3-Mavzu: Buddaviylik ва xristianlik dini tarixi ва falsafasi reja



Yüklə 76,5 Kb.
səhifə2/3
tarix28.05.2022
ölçüsü76,5 Kb.
#88176
1   2   3
Документ Microsoft Office Word (3)-1

Xristianlik.

1. Xristianlik jahon dinlaridan biri bo`lib, eramizning 1-asri 2-yarmida Rumo imperiyasining sharqiy viloyatlarida ko`p xudolik dinlari o`rniga qullar va mazlum elatlarning dini sifatida yakka xudolik (monoteistik) shakldagi tarzda shakllangan. Demak, u dastavval demokratik xususiyatga ega bo`lgan. SHuning uchun tez, oson tarqalgan. Davrlar o`tishi bilan uning ushbu xususiyati kamayib, hukmron tabaqalarning dini bo`lib qolgan.


Mazlum tabaqalar o`zlarini g’oyat og’ir, musibatli va kulfatli hayotdan go`yo qutqaruvchi, xaloskor-messiya kelishiga umid bog’latadigan dini sifatida yuzaga kelgan.
Xristianlikda xuddi yahudiylik, islomga o`xshab ajr, ya`ni taqdirlanish, rag’batlanish g’oyasi bo`lgan. Unga binoan, diniy taoqiqlarni buzganlik uchun jazo olish yoki dinga sadoqat bilan amal qilishlik, taqvodor hayot kechirganlik uchun g’ayri tabiiy kuchlarning taqdirlashidir. YAngi dinni tarqatuvchi mazlumlarni aldash uchun shu uydirmadan foydalanganlar. Bu ajr yakka xudolik dinlariga asoslangan ijtimoiy ahloqqa, ilohiyotga xos g’ayri ilmiy taolimotdir.
Islomdagi kabi xristianlikda ham do`zax va jannat haqidagi taolimotida ajr kontseptsiyasi o`z ifodasini topgan. Unga binoan odamlar bu reja dunyodagi yaxshi yoki yomon xatti-xarakatlari uchun oxiratda ajrini tortadi deyiladi. Gunoxkorlar do`zax azobini tortar, taqvadorlar jannat rohatini ko`rar emishlar.
"Dinshunoslik" ajrni, u bilan bog’langan jannat va do`zax tushunchasi faqat diniy g’oyada mavjud deyiladi. Ularni ibtidoiy din koxinlari o`ylab topgan; odamlarni dinga bo`ysundirish, unga ishonmaganlarni, ogohlantirish uchun o`ylab topilgan; bu diniy fikr dindan dinga o`tib, murakkablashib, butun boshli esxatologiya g’oyasi vujudga kelgan. Agar u rost bo`lsa, qiyomat bo`lib, er yuzi yakson bo`lishi, tiriklar halok bo`lib, hamma o`lganlar qayta tirilishi kerak. etnografiya bergan maolumotlarga ko`ra hozirgacha dunyoga 70 mld. Odam kelib ketgan.
Barcha dinlar kabi xristianlik ham zamonlar o`tishi bilan sinfiy jamiyatlarda xukmron sinf va ijtimoiy tabaqalar maqsadlariga muvofiqlashtirilgan; IVasr boshlariga kelib Rumo imperiyasining davlat diniga, hukmron mafkurasiga aylangan.
Xristianlik rivojiga Konstantinopolp patriarxi Nestoriy o`zining ilohiyotga doir qarashlari bilan muayyan xissa qo`shgan. Qandaydir sabablarga binoan VI asrdan boshlab, quvg’inga uchrab nestoriylar Markaziy Osiyoga ko`chib kela boshlaganlar. Ular faktoriyalar deb atalgan diniy uyushmalar tashkil etib, Sug’diyonada xristian dinini tarqatganlar. Natijada majusiylik dinlari zamon talablariga javob berolmay qolgach, ulardan yuz o`girib, xatto Turk xoqonlari, mo`g’ul xonlari orasiga ham xristianlik yoyilgan.
Xristianlikning kosmopolitik, ya`ni elat, xalq, millat ajratmaydigan din ekanligi oldin mazlumlar manfaatlarini ifodalagan, unda missionerlik, ya`ni dinni tarqatish harakati kuchliligi, ijtimoiy- siyosiy, ahloqqa xos dasturlarning mavxumligi, sinfiy va milliy farqlarni baravarlashtirish bu dinning nisbatan tez tarqalishiga imkon bergan. X asrda Kiev Rusi cho`qintirildi. SHundan boshlab, u Rusiyaga ham yoyila boshladi.
Xristianlik butun Evropa, SHimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qitoalariga yoyilgan. Missionerlik hozir ham keng ko`lamdadir. Masalan, O`zbekistonda koreyslar nisbatan bir joyga to`planib yashayotgan qishloqlarda rus cherkovlari qurilib, koreyslarni ham xristianlikka cho`qintirmoqda. Ilgari musulmon bo`lib, Amerikaga kelib qolgan negrlar ham xristian bo`layotir.
Xulosa shuki, xristianlik 1-asrda Rumoda paydo bo`lib, so`ng hokim sinflarning davlat dini va xukmron mafkurasiga aylanib, pirovardida jahon diniga aylangan. Ilk xristianlik jamoalari iudaizm(yaxudiylik) doirasida paydo bo`lgan. SHuning uchun Bibliya har ikkala din uchun birday muqaddas yozuvdir.
2. Ilk xristianlik diniy taolimotining Pavel va uning shogirdu izdoshlari bayon qilganlar. 325 yili bo`lib o`tgan jaxon Nikeya sabori (maxsus yig’ini) xristianlikka xos asosiy aqidalarning qisqacha bayonini bitgan; bu xristian eotiqodining ramzi (simvoli) bo`lib, islomdagiga o`xshagan iymon kalimasi bo`lib qolgan.
Xristianlik taolimotining asosiy mazmuni-xudoning o`g’li - xudo-odam Iso Masih haqidagi taolimotdir, rivoyatlarga qaraganda u go`yo osmondan tushib, odamlarni dastlabki gunoxlardan xolos etish uchun g’ayridinlarning qiynoqlari va o`limiga rozi bo`lgan; uni krestga o`xshagan parchinlab o`ldirgan; krest shundan kelib chiqqan; undan so`ng mo`jiza yuz berib, u tirilgan va yana osmonga chiqib ketgan emish. Bu dinga ko`ra oxiratda Iso yana 2-marta osmondan qaytib tushib, tiriklaru o`liklarni sud qilar ekan. Xristianlarni turli navolarga bo`lib, gunoxkorlarni duzaxga, savoblilarni jannatga jo`natar emish. Boshqa dinlar, chunonchi yahudiylikda ham shunday rivoyatlar bor.
Iso o`gitlarida uning muhlislariga bu o`gitlar amal qilish, turli mashaqqatlarga Iso kabi chidash shartligi, buning evaziga esa ular oxiratda ajr (mukofot, rag’bat)ga erishishlari xristianlikdagi asosiy daovolar singdirilgan.
Xristianlik ham boshqa dinlar kabi o`zga dinlar taosiriga duch kelgan. Uning taolimotining tarkib topishiga SHarq diniy eotiqodlari, ayniqsa yaxudiylarning mahdiylik haqidagi uydirmalari, yaxudiy-YUnon va undan keyingi davrlarning falsafiy g’oyalari taosir etgan.
Xristianlik taolimotining shakllanish jarayoni bir necha asrga cho`zilgan. Jahon Nikeya va Konstantinapolp saborlari ishlab chiqqan eotiqod timsoli bir necha marta o`zgargan va to`ldirilgan. Bunda daxanaki janglar ko`p bo`lgan.
Gunohlarni yuvish, xudoni zuhr etish, cho`qinish marosimlari, non va vinoni tatib ko`rish odatiga, ikona (but)larga topinish va hakozolarga munosabat bilan bog’liq bo`lgan kurash ayniqsa cho`zilgan. Muqaddas yozuvlar bular haqida har xil, goxo ziddiyatli fikrlar bayon etilgan.
Tashkiliy jihatdan xristianlik hech qachon va hech bir mamlakatda yagonalik, yaxlitlik kasb etmagan. Hozir ham shunday. Bu hol ushbu dinning ham turli saviyadagi, har xil manfaatni ko`zlangan odamlar boshqa-boshqa sharoitlarda yashagan ruxoniylar ijod qilganliklaridan dalolat beradi. Bu xolatni xristianlikning o`rta asrlardayoq 3 yirik oqimga - pravoslavie, katolitsizm va protestantizmga bo`linib ketganligidan izoxlash mumkin. Bu ham etmagandek, bularning har birini yana turli yo`nalish, gurux, sektalarga bo`linib ketgan. Natijada xristianlik chuqur inqirozga uchragan, parchalangan; undan yuz o`giruvchi, unga qarshi chiquvchilar, g’oyat ko`paygan.
Krizisdan qutilish, dinni halokatdan saqlab qolish, katolik cherkovi uchun XIII asrda inkivizitsiya, ya`ni cherkov sudi tashkil etilgan. Vatikanda Papa xokimiyati tuzilgan. Inkvizatsiya bidoatga, papa xokimiyati dushmanlariga, dunyoviy bilim vakillariga qarshi kurashish uchun tuzilgan. U yuz yillar davomida amal qilib, o`taketgan shafqatsizlik qilgan. Millionlab odamlarni jismoniy qiynoqlarga solgan, qamoqxonalarda chiritgan; hatto olovda kuydirgan. Masalan, ulug’ olim, faylasuf Djordano Bruno gulhanda yondirilgan. Galiley 27 yil qamoqxonada azob tortgan. Natijada xristianlikka qarshi qo`zg’olon, isoyon, g’alayonlar, refarmatorlik, zamonaviylashtiruvchilik, fundamentalistik va ekstremistik harakatlar avj olgan. Hozir nisbatan biroz tinchigan.
Xulosa shuki, xristianlikning taolimoti mohiyati g’ayri ilmiy, mazmunan keskin ziddiyatli, shaklan xilma-xil, ko`p tarmoqli dindir. Faqat katolitsizmlarida regional tashkilotlar juda ko`p. Rusiyadagi pravoslaviya cherkoviga patrialxal sinod rahbarlik qiladi. Uning bosh rahnamosi hozir Aleksiy II dir.
3. Xristianlikda ham axloq masalalariga katta eotibor berilgan. Xozir ayniqsa shunday. Xristian isloxiyotchilari bu dindagi axloqiy meoyorlarni umuminsoniy deb daovo qilib, bu axloqning o`zini esa eng oliy darajali va insonparvar axloq deb ishontirishga zo`r berib o`rinadilar. Buning uchun ular 1- navbatda mexr- muxabbat xaqidagi g’oyani dalil qilib keltiradilar. Ayni paytda xristian iloxiyotchilari bu dindagilar gunoxiga botganliklari uchun xristian axloqini odamlar ongiga sindirish mumkin bo`lmay kelganligini tan olishga majbur bo`lmoqdalar. Bunga xistianlar orasida qotillik, o`g’rilik, qalloblik, reketchilik, bezorilik keng tarqalgani sabab bo`lmoqda.. Lekin xristianlikda axloqsizlikni oqlab tasvirlash uchun "asos" hamisha topiladi. Bunda aybni dinga emas, ijtimoiy tuzimga, siyosiy vaziyatga va ma`naviy krizisga yopishtiradilar.
Xristianlik axloqi odamlar moxiyatan axloqsizlikka moyildir, faqat xudo mutloq axloqlidir deb daovo qiladilar.Axloqqa baxo berish xuquqiga ega bo`lgan yakkayu-yagona xakam ( sudiya) aynan xudo, deb targ’ib qiladilar.
Dinshunoslik nuqtai nazaridan bu daovolar butunlay o`rinsiz. Odamning biologik va ijtimoiy moxiyatida axloqsizlikka moyillik yo`q. Faqat u go`daklik yoshidan o`tib, balog’atga eta boshlagandan uning axloqi shakllana boshlaydi. Bu davrda u o`z bilimiga, aqliga, ma`naviyati, ongiga ega ekanligiga, u qanday mikromuxitda, ya`ni oilada, qo`ni-qo`shni, maxalla, qarindosh -urug’, o`quv va ishlab chiqarish jamoalari, ulfatlar oshna- og’ayni muxitining xususiyatiga, axloqiylik darajasiga mutanosib xolda muayyan axloqqa ega bo`ladi. Demak, axloq tug’ma emas. U odamning moxiyatidan kelib chiqmaydi; u odamning bilim saviyasiga, onglik darajasiga, mikro va makro muxit taosiri xususiyatiga bog’liq.
Xristianlik axloqiga ko`ra yana bir fazilat hamma qilguliklarni kechiraverishdan, binobarin, arzisa yoki arzimasa, boshqalar gunohini, azobini, yovuzligini afv etishdan iborat; bu ham odamning moxiyatan gunoxkorligidan keltirib noo`rin xulosa chiqariladi. Bu ham bizning etika- axloq xaqida fanimizga aslo to`ri kelmaydi. Kechirish darajasi, xarakteri, vaqti, o`rni aslo bir xil emas. Masalan, qastdan, bilib- turib qilingan jinoyatini aslo kechirib bo`lmaydi, mayda-chuyda dilozorlik, tasodifan, bilmasdan qilinib qo`yilgan, uzr so`ralgan, takrorlanmaslikka vaoda berilgan gunoxlarni kechirsa bo`ladi. Masalan, talabaning institut doirasidagi progulini, bezoriligini, aldamchiligini, beandishaligini kechirib bo`lmaydi; mayda-chuyda gunoxlarnigina shartli ravishda, qattiq tanbex berib, uzr so`ratib, takrorlanmaslikka vaoda olib kechirsa bo`ladi.
Endigina paydo bo`layotganda mazlumlar dini sifatida shakllangan xristianlikda oddiy odamlarining orzu-umidlari ham o`z ifodasini topgan. Masalan, barcha beva-bechora, etim-esirlarning birodarligi, qavmu-qarindoshlarga mexr- muxabbat bilan qarash lozimligini va xokazolarga keng o`rin, eotibor berilgan. Bu g’oyat ijobiy axloqiy fazilat edi. Biroq, keyinchalik bularni targ’ib qilish va ularga amal qilish susaygan. Ko`proq og’izda, muqaddas yozuvlar qog’ozida qolgan. CHunki, keyinchalik cherkov bu daovolarni oddiy dindorlarni o`ziga qarshi qaratib, yoppasiga mexr- muxabbat ulashish, taqdirga tan berish va itoatkor bo`lishni targ’ib qila boshlagan. Xozir ham shunday qilinmoqda. Bu xol cherkovning ilk xristianlikdan chekinishidir.
CHerkov o`tmishda ham, hozir ham mazlumlarning azob- uqubatlari evaziga beriladigan ajr (mukofat) ni va dalolat tantanasini " xudoning saltanati" va marhamatiga bog’lab qo`yadi; bularning qachon kelishi provardida faqat shu xudoning irodasiga bog’lab qo`yiladi. SHu sababdan cherkov oddiy dindorlar ommasini mavjud adolatsiz jamiyatni qayta qurish olib borayotgan kurashni axloqsiz deb eolon qiladi.
"Dinshunoslik" cherkovning bu daovosini nasiya,aldov, kafolatsiz vaoda, natijasiz tasalli berish deb baxolaydi.
Xristianlikdagi uch yuzli odam- xudo, o`g’il- xudo va muqaddas rux keng targ’ibot qilinadi. Xudo o`g’il- Iso Masixning o`zi azob- uqubatlari ostida o`lib, osmonga parvoz qilib ketgan. Qachon "qaytarilib, qayta erga tushishi" xaqidagi ruxoniylarning o`zi ham fikr bildira olmaydilar. Ungacha mazlumlar ezilib, xokisor bo`lib, taqdirga tan berib, xayotdan ko`z yumib ketaveradilar.
Xristianlikda yovuzlikka kuch bilan qarshi chiqmaslik, yomonlikka iloji boricha yaxshilik qilish kerakligi xaqidagi g’oyani ham xech qanday taxlil va tanqidga arzimaydi.
Xulosa shuki, xristianlik axloqi umuminsoniy axloq meoyor va tamoyillarga muvofiq emas; unga aksariyat dindorlar ham, xatto ayrim ruxoniylarning o`zlari ham xar doim, hamma erda, xarqanday sharoitda amal qilavermaydilar.
4. Maolumki, xozirgi davrda mustaqil O`zbekistonda 120 dan ziyod millat va elat yashaydi. Bular 15 konfessiyaga, ya`ni diniy uyushmaga eotiqod qiladi. Bular orasida islomdan so`ng 2- o`rinni xristianlikning pravoslaviya oqimi egallaydi. Uning bir necha cherkovi va markaziy ushmasi bor: baptist, iegovist, advintist kabi sektalar bor. Kadrlarni Moskva va boshqa shaharlardagi seminariyalar tayyorlab beradi; diniy adabiyot va vaqtli matbuot nashrlari ham u erlardan olinib kelinadi.
O`zbekiston Konstitutsiyasi va unga asoslanib ishlab chiqargan vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g’risidagi, yangi taxrirdagi konunga asosan respublikadagi barcha diniy uyushmalar erkin, oshkora, teng xuquqli tarzda faoliyat ko`satmoqdalar. Bu xuquq va erkinliklar qonun bo`yicha kafolatlangan. Bu qonunlarga binoan biror konfessiyaga imtiyoz berilmagan; qonunlar doirasidagi faoliyat cheklanmaydi; ularning aozolari va raxbarlari ham qonunlashtirish xuquq va erkinliklardan bemalol foydalanishlari mumkin. O`zlari uchun kadrlar tayyorlash, matbuot organi tashkil etish, saylovlarda ishtirok etish, itimoiy xayotda qatnashish, keksayganda, yoki mexnatga layoqatsiz bo`lib qolganda nafaqa olish kabi xuquqlarga egadirlar.
Respublikamizdagi barcha konfessiyalar orasida totuvlik hamjixatlik mavjud bo`lib, xalqimizni tarbiyalashga, tinch va xavfsizlikni saqlashga salmoqli xissa qo`shmoqdalar. Xulosa shuki, xozirgi davrda O`zbekistonda xristian cherkovi va boshqa diniy konfessiyalar kabi konstitutsiya va vijdon erkinlik qonuni bergan xuquq va erkinliklardan bemalol foydalanmoqdalar; bular to`la kafolatlangan.
Barcha konfessiyalar, xatlar, hamjixat yashab, davlat va siyosiy masalalariga aralashmasdan, xokimiyat talashmasdan, o`z funktsiyalarini xotirjam bajarayotirlar. Davlatimiz bilan ular orasida xech qanday ziddiyat va tushunmovchiliklar yo`q.

Yüklə 76,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə