3-ma’ruza. O’simlik to’qimalari reja



Yüklə 118,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix27.04.2023
ölçüsü118,68 Kb.
#107113
  1   2   3   4   5   6   7   8


3-MA’RUZA. O’SIMLIK TO’QIMALARI 
Reja 
1.
To‘qimalarning klassifikatsiyasi 
2.
Hosil qiluvchi to‘qima (meristema) 
3.
Мехаnik, asosiy (assimilasion, g’amlovchi) to’qimalar 
4.
Ajratuvchi) to’qima turlari va vazifalari 
5.
O’tkazuvchi to’qimalar 
Tayanch so’zlar: 
meristema, prokambiy peritsikl, fellogen, kambiy, 
trixomalar, tukchalar, interkalyar, lateral, inisial, kollenxima, sklerenxima
skleridlar, sut naylari, floema, kselema, lub tolalari, yog’ochlik tolalari (libriform), 
assimilyatsion to’qima, bulutsimon parenxima, burmali parenxima, aerenxima. 
O’simliklarning tanasi har xil to’qimalardan tashkil topgan bo’ladi. Shakli 
jihatdan o’xshash bo’lgan bir yoki bir necha xil vazifani bajaradigan hujayralar 
guruhiga to’qima deyiladi. Тo’qimalar shakliga ko’ra 2 xil bo’ladi. Parenximatik va 
prozenximatik. Parenximatik hujayralardan tashkil topgan to’qimalar, parenximatik 
to’qimalar, prozenximatik hujayralardan tashkil topgan to’qimalar, prozenximatik 
to’qimalar deyiladi. Тo’qimalar kelib chiqishiga ko’ra 2 ta katta guruhga bo’linadi: 
1) Embrional- hosil qiluvchi to’qimalar; 2) Doimiy to’qimalar.
 
Doimiy to’qimalar bajaradigan vazifasiga ko’ra 5 xil bo’ladi. 1) Qoplovchi; 
2) Asosiy; 3) Mexanik; 4) O’tkazuvchi; 5) Ajratuvchi to’qimalar. 
Hosil qiluvchi to‘qima. 
Hosil qiluvchi to‘qima meristema (yunoncha so‘z 
bo‘lib, meristos-bo‘linish) bo‘lib, yangi hujayralarni va to‘qimalarni hosil qilish 
xususiyatiga ega va o‘simliklarning o‘sishini ta’minlaydi. Meristema to‘qimasi 
behisob bo‘linish xususiyatiga ega va uni ko‘p vaqt saqlab qoladigan bir qancha 
initsial hujayralarga ega. Ulardan o‘simliklarning barcha to‘qima va organlari hosil 
bo‘ladi. Hosil qiluvchi to’qimalar o’simliklar hayotida muhim rol o’ynaydi, chunki 
ularning ishtirokisiz o’simliklar o’smaydi va yangi organlar hosil qilmaydi. Hosil 
qiluvchi to’qimalar o’simliklarda joylashgan o’rniga ko’ra 4 xil bo’ladi: 1) Тepa- 
apikal meristema; 2) Interkalyar meristema; 3)Yon meristema; 4) Yara meristema. 


Hosil qiluvchi to’qimalarni hujayrasini yadrosi yirik, tez-tez bo’linish 
xususiyatiga ega bo’ladi. Hosil qiluvchi to’qimani o’zi kelib chiqishiga ko’ra 2 xil 
bo’ladi: 1) Birlamchi hosil qiluvchi to’qima- prokambiy; 
2) Ikkilamchi hosil qiluvchi to’qima- kambiy; 
Prokambiy to’qimasi o’simlik organlarining o’sish nuqtalarida ildizning va 
poyaning uchida, ya’ni o’sish konusida bo’ladi. O’sish konusidagi hujayralarning 
bo’linishi hisobiga ildiz va poya bo’yiga o’sadi. Birlamchi hosil qiluvchi to’qima 
(meristema) o’sish konusining eng uchida joylashgan bitta dastlabki hujayraning 
ketma-ket bo’linishi natijasida rivojlanadi. Keyinchalik bu hujayradan kelib 
chiqishiga ko’ra birlamchi hisoblangan har xil to’qimalar ajraladi. Birlamchi 
meristemadan cho’ziq va ingichka hujayralar guruhi ham ajralib chiqa boshlaydi va 
ular o’sish konusining birmuncha pastida joylashadi. Har tomonga qarab, zo’r berib 
bo’linish xususiyatiga ega bo’lgan hujayraning bu guruhi prokambiy deb ataladi. 
Prokambiy hujayraning zo’r berib bo’linishi natijasida keyinchalik o’tkazuvchi va 
mexanik funksiyani bajaruvchi ikkita doimiy to’qima, birlamchi yogochlik, ya’ni 
ksilema va birlamchi lub, ya’ni floema hosil bo’ladi. 
Prokambiy to’qimasi asosan bir pallali o’simliklarda uchraydi. Birlamchi 
yog’ochlik va birlamchi lubni hosil qilgandan keyin bir pallali o’simliklarda o’zi 
yo’q bo’lib ketadi. Ikki pallali o’simliklarda esa yoshlik vaqtida bo’ladi. Birlamchi 
yog’ochlikni va birlamchi lubni hosil qilib o’zi yo’qola boradi. Yo’qolib borayotgan 
bir qism prokambiy hujayralarini qayta bo’linib ko’payishidan kambiy to’qimasi 
vujudga keladi. Kambiy to’qimasi hosil qilishda davom etadi va chetga tomon 
ikkilamchi lub, markazga tomon ikkilamchi yog’ochlik kattalashadi. Natijada ikki 
pallali o’simliklarni o’z organlari o’sib, yo’g`onlashadi. Yillik halqalar kambiy 
to’qimasining faoliyati tufayli vujudga keladi. Alohida qoplovchi to’qima-po’kak 
hosil qiluvchi kambiy ham ikkilamchi hosil qiluvchi to’qimaga kiradi. Hosil qiluvchi 
to’qimalar o’simliklar hayotida muhim rol o’ynaydi, chunki ularning ishtirokisiz 
o’simliklar o’smaydi va yangi organlar hosil qilmaydi. 

Yüklə 118,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə