3-Mavzu: O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li


Mustaqillik – meyoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi



Yüklə 38,81 Kb.
səhifə6/8
tarix03.06.2022
ölçüsü38,81 Kb.
#88628
1   2   3   4   5   6   7   8
3-Mavzu O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li

6.Mustaqillik – meyoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi.
О‘zbekistonning mustaqillikka erishishida qо‘yilgan navbatdagi muhim
qadamlardan biri bu – 1990 yil 20 iyunda respublika Oliy Soveti tomonidan
«Mustaqillik Deklaratsiyasi»ni qabul qilinishi edi. Mazkur hujjat О‘zbekiston
qonunlarining Ittifoq qonunlaridan ustuvorligini ta’minladi. Shu bilan birga,
«Mustaqillik Deklaratsiyasi» О‘zbekistonning 1991 yil 31 avgustga qadar mavjud
bо‘lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini ta’minladi, barcha sohada mustaqil siyosat
olib borish imkonini berdi. Deklaratsiyada har bir millatning о‘z taqdirini о‘zi
belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy
qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib О‘zbekiston SSRning davlat
suvereniteti e’lon qilindi. Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bо‘lib,
quyidagilar bayon etilgan:
О‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti: о‘zbek xalqining
davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning
о‘z takdirini о‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsadi haqi, har bir
kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad bilgan holda,
О‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda,
xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga
asoslanib, О‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini
e’lon qiladi.
1. О‘zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning о‘z
hududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho
hokimligidir.
2. О‘zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning
muhokamasiga qо‘yilmay turib о‘zgartirilishi mumkin emas.
3. О‘zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha
tarkibiy va bо‘linmas qismlari ustidan amalga oshiriladi va Shu hududda yashaydigan
aholiga taalluqlidir.
4. SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar О‘zbekiston SSR
Konstitusiyasiga muvofiq О‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan
keyingina О‘zbekiston SSR hududida kuchga ega bо‘ladi.
5. О‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga О‘zbekiston SSR ichki va
tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi.
6. О‘zbekiston SSR xalqaro hukuqning asosiy prinsiplarini tan oladi va hurmat
qiladi.
7. О‘zbekiston SSR ittifokdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan о‘zining
siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida
belgilaydi va amalga oshiradi.
8. О‘zbekiston SSR о‘zining taraqqiyot yо‘lini, о‘z nomini belgilaydi va davlat
belgilarini (gerb, bayroq, madhiya) о‘zi ta’sis etadi.
9. Qoraqalpog‘iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi mustaqilligini
Muxtor Respublika Konstitusiyasi ta’min etadi. О‘zbekiston SSR uning Asosiy
Qonuni va О‘zbekiston SSR Konstitusiyasi asosida Qoraqalpog‘iston MSSR
manfaatlarini himoya qiladi.
10. О‘zbekiston SSRning qonun chiqaruvchi hokimiyati О‘zbekiston SSR
davlat mustaqilligini amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan qonunlarni ishlab chiqadi,
О‘zbekiston SSRning siyosiy va iqtisodiy sistemalari tarkibini va qurilishini
belgilaydi.
11. О‘zbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik
huquqiy davlat tuzishga qaror qilganini bildiradi, О‘zbekiston SSRda yashayotgan
barcha millat va elatlarning qonuniy, siyosiy, iqtisodiy, etnik, madaniy huquqlariga
hamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi.
12. Ushbu Deklaratsiya О‘zbekiston SSRning yangi Konstitusiyasini hamda
yangi ittifoq shartnomasini ishlab chiqish uchun asosdir.
Deklaratsiyaning qabul qilinishi bilan О‘zbekistonda respublikaning iqtisodiy
va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina boshlandi.
Shunday bir tarixiy sharoitda sobiq SSSRdagi siyosiy vaziyat keskinlashib
bordi. XX asrning 90 – yillari boshlarida Ittifoq tarkibidagi kо‘pchilik respublikalar
mavjud vaziyatni о‘zgartirishni talab qilisha boshladi. 1990 yil bahorida Sovet
Sotsialistik Respublikalari hisoblangan Boltiqbо‘yidagi Litva (11 mart), Latviya (4
mayda), Estoniya (8 may), keyinroq Gruziya (oktabr) va Ozarbayjon (1991 yil fevral)
Ittifoq tarkibidan chiqqanligini e’lon qildi. Bu holat SSSRning davlat butunligiga
jiddiy ta’sir kо‘rsatdi. Moskva 1990 yil kuzida Markaz bilan respublikalar о‘rtasidagi
munosabatlarni yangilash yuzasidan muzokaralar jarayonini boshlab yubordi. Shu
asosda markaziy hokimiyat jamoatchilikning talablari ostida Ittifoq shartnomasini
yangilash zaruratini e’tirof etishga majbur bо‘ldi.
SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini о‘zgartirish, SSSRni teng huquqli
suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini bilish
maqsadida 1991 yil 17 mart kuni Butunittifoq referendumini о‘tkazishga qaror qildi.
1991 yil 20 fevralda О‘zbekiston Oliy Kengashning Rayosati referendum о‘tkazishni
ma’qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana
bitta qо‘shimcha byulletenni ovozga qо‘yishga qaror qildi.
Qо‘shimcha byulletenga «Siz О‘zbekistonning mustaqil, teng huquqli

Yüklə 38,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə