3-mаvzu: buddizm reja


Buddiylikning  tarqalishi



Yüklə 260,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix24.01.2022
ölçüsü260,27 Kb.
#83094
1   2   3   4
buddaviylik

Buddiylikning  tarqalishi.

  Barcha  jahon  dinlari  kabi  buddaviylik  ham 

ijtimoiy  taraqqiyot  natijasida  va  turli  mamlakatlardagi  ijtimoiy  guruhlar 

tuzumlarning xususiyatlariga qarab, turli mazhablarga bo‘linib ketgan. 

Buddaviylikda bir necha  mazhablar paydo  bo‘lgan.  Bulardan  eng  yirigi I  - 

asrda  undan  ajralib  chiqqan  hinayana  ("kichik  arava",  tor  yo‘l  ma'nosida)  Shri 

Lanka, Birma kabi  mamlakatlarda keng tarqalgan;  maxayana ("katta arava", keng 

yo‘l  ma'nosida)  Tibet,  Xitoy,  Yaponiya,  Mongoliyada  hamda  Oltoy  va  Uzoq 

Sharqda yashovchi ba'zi xalqlar o‘rtasida keng tarqalgan. 

Buddaviylikka xos mazhablardan biri Tibet Mongoliyada tarqalgan bo‘lib, u 

lamaizm degan nom bilan yuritiladi. Buddaviyliknnng bu mazhabi mahalliy xalqlar 

o‘rtasida  qadimdan  mavjud  bo‘lgan  diniy  tasavvur  va  urf-odatlarni  o‘zlashtirgan. 




Lamaizmda buddaviylikka xos tasavvurlar bilan bir qatorda, Buddaning yana kaytib 

kelishi va yer yuzida adolatli hokimiyat o‘rnatishi to‘g‘risidagi rivoyatga keng o‘rin 

berilgan. Lamaizmni ko‘chmanchi, qoloq, savodsiz xalq hayotiga moslashtirishga 

urinish mavjud, va undagi ibodat qilish tartibi ham ancha soddalashtirilgan. 

Hindistonda  quldorlik  tartiblari  barham  topishi  bilan  buddaviylik 

braxmanizmga  tobora  yaqinlashib  borgan,  va  keyinchalik  hinduizmga  qo‘shilib 

ketgan. XI-XII asrlarda buddaviylyak Hindistonda o‘z ta'sirini deyarli  yo‘qotgan. 

Buddaviylik  ta'limotini  tartibga  solish  maqsadida  1871  yilda  Birmada 

buddavistlarning  maxsus  ibodatxonasida  Tripitakaning  turli  tarjimalari  va 

variantlarini  taqqoslash  natijasida  yagona  teksti  ishlab  chiqilgan  edi.  Yangi  tekst 

mazmuni 729 ta marmar plitaga tushirilgan edi. Bu yozuvlar saqlangan ibodatxona 

dunyo buddistlarining muqaddas joyiga aylantirilgan. 

Markaziy Osiyo Xalqlarining tarixida buddaviylik muayyan o’rin egallagan. 

Buddizmning  Markaziy  Osiyoda  tarqalishi  miloddan  avvalgi  II  asrlarda  grek-

baqtriya podshohligining o’rnida qaror topgan Kushon imperiyasining rivojlangan 

davriga to’g’ri keladi. Kushon imperiyasi o’zining eng gullagan davrida (I-III asrlar) 

Markaziy Osiyoning bir qismini, Afg’oniston, Pokiston, Shimoliy Hindistonni o’z 

ichiga olgan. Buddizm Hindistondan markaziy Osiyoga, undan esa buyuk ipak yo’li 

orqali Xitoy va Uzoq Sharqqa tarqalgan. Budda dinining qadimdan keng hududlarga 

tarqalganligini Beruniy ham o’z asarlarida eslatib o’tgan: “Budda e’tiqodi janubga 

tomon Suriya hududigacha tarqalgan edi, so’ng mazdaizm siquvi ostida budparastlar 

Eron va Iroqdan Balxning janubidagi mamlakatlarga ko’chib o’tganlar”. 

O’lkamiz  xalqlarining  Xindiston  bilan  Kushon  davlati  va  Eftalit  davrida 

yaxshi  yo’lga  qo’yilgan  savdo-iqtisodiy  munosabatlari  tufayli  hind  madaniyati 

unsurlari bilan Budda dini kirib kelgan. “Buddizm sharqiy Eron va Movarounnahrda 

qaror  topib,  Balx  hamda  Buxorodek  azim  shaharlargacha  etib  kelgan.Yorkent, 

Xo’tan, Qashg’ar, Toshkent, Turfon, Kuchi va Qorashaharda Budda ibodatxonalari 

qad ko’targan.  

Olimlarning ta’kidlashicha, buddaviylik zardushtiylik va moniylik dinlariga 

ta’siri  katta.  “Sayyid  Nasafiyning  e’tiroficha,  Budda  ta’limoti  Zardushtiy 




an’analarini  vujudga  kelishiga  ta’sir  ko’rsatgan”.  Lekin,  bir  guruh  mutaxassislar 

tomonidan  zardushtiylik  dini  dunyoning  keng  qadimgi  dini  sifatida  qayd  etilgan. 

Shuning uchun, bu ikki qadimgi dinlarning o’zaro bir-biriga ko’rsatgan ta’siri haqida  

gapirsak,  xaqiqatga  Yaqinroq  bo’ladi.  Ikkinchi  guruh  olimlarining 

Buddaviylik  ruhoniylari  xalqaro  miqyosda  uning  mavqeini  kuchaytirishga 

harakat  qilmoqdalar.  Shu  maqsadda  buddaviylikning‘  turli  tashkilotlarini 

birlashtirmoqdalar, buddistlarning  xalqaro  konferentsiyalari, s'ezdlarini  muntazam 

o‘tkazmoqdalar. 

Buddaviylikning bir necha xalqaro tashkilotlari mavjud. Shulardan eng yirigi 

Jahon  buddistlari  qardoshligidir.  U  1950  yili  tuzilgan.  1956  yilda  otaxon 

buddistlarining bu din paydo bo‘lganligini 2500 yilligi nishonlandi. 

Markaziy  Osiyoda  bir  necha  yuz  mingdan  iborat  koreys  millatiga  mansub 

kishilar  yashaydi.  Ularning  oilaviy-maishiy  an'analari,  milliy  udumlarining  ayrim 

tarkibiy  qismlari  mahoyana  (shimoliy)  ko‘rinishdagi  buddaviylik  ta'sirida 

shakllangan.  Xozirgi  vaqtda  bu  mintaqada,  ayniqsa,  O‘zbekistonda  koreys 

buddistlarni xristianlik ta'siriga olishga qaratilgan harakatlar avj olmoqda. 




Yüklə 260,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə