3-Мавзу: O‘zbekiston tosh davri yodgorliklari tadqiqotlarining yutuqlari reja



Yüklə 28,6 Kb.
səhifə1/10
tarix17.01.2023
ölçüsü28,6 Kb.
#98716
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-мавзу (1)


3-Мавзу: O‘zbekiston tosh davri yodgorliklari tadqiqotlarining yutuqlari
REJA

        1. O‘zbekiston paleolit davri jamoalari moddiy madaniyati

        2. O‘zbekiston mezolit davri jamoalari moddiy madaniyati

        3. O‘zbekiston neolit davri jamoalari moddiy madaniyati

Kishilik tarixi rivoji mehnat qurollarining yasalishi xom ashyolariga qarab bo‘linishiga insonlar qadimdan e’tibor qaratishgan. Bunday bo‘linishda tosh asri uzoq yillarni o‘ziga qamrab olgan, paleolit (qadimgi tosh davri), mezolit (o‘rta tosh davri) va neolit (yangi tosh davri) kabi tarixiy taraqqiyot bosqichlaridan iborat bo‘lgan tarixiy davr hisoblanadi. Jumladan, uning paleolit davri 3-2mln.-12 000yilliklarni o‘z ichiga olib, o‘z navbatida ilk, o‘rta (mute) va so‘nggi paleolit kabi taraqqiyot bosqichlaridan iborat.


Keyingi yillardaO‘zbekiston tosh davri jamolari moddiy madaniyati tadqiqotidamuhim kashfiyotlar, yutuqlar qo`lga kiritilmoqda. Jumladan, qator tosh davriga oid yangi yodgorliklar ochildi:
Olmabuloq must`e davri yodgorligi. O’rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog’ massivi shimoliy yon bag’ridan voha tomon o’z suvini oqizib chiquvchiyirik soylardan biri bo’lgan Sazog’onsoy yon qayirida Olmabuloq muste davri yodgorligi tadqiq etildi (Nurobod tumani, Sazog’on qishlog’i markazidagi Olmabuloq chashmasi yonida). Olmabuloq makoni Samarqand Davlat Universiteti arxeologik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan 2000 yili kashf etilib, 2001 yili ham tadqiqoti davom ettirilgan yodgorlik hisoblanadi. Olmabuloq makoni Sazog’on qishlog’i markaziy qismidagi Olmabuloqning yon qayirida joylashgan bo’lib, bu buloq sazog’onsoyning o’ng qirg’og’i bilan bog’liq. Shuningdek, makonda 2002 yili arxeolog R. Sulaymonov SamDU talabalari ishtirokida qisman tadqiqot ishlarini amalga oshirgan. Bu tadqiqotlar natijasida makonning stratigrafik holati borasida dastlabki ma`lumotlar olingan, hamda paleolit davri jamoalari moddiy madaniyatiga oid qiziqarli tosh buyumlari kolleksiyasi to’plashga erishilgan. R. Sulaymonovning fikricha makon o’rta paleolit jamoalariga tegishli yodgorlik hisoblanadi.

Yüklə 28,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə