3-Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning uzluksiz tizimi



Yüklə 27,31 Kb.
səhifə1/3
tarix29.05.2023
ölçüsü27,31 Kb.
#113969
  1   2   3
3-mavzu


3-Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning uzluksiz tizimi.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lishi, o‘ziga xos va o‘ziga mos iqtisodiy rivojlanish yo‘lini tanlashi ta’lim tizimida tub islohotlarni amalga oshirish, kadrlar tayyorlashning tuzilmasi va mazmunini qayta ko‘rib chiqish zaruratini tgʻdirdi. Shu munosabat bilan qabul qilingan «Ta’lim to‘gʻrisida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» islohotlarning ko‘lami va hususiyatlarini o‘zida aks ettirdi.
Ta’lim sohasidagi islohotlar zaminidagi gʻoyani amalga oshirish bir qator muhim omillarga bogʻliq. Ular orasida shunday murakkab muammolar borki, bu muammolarni muvaffaqiyatli hal etmay turib tub o‘zgarishlar samarasi haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas. Mana shunday muammolardan biri «Informatika»
yo‘nalishini tashkil etuvchi «Informatika va HT asoslari», «Informatika»,
«Informatika va axborot texnologiyalari»kabi predmetlarni o‘qitish muammosidir.
«Informatika» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish zaruriyati, tuzilmasi va faoliyat ko‘rsatish sohalarida yuqori sur’atlar va fundamental o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan hozirgi jarayonning o‘ziga hos hususiyatlaridan kelib chiqadi.
Jamiyatdagi bunday o‘zgarishlarning ildizi axborotlar hosil qilish, ularni saqlash, uzatish va ulardan foydalanishning yangi usul va vositalariga borib taqaladi. Biz axborotlashgan davrida turibmiz. Doimo ortib borayotgan axborot hajmini qayta ishlash va o‘z faoliyat doirasida undan unumli foydalanish zaruriyati bilan duch kelayotgan jamiyat a’zolari, kasb egalari soni tobora ortib bormoqda.

hozirgi davrda real shart-sharoit shundan iboratki, o‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini axborotlashgan asr ehtiyojlariga moslashtirmalikning iloji yo‘q. Ushbu masalaga «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham alohida e’tibor qaratilgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning ikkinchi bosqichida (2001-2005 yillar ) o‘quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli adabiyotlar va ilgʻor pedagogik, shu jumladan, axborottexnologiyalari bilan ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish vazifasi quyilgan edi.
Hozirgi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning uchinchi bosqichi amalga ishirmoqda.
«Informatika» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish zaruratining zamini, asosi bo‘lib quyidagilarni anglash hisoblanadi:

  • Kompyuterlar, kompyuterli va kommunikatsion texnologiyalar dunyodagi axboriy inqilobning mahsulidir.

  • O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim jarayonida ta’limni kompyuterlashtirishning jahon darajasiga moslashtirish yo‘llarini izlash zarur.

  • Kompyuter ta’lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi quvvatli vositadir,chunki u o‘quv axborotlarini sifatli etkazish imkoniyatlarini kengaytiradi, fannio‘rganishga bo‘lgan qiziqish(motivatsiya)ni oshiradi, ta’limni qiziqarli olibborish imkonini kengaytiradi, o‘quv faoliyatini boshqarish usullarinio‘zgartiradi, o‘qituvchining axborot uzatuvchi sifatidagi rolining yuqoridarajada bo‘lishini ta’minlaydi va hokazo.

  • Zamonaviy kompyuterlarda grafik interfeys, «do‘stona» muloqot vositalari vaboshqa imkoniyatlarning mavjudligi barcha soha mutaxassislariga, umumanfoydalanuvchilarga kompyuter bilan bemalol muloqot qilish imkonini beradi.

  • kompyuter savodxonligi natijasida bolalar o‘zgarib borayotgan dunyoda kelajak hayotga va moddiy faravonlikka erishishga yaxshiroq tayyor bo‘lishlari mumkin.

  • Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlari shu darajadaki,

ulardan nafaqat ta’limda, balki, har tomonlama etuk, barkamol avlodnitarbiyalashda ham foydalanish mumkin.
Maktabgacha tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va undan keyingi ta’lim bosqichlarini o‘z ichiga olgan va informatika va dasturiy
ta’minot bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlarga mo‘ljallangan «Informatika» fanini pedagogikamiz uchun yangi bo‘lgan nizom va qarashlar sistemasiga asoslangan:

  • kadrning butun «hayotiy sikli» hisоbga оlinishi kеrak;

  • «Informatika» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish dunyoning hozirgi holati varivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda ta’lim mazmunidagi o‘zgarishlarni aks ettirishi kerak;

  • informatika va dasturiy ta’minot bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlargadasturlashni o‘rgatish zaruriyatidan voz kechish lozim;

  • «Informatika» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish dialektik spiral tamoyiliasosida qurilishi kerak;

  • ishlab chiqilayotgan o‘quv kurslari mazmunining yangiligi va dolzarblikmuddatini uzaytirishni axborotni qayta ishlash tamoyillariga urgʻu berishasosidagina amalga oshirish mumkin;

  • shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish sifatlarini kafolatlashgayo‘naltirilganlik;

  • o‘qish vaqti rеsurslarni o‘quvchilarning tafakkurini rivоjlantirish, o‘quvijоdiy faоliyatini tashkil etish fоydasiga qayta taqsimlash.

Yüklə 27,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə