3-mavzu: Oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat. Vasiylik va homiylik. Reja



Yüklə 39,74 Kb.
səhifə5/13
tarix24.02.2022
ölçüsü39,74 Kb.
#84056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3-mavzu Oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat

Alternativ oila turlari – kam uchraydigan oila turlari bo’lib, ular ayrim jihatlari bilan boshqalardan farqlanib turadi va o’z navbatida toifalarga bo’linadi. Masalan, ulardan biri – fuqarolik nikohi deb atalib, unda erkak va ayol o’z ixtiyorlari bilan rasmiy nikohni qayd emay, yashayveradi. Ba’zan bunday qarorga ular kutilmagan homiladorlik paydo bo’lganda ham kelishlari mumkin. Bunday nikoh bizning sharoitimizga, musulmonchilikka sira ham to’g’ri kelmaydi. Alternativ nkiohlar ko’proq g’arb mamlakatlariga xosdir. Lekin Golodning ta’kidlashicha, hozirda Rossiyada mavjud oilalarning 7% shunday nikoh asosida tashkil topgan. Oilaning muqaddasligini tinimsiz targ’ib etishimiz azaliy qadriyatlarni ardoqlab kelayotgan yurtimizda bunday salbiy holatlarning bo’lmasligiga xizmat qiladi.

Alternativ nikohning yana bir ko’rinishi qayta nikohlardir. Odatda bunday nikoh turi beva yoki tul qolgan shaxslarda uchraydi. Aslida ham birinchi qayta nikohlar XVI asrda Angliyada qayd etila boshlagan. Hozirda esa bunday nikohlar odatda beva qolganlar yoki ajrashib ketganlar o’rtasida qayd etilishi mumkin. Bunday oila turi ham ajrimlar ko’payishiga mos tarzda ortib bormoqda.



Aralash oilalar yoki begona ota-onalar bilan yashaydiganlar oilasi. Bu – etimlarni boqib olish hisobiga paydo bo’ladigan, otalikka olish, o’gay ota yoki ona bilan yashaydiganlar oilasidir. Ming afsuski, turli hayotiy vaziyatlar tufayli shunday oila ham bor, ular nisbatan ko’p bo’lmasa-da, O’zbekistonda ham mavjud.


Yüklə 39,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə