3-Maruza: Solishtirma elektr qarshiligi va uni harxil omillarga boǵliqligi



Yüklə 1,1 Mb.
tarix22.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89926
3-Mavzu UZB

3-Maruza: Solishtirma elektr qarshiligi va uni harxil omillarga boǵliqligi


REJA:

Elektr usullaring, aksariyat, qismi toǵ jinslarining solishtirma qarshiligini ólchashga asoslangandir. Toǵ jinslarining solishtirma qarshiligi deb bir kub metr xajmdagi, eni, bóyi va balandligi bir metr bólgan toǵ jinsining qarshiligiga aytiladi. Umuman olganda istalgan ótkazgichning qarshili:
Bu formuladan
- ótkazgichning qarshiligi, OM da, - ótkazgichning kóndalang kesimi, M2 da, -ótkazgichning uzunligi, M da ólchanilsa, - ótkazgichning solishtirma qarshiligi, OMM da ólchaniladi.
1. Toǵ jinislarining solishtirma qarshiligi
Toǵ jinsi va minerallarning solishtirma qarshiliklari juda katta oraliqda ózgaradi. Buni quyida keltirilgan 1-jadvaldan ham kórish mumkin.
Asosiy toǵ jinsi hosil qiluvchi va ruda minerallarining solishtirma elektr qarshiliklari
1-жадвал

Минераллар

, омм

Минераллар

, омм

Ангидрит

107 - 1010

Магнетит

10-4 –10-2

Галенит

10-5 - 10-3

Мусковит

1011 -1012

Графит

10-6 - 10-4

Нефт

109 - 1016

Кальцит

107 - 1012

Дала шпатлари

1012 - 1015

Ош тузи

1014 - 1015

Силвин

1013 -1015

Кварц

1012 - 1014

Слюдалар

1014 -1015

Jadvaldan kórinib turiptiki, chókindi toǵ jinsi hosil qiluvchi minerallar: kvars, kalsit, muskovit, slyudalar va toǵ jinslari: angidrit, osh tuzi va boshqa chókindi toǵ jinslari judayam katta qarshilikka egadir. Lekin chókindi toǵ jinslarining ion ótkazuvchanlikka ega bólishlari va ular tarkibida suv va unda erigan tuzlarning bólishi, toǵ jinslarining solishtirma qarshiliklarini kamaytiradi.
Shuning uchun chókindi toǵ jinslarining solishtirma qarshiliklari, agarda u faqatgina suv bilan tóyintirilgan bólsa qatlam ichidagi suvning solishtirva qarshiligi ga, ushbu suvning miqdoriga, miqdori esa qatlamning umumiy ǵovakligi bilan belgilanadi, Bundan tashqari toǵ jinsining tekstura va struktura tuzilishiga boǵliq bóladi. Ushbu boǵliqlikni quyidagi matematik formula bilan ifodalash mumkin:
bu yerda:
- qatlam ichidagi suvning solishtirma qarshiligi;
- qatlamning ǵovaklik koeffitsiyenti;
- qatlamning tekstura va struktura xususiyati.
qatlamning solishtirma qarshiligi suvning soliitirma qarshiligi ga tóǵri propotsionaldir. Demak ortgan sari ham ortib boradi.
Óz navbatida suvda erigan tuzlarning kimyoviy tarkibi, ularning miqdori (konsentratsiyasi) va temperaturasiga boǵliqdir. Odatda neft va gaz konlarining quduq kesimlarini tashkil qilgan chókindi toǵ jinslaring tarkibidagi suvlarda osh tuzi NaCl uchraydi. NaCl tarkibdagi tuzlarning 80% va undan kóproq protsentini tashkil qiladi. Shuning uchun qatlamlar NaCl li suvlarga tóyingan deb xulosa chiqarsak bóladi.
Tuzlarning konsentratsiyasi qancha yuqori bólsa, shuncha kichik bóladi. Umuman olganda bu ikki kórsatkich: solishtirma qarshilik va tuzlarning konsentratsiyasi orasidagi boǵliq juda yaxshi órganilgan va biri ma’lum bólsa ikkinchisini topish qiyinchilik toǵdirmaydi.
Temperatura oshgan sari qiymati kamayib boradi, chunki temperaturaning oshishi ionlarning harakatchanligini oshiradi, shu sabab qarshilik kamayadi. Suvning qarshiligi va tuzlarning konstsentratsiyasi hamda temperatura orasidagi boǵliqlar nomagramma va paletkalarda hamma óquv adabiyotlarida keltirilgan.
Toǵ jinslaring solishtirma qarshiliklari вп ga suvning solishtirma qarshiligi в ni ta’sirini yóqotish uchun kon geofizikasida вп ni в ga nisbatini olib, uni ǵovaklik kórsatkichi deb belgilashadi. Ya’ni
- ǵovaklik kórsatkichi ólchamsiz birlik bólib, ǵovaklik koeffitsiyenti va toǵ jinsining tekstura va strukturasi ga boǵliq bóladi. Toǵ jinslari tóǵri shakldagi zarrachalardan tuzilgan va strukturasi oddiy bólsa, va orasidagi boǵliqlarni matematik formulalar bilan ifoda etish mumkin. Masalan rasm 3.1 da kórsatilgan va ǵovaklik shakllari sodda bólgan toǵ jinslari uchun va orasidagi boǵlilik quyidagicha bóladi.
2. Ǵovaklik kórsatkichi haqida tushuncha
a) zarrachalari shar shaklida (rasm 3.1, a) bólgan va rasmda kórsatilgancha joylashgan bólsa:
б) zarrachalar kub shaklida va rasm 3.1, b da kórsatilgandek joylashgan bólsa:
в) zarrachalar shaxmat tarkibida rasm 3.1, v da kórsatilgan tartibda joylashgan bólsa:
г) rasm 3.1, g da kórsatilgan modelda jism umuman tok ótkazmaydi va ǵovaklik uchta ózaro perpendikulyar kanallar orqali ótadi. Bu holda Kp bilan Rp orasidagi boǵliqlik ushbu formula bilan hisoblanishi mumkin:
Umuman, bilan orasidagi boǵliqlik Daxnov - Archi formulasi bilan ifodalanadi:
bu yerda
- ózgarmas kattalik va uning qiymati 0.3 dan 1 gacha ózgarishi mumkin;
- daraja kórsatkichi 1.3 dan (qumlar uchun), 2.3 gacha mustahkam sementlangan toǵ jinslari uchun.
Ózbekiston konlarida oxaktosh kollektorlar uchun va kórinishda ishlatiladi.
Ushbu boǵliqlik quduqlarda ótkazilgan geofizik - elektr usul natijalariga kóra aniqlangan solishtirma qarshilik asosida toǵ jinslarining ǵovaklik koeffitsiyenti ni aniqlash imkoniyatini beradi.
Biz faqat suvga tóyingan qatlamlarning solishtirma qarshiliklari вп haqida tóxtaldik. Agarda qatlam neft yoki gazga tóyingan bólsa, qatlamning qarshiligi ortadi. Neft va gazning solishtirma qarshiligi jadval 1 da kórsatilganidek juda katta. Odatda neftgazga tóyingan qatlamlarning qarshiligini нг deb qabul qilsak, bu qarshilik:
bu yerdaneftgazga tóyinganlik koeffitsiyenti. Agarda buni вп ga, ya’ni, ushbu qatlamning ǵovaklari 100 % suvga tóyingan holatdagi solishtirma qarshiligiga bólsak:
bu yerda - tóyinganlik kórsatkichi, va u faqat neftgazga tóyinganlik koeffitsiyentiga boǵliq bóladi.
Bu boǵliqlik:
bu yerda - suvga tóyinganlik koeffitsiyenti. Daraja kórsatkichi toǵ jinslarining litologik va petrografik hamda neft va suvning xususiyatlariga boǵliq bólib, 1.73 - 4.33 gacha ózgaradi (odatda 2 ga teng deb qabul qilinadi). Shunday qilib orqali qatlamlarning neftga yoki suvga tóyinganliklarini aniqlash mumkin.
Xulosa qilib aytish mumkinki, toǵ jinslarining solishtirma qarshiliklari orqali ularning litologiyasi hamda suvli qatlamlarning ǵovakligini, neftgazli qatlamlarning esa neftgazga tóyinganlik koeffitsiyentini aniqlash mumkin.

E’tiboringiz uchun raxmat!!!

  • E’tiboringiz uchun raxmat!!!

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə