3-mavzu. Milliy qadriyatlar – millat iftixori



Yüklə 134,32 Kb.
səhifə1/9
tarix28.03.2022
ölçüsü134,32 Kb.
#84812
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-mavzu. Milliy qadriyatlar millat iftixori


3-mavzu. Milliy qadriyatlar – millat iftixori
Og ‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash. Matnga munosabat bildirib so‘zlash. Milliy urf-odatlarni ta’riflab berish.

Yozma nutq: Biror milliy bayram, marosimdan olingan taassurotlarni yozish. “Turli millatlarning urf-odatlari” mavzusida polilog tuzish va uni inssenirovka qilish.

Grammatika: O‘zbek tilida so‘z yasalishi. Morfemika. Asos va qo‘shimchalr imlosi.
Tayanch so‘z va iboralar: milliy qadriyatlar, o‘zbek udumlari, urf-odat, an’ana, morfemika, so‘z yasalishi, asos, qo‘shimcha, tub so‘z, yasama so‘z, qo‘shma so‘z, soda yasama so‘z, juft so‘z, takroriy so‘z, affiksatsiya, kompozitsion, asos va qo‘shimchalar imlosi.
Milliy qadriyatlar - millat iftixori

Hech bir xalq o‘zligini anglamasdan, milliy madaniyati, milliy qadriyatlarini asrab-avaylab saqlamasdan turib, boshqa xalqlarning qadriyatlariga hurmat bilan qaray olmaydi. Mustaqil O‘zbekistonning kuch-qudrati xalqimizning umuminsoniy qadriyatlariga sodiqligidadir. Istiqlolning birinchi kunidan boshlab hayotimizning barcha jabhalarida “Qadriyatlar”, “Milliy tiklanish”, “Milliy ong”, “Milliy g ‘urur” kabi atamalar tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Bu bejiz emas, albatta.

“Qadriyat” iborasi o‘z ma’nosida mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng keng qo‘llanila boshlandi. Sobiq Ittifoq davrida bu termin muomalada deyarli uchramas edi, uni o‘zbekcha lug ‘atlardan topib ham bo‘lmasdi.

Milliy qadriyatlar – mamlakatdagi millat va elatlar uchun qadrli bo‘lgan va fuqarolar tomonidan e’zozlanadigan, milliy xususiyat va fazilatlarni ifodalovchi hodisalardir. Har bir xalqning o‘zi uchun e’zozli, qiymatli bo‘lgan ma’naviy boyliklari bo‘ladi. Masalan, Navro‘z bayrami, dinimiz va diniy bayramlarimiz, milliy urf-odatlarimiz, tilimiz bizning eng muhim milliy qadriyatlarimiz sanaladi. Demak, qadriyat deyilganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan, millat, elatlarning manfaatlariga va maqsadlariga xizmat qiladigan, shu tufayli ular tomonidan qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari, hodisalarini tushunish lozim.

Bular asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelgan, hozirgi kunda ham u o‘zining ahamiyati va qadrini yo‘qotmagan, shu xalqning iftixoriga aylangan durdonalardir.

Milliy qadriyatlar millatning yashash tarzi, milliy ong, til, ma’naviyat hamda madaniyati bilan uzviy bog ‘liq.







O‘zbek udumlari

O‘zbeklar qadimdan to‘y turlariga boy xalq. Sunnat to‘yi, nikoh to‘yi, askar to‘yi, uy to‘yi, muchal to‘yi, ellik va undan ortiq yoshlarni nishonlash to‘ylari…

Urf-odat ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan bo‘lib, u kishilar turmushiga singib ketadi, bu ko‘proq oilaviy munosabatlarda sodir bo‘ladi. Masalan, o‘zbek xalqiga xos urf-odatlarga salomlashish qoidalari, kelin-qizlarning ertalab hovlilarni supurib, suv sepishi; mehmonlarga alohida hurmat ko‘rsatish, bayram arafalarida bemor, yolg ‘iz, muhtoj keksalardan, qiynalganlardan xabar olish, hashar kabi udumlar kiradi.

Yaxshi niyat – yarim davlat, deydi xalqimiz. Tilak bildirish, yaxshi niyat, duoyu olqishlar – bu ham o‘zbek xalqining eng qadimiy udumlaridan biridir. Inson hayotining barcha fasllarida, turli yoshlarda, turli munosabatlar bilan, turmushning barcha chorrahalarida bir-biriga tilak bildiradi, yaxshi niyat qiladi.

Bola tug ‘ilganda, - “Farzand, zurriyot muborak bo‘lsin deya umriyu rizqi, ota-onasi, boboyu buvisi bilan bergan bo‘lsin”,-deyiladi. Bu ixcham tilakning mazmunida katta hikmat bor. Bolaki tug ‘ilibdimi, avvalo uning umri uzun bo‘lsin, rizqi nasibasi mo‘l bo‘lsin, ota-onasi tarbiya berib, oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazar ekan, farzandining huzur-halovatini, rohatini, iqbolini ko‘rishsin, xalqning og ‘irini yengil qiladigan shaxs bo‘lib yetishsin kabi ko‘pga va uzoqqa mo‘ljallangan tilaklar birgina shu ibora hikmatda o‘z jamuljamini topgan.

Mo‘ysafidlar, ota-onalar farzandlarining duoyi jonini qilisharkan, “oy borib omon qaytgin”, deya kaftlarini yuzlariga surtib, fotiha tortishadi. “Omad yor bo‘lsin, olginu oldirmagin, to‘rt muchang sog ‘ bo‘lsin, xudo o‘z panohida asrasin, chor yorlar madadkor bo‘lsin” tilaklari ham shu holatlarda qo‘llanilishi mumkin.



Yüklə 134,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə