim belgilari va hossalarini, aloqa va munosabatlarini
shuningdek, nomuhim individual belgilarini oson topishadi. 
3. O‘rganilayotgan narsa va hodisalarning umumiy muhim belgilarini ajratish.
O‘quvchilarning bilimlari turli xil narsa va xodisalarning belgi hossalari va aloqa 
munosabatlarining yetarli miqdorini kuzatishgandan so‘ng, ular umumiy muhim belgi 
va munosabatlarini ajratishni boshlaydi. Bu fikriy jarayon narsa va hodisalarning 


alohida belgilarini, ular o‘rtasidagi munosabatlarni mavhumlashtirish va tahlil qilish, 
o‘xshash belgi va aloqalarini solishtirish (taqqoslash), va nihoyat ularni sintezlashtirish 
va umumlashtirish yordamida amalga oshadi. Bunday fikriy faoliyat natijasida 
o‘quvchilar tushunchalarninig umumiy va muhim belgilarini aniqlab oladilar. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə