3-mavzu. Nutqning kommunikativ (aloqaviy) sifatlari. Nutqning to‘g‘riligi Reja


Fikriy noaniqlikni yuzaga keltiruvchi vositalar



Yüklə 34,05 Kb.
səhifə2/3
tarix14.06.2022
ölçüsü34,05 Kb.
#89455
1   2   3
3-mavzu. Nutqning kommunikativ (aloqaviy) sifatlari. Nutqning to

Fikriy noaniqlikni yuzaga keltiruvchi vositalar




2. Mantiqiy jihatdan voqelikka zid bо‘lgan tushuncha ifodalovchi sо‘zlarni yonma-yon ishlatish natijasida.



  1. Sо‘z ma’nosiga yetarli e’tibor bermaslik natijasida





3. Nutqda biror sо‘zni о‘z о‘rniga qо‘yib gap tuzolmaslik.



4. Sо‘zning noо‘rin tanlanishi natijasida

Aniqlik sifati badiiy nutqda о‘ziga xos tarzda namoyon bо‘ladi, chunki badiiy asar badiiy tafakkur mahsulidir. Badiiy nutqda obrazlilik birinchi planda bо‘lganligi uchun sо‘z ma’nosidagi siljishlar, kо‘chishlar kо‘p kuzatiladi. Sо‘z va u ifodalagan predmet о‘rtasidagi mutanosiblik badiiy nutqda kо‘pincha ochiq va tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bо‘lmaydi. Badiiy nutq о‘zining ta’sir etishdan iborat asosiy maqsadiga erishish uchun sо‘zning turlicha qо‘llanishi, tovlanishi, turlanishi, xilma-xil ma’nolarni ustiga olishiga keng imkoniyat yaratadi. Badiiy nutqda sо‘zlar о‘z va hatto kо‘chma ma’nolaridan tashqari о‘ziga xos yangidan-yangi ma’no qirralarini kashf etishi va shu tarzda badiiy tasvirning yanada aniqligini ta’minlashi mumkin: Miryoqub g‘ururining kaltaklanishidan kelgan bir zaharxanda bilan kuldi, injener esa burungi kular yuzini ham nо‘qtalab oldi. Bu gapdagi g‘ururining kaltaklanishi va kular yuzini nо‘qtalamoq birikmalaridagi ajratilgan sо‘zlar kasb etgan ma’no nozikliklari bilan matnga aniqlik, ta’sirchanlik baxsh etgan (g‘ururni azobli darajada poymol qilish, keskin va tamoman tо‘xtatmoq). Demak, nutqning aniqligi sо‘zning tildagi ma’nosiga tamomila muvofiq tarzda qо‘llanishi, sо‘zning voqelikdagi о‘zi ifodalayotgan narsa-hodisa bilan qat’iy mosligi asosida yuzaga keladigan kommunikativ sifatdir.


Hurmatli byuro a’zolari! Men Bashirjon akani uzoq yillardan beri bilaman. U kishi juda g‘alati, о‘ziga xos odam. Adabiyotchilar tili bilan aytsak, о‘ziga xos bir tip. Bashirjon о‘tirgan yerida qimirlab qо‘ydi. U tip sо‘zini tif deb tushunib: Yolg‘on! Umrimda tif bilan og‘rigan emasman!-deb qichqirmoqchi ham bо‘ldi. (N.Aminov. Yelvizak)
Kompost- kompot paronimiyasidagi kompost gо‘ngdan achitib tayyorlanadigan о‘g‘itni, kompot esa mevalarni qaynatib tayyorlanadigan ichimlikni ifodalovchi sо‘zlar bо‘lib, quyidagi parchada ular asosida juda chiroyli kulgu chiqarilgan: Marhamat,-dedim-da, u yoq-bu yoqqa qarab olgach, leksiya о‘qishga tushib ketdim, -о‘rtoqlar, kompost juda foydali ichimlik, uni asosan mevadan tayyorlashadi. Mevalarning xili qancha kо‘p bо‘lsa, u shuncha shirin bо‘ladi. Bizning Farg‘ona tomonlarda kompostni о‘rik, shaftoli qoqi va olchaning qurug‘idan tayyorlashadi. Xullas, kompost ichmabsiz, dunyoga kelmabsiz... Gapimni tugatmasimdan о‘tirgan odamlar sharaqlab kulib yuborishdi.(X.Tо‘xtaboyev, Sariq devni minib).
Gippokrat kasal kо‘rayotganda, undan: “Siz kim tomondasiz? Men tomondami yoki kasal tomondami?”-deb sо‘rarkan. Shunda kasal:”Albatta, siz tomondaman-da” desa, Gippokrat unga qarab: “Men tomon bо‘lsangiz, biz ikkovlon kasalni yengamiz. Agar kasal tomonda bо‘lsangiz, men yakkalanib qolaman-da”, der ekan.
Demak, aniq nutq malakasining shakllanishida tavsiflanayotgan voqelikni bilish, tildagi sо‘z ma’nolari sistemasini yaxshi anglash, nutq mazmuniga e’tibor bilan qarash hal qiluvchi ahamiyatga molikdir. Ana shunda ifoda uchun eng uyg‘un va almashtirib bо‘lmaydigan aniq sо‘zni topish mumkin.

Yüklə 34,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə