3-mаvzu: buddizm reja



Yüklə 260,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix24.01.2022
ölçüsü260,27 Kb.
#83094
1   2   3   4
buddaviylik

Buddaviylik  ta'limoti

Buddaviylik  qadimiy  hind diniy-falsafiy  ta'limotlari 



asosida vujudga kelgan, amaliyot va nazariyotdan iborat diniy tizimdir. Budda yangi 

diniy qonun-qoidalar, rasm-rusumlar ishlab chiqmagan. Balki har bir inson tug‘ilish 

va  o‘lim  mashaqqatlaridan  qutilishi  uchun  amal  qilishi  lozim  bo‘lgan  bir  necha 

ko‘rsatmalarni ishlab chiqdi, xolos. Uning ta'limoti insoning hayolida, ishlarida va 

o‘zini  tutishida  samimiy  oliyjanoblik  g‘oyasini  ilgari  suradi.  U  vedalardagi 

gunohsizlik  ta'limotini  inkor  qildi,  hayvonlarni  qonli  suratda  qurbonlik  qilishni 

qoraladi, varna (kasta) tizimini va undagi ruhoniylarning boshqalardan ustunligini 

inkor  qildi.  Budda  oliy  yaratuvchi  kuchning  borligiga  shubha  va  ishonchsizlik 

bildirgan.  Uning  fikricha,  eng  muhimi  insonning  shaxsiy  kamoloti  va  ezgu  hayot 

kechirishidir. Budda ta'limotining asosi “hayot – bu azob va uqubat” va “najot yo‘li 

mavjud”  degan  g‘oyadir.  Buddaviylik  qonuniyatlariga  ko‘ra  inson  o‘ziga 

moslashgan mavjudot bo‘lib, o‘zida tug‘iladi, o‘zini o‘zi halok qiladi yoki qutqaradi. 

Bu narsa Buddaning ilk da'vatida mujassamlashgan 4 haqiqatda o‘z ifodasini topgan.  

Birinchi  haqiqat  -  “Azob  uqubat  mavjuddir”  har  bir  tirik  jon  boshidan 

kechiradi,  shuning  uchun  har  qanday  hayot  -  qiynoq,  azob-uqubatdir.Tug‘ilish  - 

qiynoq,  kasallik  -  qiynoq,  o‘lim  -  qiynoq,  yomon  narsaga  duch  kelish  -  qiynoq, 

yaxshi narsadan ayrilish - qiynoq, yomon narsadan ayrilish - qiynoq, o‘zi xohlagan 

narsaga  ega  bo‘lmaslik  -  qiynoq.  Dunyo  tuzilishining  asosiy  qonuni  bir-biriga 




bog‘liqlik. hech bir narsa ma'lum sababsiz yaralmaydi. Lekin har bir hodisa yoki 

harakatning birlamchi sababini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun buddaviylik 

dunyoni shu holicha qabul qilishga chaqiradi. 

Buddaviylik ta'limotiga ko‘ra, har qanday narsa yoki hodisa u hoh moddiy, xoh 

ma'naviy bo‘lsin, dxarma (element)lardan tuzilgan. Bu elementlar, o‘z xususiyatiga 

ko‘ra,  harakatsiz  bo‘lib,  ularni  harakatlantiruvchi  kuch  insonning  hayol  va 

so‘zlaridir.  Ob'ektiv  haqiqat  bu  doimiy  ravishda  o‘zgarib  turuvchi  dxarmalar 

oqimidir. harakatdagi dxarmalar mavjudligining 5 formasi - tana, sezgi, his-tuyg‘u, 

harakat,  anglashni  yaratadi.  Bu  besh  forma  insonni  tashkil  qiladi.  Inson  ular 

yordamida  yashaydi  va  borliq  bilan  aloqa  qiladi,  yaxshi  yoki  yomon  ishlarni 

bajaradi. Bu narsa insonning o‘limi bilan tugallanadi. Insonni tashkil qiluvchi besh 

forma  (skandx)  o‘z  navbatida  qayta  tug‘iladi.  yangi  tananing  xususiyatlari  asos 

bo‘luvchi  besh  natijani  beradi:  faoliyat,  gumrohlik,  xohish,  istak  va  norma.  Bu 

jarayon  “hayot  g‘ildiragi”ni  tashkil  qiladi.  “Hayot  g‘ildiragi”da  doimiy  ravishda 

aylanib, inson abadiy qiynoqqa duchor bo‘ladi. 

Ikkinchi haqiqat - “qiynoqlarning sabablari mavjuddir”. 

Inson moddiy narsalar yoki ma'naviy qadriyatlardan foydalanib, ularni haqiqiy 

va  doimiy  deb  hisoblaydi  hamda  doimo  ularga  ega  bo‘lishga  intiladi.  Bu  intilish 

hayot  davomiyligiga  olib  boradi.  Yaxshi  yoki  yomon  niyatlardan  tuzilgan  hayot 

daryosi, orzular va intilishlar sababli kelajak hayot uchun karma hozirlaydi. Demak, 

qayta  tug‘ilish,  yangitdan  qiynoqlarga  duchor  bo‘lish  davom  etadi.  Buddaviylar 

fikricha, Buddadan keyin hech kim Nirvana holatiga erisha olmagan. 

Uchinchi haqiqat - “qiynoqlarni tugatish mumkin”. Yaxshi yoki yomon niyatlar, 

intilishlardan  butunlay  uzilish  Nirvana  holatiga  to‘g‘ri  keladi.  Bu  holatda  inson 

qayta  tug‘ilishdan  to‘xtaydi.  Nirvana  holati,  buddaviylar  fikricha,  “hayot 

g‘ildiragidan”  tashqariga  chiqish,  “men”  degan  fikrdan  ajralib,  insonning  hissiy 

tuyg‘ullarini to‘la tugatishdir. 

To‘rtinchi haqiqat - qiynoqlardan qutilish yo‘li mavjuddir. Bu yo‘l - “Sakkizta 

narsaga amal qilish, ya’ni to‘g‘ri niyat qilish, to‘g‘ri o‘zini tutish, to‘g‘ri anglash, 



to‘g‘ri  harakat  qilish,  to‘g‘ri  muomalada  bo‘lish,  to‘g‘ri  fikr  yuritish,  to‘g‘ri 

gapirish. 

Bu yo‘ldan borgan inson Budda yo‘lini tutadi. 

Bu sakkiz narsaga amal qilish meditatsiya deb nomlanadi.  

Buddaviylik  ta'limotida  har  qanday  borlik  (moddiylik)  barcha  ko‘rinish  va 

shakllardagi har qanday hayot - hamma mavjudodlarga azob beruvchi yomonlikdir. 

Yomonlik va azob-uqubatlarning sababi - insonning va barcha tirik mavjudotlarning 

bu dunyoga qayta tug‘ilib kelish dunyosi (sansara) ga bog‘langanligi, unga ko‘ngil 

ko‘yganligidir. Uningcha har qanday insoniy tuyg‘u, hissiyot, ehtiros va istak azob-

uqubatni  chukurlashtiradi,  "borliq  girdobi"  dan  chiqib  olish  uchun  g‘aflatdan 

uyg‘onish, dunyo mohiyatini anglash, hayotga chanqoqlikdan ko‘ngilxushliklarga, 

lazzatlarga,  hokimiyatga,  boylikka  intilishlardan  voz  kechish  lozim  va  faqat 

shundagina "najot topish yo‘li"ga kirish mumkin. 

Ilk buddaviylikda bunday najotdan faqat zohid, yoki monaxgina umid qilishi 

mumkin  edi.  Oddiy  insonlsr  esa  faqat  yaxshiroq  qayta  tug‘ilishni  umid  qilishi, 

buning uchun  esa u monaxlarga  mo‘l-ko‘l  xayr-sadaqa berishn  hamda  quyidagi 5 

axloqiy talab (pancha-shila)ga amal qilishi kerak: 

1.  Har  bir  kishi  yomonlik  qilishdan  o‘zini  tiyishi,  tirik  mavjudotni 

o‘ldirmaslik. 

2. O‘g‘rilik qilmaslik, ya'ni birovning mulkini olmaslik. 

3. His-tuyg‘ularga ortikcha berilmaslik, begona ayollarga ko‘zolaytirmaslik. 

4. Yolg‘on gapirmaslik, rostgo‘y bo‘lishlik. 

5. Ichkilik ichmaslik. 

Buddaviylikda hamma narsa bilib bo‘lmaydigan ruh - nirvanaga asoslanadi, 

dunyo real mavjud emas, u faqat kishilarning xayolida, bilib bo‘lmaydigan ruhning 

namoyon  bo‘lishida,  deb  noto‘g‘ri  ta'lim  bergan.  Bu  bilan  u  sub'ektiv  idealizm 

botqog‘iga botgan. Buddaviylikdagi ruh - nirvananing ta'limoti "muqaddas haqikat" 

deb  atalgan.  Unga  ko‘ra,  ijtimoiy  hayot  va  shaxsiy  turmush  azob-uqubatlarining 

sababi - kishilarning istaklari va nafslarida. Аzob-ukubatdan kutulish uchun kishilar 

o‘zlarining istak va nafslarini tiyishlari, Budda kashf etgan aqidalarga amal qilishlari 




zarur. Buddaviylik azob-uqubat tushunchasini mutlaklashtirgan, borliqning barcha 

shakllarini, uning mazmunini, har qanday turmush tarzini azob-uqubat deb noto‘g‘ri 

hisoblagan. Shuning  uchun  buddaviylik  nirvanani  borliqning  intihosi,  deb  asossiz 

tushungan. Buddaviylik ta'limoticha, jonli mavjudotlarning o‘lishi uni tashkil etgan 

dxarma  (element,  zarracha)  larning  ajralib  ketish  jarayonidir.  Bularning  yangidan 

birikishi ilgari qilingan "savob va gunoh" lar bilan bog‘liq bo‘ladi. Dxarma nirvana 

darajasiga  yetgandagana  kayta  tug‘ilishlarga  barham  berilib,  azob-uqubatdan 

butunlay xalos etilar ekan. 

Buddaviylik  ta'limotiga  ko‘ra,  azob-uqubatlardan  xalos  bo‘lishning  eng 

maqbul yo‘li rohiblik (monaxlik) jamiyati (sangxa)ga o‘tish hisoblanadi. Rohiblik 

boshqa  dinlarga  qaraganda  buddaviylikda  barvaqt  vujudga  kelgan  bo‘lib,  hozirgi 

kunda  buddaviylik  mazhablaridan  bo‘lmish  hinoyana  tarqalgan  mamlakatlar 

xalqlarining  ijtimoiy  hayotida  g‘oyat  salbiy  rol'  o‘ynamoqda.  Rohiblar 

buddaviylikka e'tiqod qiluvchilar orasida noo‘rin tarzda juda katta obro‘ga sazovar 

bo‘lib, ularga itoat etish va aytganini bajarish zarur, deb hisoblanadi. 

Buddaviylik ta'limotida olam uch bosqichli deb tavsiflangan. Birinchisi eng 

yuqori  olam  bo‘lib,  unda  mutlaq  osoyishtalik  hukmron.  Unda  faqat  sof  ruhgina 

mavjud.  Bu  olam  ruxning  makonidir.  Buddaviylikning  ta'lim  berishicha,  mutlaq 

iloqiy kuch - ruhni mutlaqo bilib bo‘lmaydi. Birinchi olamda ruh moddiy olamdan 

tashqarida,  u  hech  harakatsiz  mutlak,  osoyishta  holatda  yashaydi.  Ikkinchi  olam, 

rivoyatlarga ko‘ra, ruhiy mavjudotlar bilan to‘la jannat - bodisatvadir. Bu olamning 

hokimi Аmitabadir. Uning olamida ruh o‘z gunohidan xalos bo‘lgan, lekin eng oliy 

olamga, nirvanaga, mutlaq bo‘shliq va osoyishtalik olamiga ko‘tarilmagan avliyolar 

yashar ekan. Buddalar kishilarga budda ta'limotini o‘rganish, yaxshi yo‘lga boshlab 

borish  uchun  yerga  yuborilar  ekan.  Uchinchi  olam,  eng  quyi  olam  bo‘lib,  unda 

odamlar va hayvonlar yashar ekan. Bu olamdagi ruh, qafasda yashar ekan, u hayot 

davomida ozod bo‘lish hamda yuqori olamga ko‘tarilishga harakat qiladi. Ruhning 

yuqori olamga ko‘tarilishi odamlar qiladigan savobli ishlarga bog‘liq.  Аgar odam 

buddaviylik  ta'limotiga  e'tiqod  qilsa,  yaxshilikka  intilsa,  uning  joni  qayta 

tug‘ilishlardan  so‘ng  jannatga  va  undan  nirvanaga  ko‘tarilar  ekan.  Yomonlikka 




mansub  gunohkor  kishilarning  ruhi  esa  quyi  dunyoda  azoblanib,  qafas  ichida 

yuraverar  va  yuqori  olamga  hech  ko‘tarila  olmas  ekan.  Аgar  insonning  din 

taьlimotiga  zid  ishlari  ko‘payib  ketsa,  hirs  yoki  tovlamachilikka  berilib,  undan 

qutula olmasa, bunday odamning ruhi bir necha qayta tug‘ilishlardan keyin do‘zaxga 

tushar va unda abadiy azoblanar ekan. 

Buddaviylikda  qayta  tug‘ilish  deganda  yangidan  paydo  bo‘lish 

tushunilmaydi,  balki  ilgari  o‘lgan  odamlarning  jismidan  tarqalgan  dxarmalarning 

yangi  asosda  birlashib,  kelajak  avlodga  o‘tishi  tushuniladi.  Shuning  uchun 

buddaviylik inson o‘z qilmishlari uchungina javobgar bo‘lib qolmaydi, balki kelajak 

avlod  uchun  ham  javobgar  deb  hisoblaydi.  Аgar  odam  yaxshi  bo‘lsa,  budda 

ta'limotiga to‘liq rioya qilsa, boy va e'tiborli bo‘lsa, uning dxarmalari asosida qayta 

tugilgan odam xam boy va badavlat, sofdil bo‘ladi. Аksincha, odam yomon bo‘lsa, 

kambag‘al, qashshoq bo‘lsa, budda ta'limotiga rioya qilmasa, uning dxarmalaridan 

paydo bo‘lgan odam ham kambag‘al, qashshoq bo‘lar ekan. Buning sababi avvalgi 

avlodlar  yomon  hayot  kechirgani  uchun  berilgan  jazodir,  deb  hisoblangan. 

Buddaviylik  o‘zining  bu  ta'limoti  bilan  jamiyatdagi  ijtimoiy  tengsizlikni  tub 

mohiyatini yashirishga harakat qiladi. Boshqa dinlar kabi buddaviylik ham hayotda 

passiv  bo‘lishni,  taqdirga  tan  berishni  targ‘ib  qiladi,  zohidlikni  yoqlab, 

ekspluatatsiyani oqlaydi. 


Yüklə 260,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə