3-mavzu: O’rta asrlar Yevropa manbalarini o’rganish, aniqlash va tahlil qilish. Reja



Yüklə 60 Kb.
səhifə1/2
tarix19.10.2023
ölçüsü60 Kb.
#128060
  1   2
3-mavzu


3-mavzu: O’rta asrlar Yevropa manbalarini o’rganish, aniqlash va tahlil qilish.
Reja:

  1. O`rta asr Yevropa manbashunosligi tadqiqotlari

  2. Manbalarni tahlil etish usullari

  3. Tarixiy manba haqida xulosalar

Hozirgi, mustaqil O‘zbekiston sharoitida tarix fanining ilmiyli va xolislilik asosida rivojlantirishga alohida e'tibor berilayotgan bir paytda, milliy-ma'naviy qadriyatlarimiz qayta tiklanayotgan bir vaqtda va respublikamizning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi jarayoni kuchayib borayotgan davrda, shubhasiz tarixiy manbalarni topish, o‘rganish va tahlil etish masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz I.A. Karimov ta'qidlaganlaridek: «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q». Ammo tarixni bilish, uni xolisona o‘rganish, tahlil etish va tarixiy tajribalarni umulashtirish uchun tarixiy manbalarni tadqiq etish usullaridan foydalanishni bilish zarurdir. Bevosita O‘zbekistonda, hozirgi kunga qadar manbashunoslik nazariyasi bo‘yicha alohida o‘quv qo‘llanmalar nashr qilinmagan, lekin ma'lum manbashunoslik masalalari va amaliy tarixiy manbashunosliga oid ilmiy ishlar soni qo‘payib bormoqda. Mazqur qisqa qo‘llanma o‘z oldiga mavjud kamchiliklarni to‘ldirish maqsadini qo‘yadi va milliy va jahon manbashunoslik tarixi, o‘tmishida o‘quv-qo‘llanmalar tayyorlash tajribalarini hisobga olib O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari tarix fakultetlari uchun qisqa qo‘llanma tayyorlan va talabalarga manbashunoslik tamoyillari haqida ma'lumot berish va manbashunoslik, arxivshunoslik, muzeyshunoslik kurslarini chuqurlashtirib o‘qitishga yordam beradi. qo‘llanma shuningdek, «arxivshunoslik» bo‘limi o‘qituvchilari va talabalariga, arxiv xodimlari malakasini oshirishda qo‘llanilishiga mo‘jalangan. qo‘llanmada tarixchi-arxivshunoslar, tadqiqotchilar va arxiv xodimlari ishlayotgan manba turlariga alohida e'tibor berilgan.


Manbashunoslik nazariyasi masalasini o‘rganish uchun «tarixiy manba» tushunchasini aniqlab olish zarur.
Har qanday ilmiy tadqiqot uchta asosiy bosqichdan iborat: muammoning qo‘yilishi; faktik materiallarni to‘plash; o‘rganiluvchi masalani nazariyasini tashkil etish.
U yoki bu masalaga bo‘lgan qiziqishni paydo bo‘lishi ijtimoiy ehtiyojlardan kelib chiqadi. Ko‘pgina masalalarni hal etish uchun mahaliy va xorijiy tajribalardan foydalanish zarur. Tadqiq etilmagan yoki kam o‘rganilgan masalalarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni o‘zi ilmiy muammoni qo‘yilishi uchun amaliy sharoitda yechilishiga o‘tadi, ya'ni tarixiy faktlarni bilish va muammoni o‘rganish uchun manbalarni asosiy materiallar bazasi mavjud bo‘lishi kerak. Tadqiqotchi bitta faktdan bir nechtasiga o‘tadi, ularni majmuasini, faktik bilimlarni to‘plash bilan birga, o‘rganiluvchi hodisalarni «ochish» uchun zaruriy va kerakli ma'lumotlarni to‘playdi. Buning uchun esa tarixiy manbalarning mavjudligi asosiy element hisoblanadi. Ularning borligi (yoki yo‘qligi) u yoki bu muammoni o‘rganish imqoniyatini aniqlab beradi. Tarixiy faktlar ikki xil ma'noda tushiniladi, ko‘pincha voqyea, hodisalarning o‘zi sifatida va voqyea yoki xodisaning ma'naviy hayot yoki ongda aks etilishidir. Birinchi holatda uni fakt-voqyea; ikkinchisida esa fakt-ong (ikkinchisi birinchisini aks ettiradi) deb ataladi. Insoniyat tarixi u yoki bu jarayonlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va yo‘q bo‘lib ketishi zanjiri bo‘lgani uchun, turli xil davrlarda uni tadqiq etayotgan tarixchi o‘tmish voqyeasi faktiga asoslanib emas, uni aks ettiruvchi manbaga asoslanib o‘rganilishi mumkin. Negaki ko‘p hollarda tarixiy voqyealarning tirik ishtiroqchilari yoki guvohlari bo‘lmaydi.
Ko‘p miqdordagi manbalarni o‘rganuvchi tadqiqotchi ular asosida umumiy xulosalar qiladi. Xulosalarning asosiyligi darajasi to‘g‘ridan to‘g‘ri tarixiy tadqiqot olib borilgan manbashunoslik bazasining qiymati va miqdoriga bog‘liq.
Manbalarni tadqiq qiluvchi tadqiqotchi mavjud adabiyotlarni (mahaliy va chet el) rad etishi mumkin emas. Ular ham muammoni o‘rganishda manba sifatida yordam beradi, ammo ularning tanqidiy tahlil etish talab qilinadi. Yangi bilimlar nafakat yangi manbalarni o‘rganganda hosil bo‘ladi, balki zamonaviy bilimlar va baholar asosida fandagi mavjud xulosalarni birlashtirish va o‘rganish oqibatida ham paydo bo‘ladi. Agar olimning erishgan yutuqlari aniq va to‘g‘ri bo‘lsa, ular tanqidiy tahlilga dosh bera oladi va yangi ma'lumot, manbalar bilan to‘ldirilgan holda ishlatiladi. Umumiy ma'lumotlar asosida esa yangi xulosalar ishlab chiqiladi.
Tadqiqotchi tarixiy manbani tarixiy qo‘llanma bilan almashtirib yubormasligi kerak. Lekin ba'zi bir hollarda tarixiy tadqiqot u yoki bu hodisalar to‘g‘risidagi yagona ma'lumotlar manbasi bo‘lishi mumkin. Umuman manba va o‘tmishda yozilgan har qanday tadqiqot ko‘p hollarda ular yaratilgan davr mafkurasi bilan sug‘orilgan bo‘ladi. Har doim ham manba hodisalarning o‘z vaqtiga kelmaydi, ammo ko‘pincha manba – voqyealar zamondoshi. Shu bilan birga, o‘rganilayotgan voqyealar davrida yozilgan misol uchun gazeta va jurnal maqolalari, kitoblar, risolalar odatda manbalar qatoriga kiritilmaydi. Ular ko‘p hollarda «ikkilamchi» tanqidiy va propagandik xaraterga ega bo‘ladi. Biron bir voqyea to‘g‘risidagi manbaning o‘zi, voqyeaning o‘ziga nisbatan ko‘p kirrali emas bir yoqlamadir. Lekin manbashunoslik tahlili natijasida, manbaning to‘g‘ri va to‘liqligi aniqlangach asta sekin voqyeaning to‘liq manzarasi namoyon bo‘ladi. Bunda boshqa turdagi ko‘shimcha manbalardan ham foydalanish maqsadga muofiqdir. Shu ma'noda fakt-manba, fakt-bilim tushunchasi paydo bo‘ladi, ular odamlarning voqyealar bilan muloqatida va tadqiqotchining amaliy faoliyatida shakllanadi.
Tarixiy manba – ma'lum yozma yoki ashyoviy asosdagi hujjatlarni aniq tarixiy jarayonni bevosita aks etishi.

Yüklə 60 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə