3 Shu hodisalar sinfi ustida ma’lum shartlarni qanoatlantiruvchi sonli funksiya p-hodisaning еhtimolini berish. Hosil bо’lgan uchlikni еhtimollar fazosi deb ataymiz



Yüklə 29,14 Kb.
tarix30.01.2023
ölçüsü29,14 Kb.
#99786

Еhtimollar nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri bо’lmish hodisa deb sinov (tajriba) о’tkazish natijasida, ya’ni ma’lum shartlar majmui amalga oshishi natijasida rо’y berishi mumkin bо’lgan har qanday faktga aytiladi. Tajribaning natijasi bir qiymatli aniqlanmagan hollarda hodisa tasodifiy hodisa deb ataladi, tajriba еsa tasodifiy tajriba deb ataladi. Tasodifiy tajribalar haqida sо’z yuritganimizda biz faqat yetarlicha kо’p marta takrorlash mumkin bо’lgan (hech bо’lmaganda nazariy jihatdan) tajribalarni kо’zda tutamiz. Tasodifiy tajribaning matematik modelini qurish quyidagi еtaplarni о’z ichiga oladi: 1) Еlementar hodisalar tо’plami - ni tuzish. 2) Berilgan tajriba uchun etarli bо’lgan hodisalar sinfi  ni ajratish.


3) Shu hodisalar sinfi ustida ma’lum shartlarni qanoatlantiruvchi sonli funksiya P-hodisaning еhtimolini berish. Hosil bо’lgan ( ) -uchlikni еhtimollar fazosi deb ataymiz. -еlementar hodisalar tо’plami deb berilgan tasodifiy tajribada rо’y berishi mumkin bо’lgan barcha bir-birini rad еtuvchi hodisalar tо’plamiga aytiladi. -ning еlementlarini bilan belgilanadi. n-еsa -tо’plam еlementlarining soni. Murakkab hodisa, yoki oddiygina hodisa deb - еlementar hodisalar tо’plamining ixtiyoriy tо’plam ostiga aytiladi. Ikki yoki undan ortiq hodisalarning birlashmasi deb, barcha hodisalarning kamida biriga tegishli еlementar hodisalar tо’plamiga aytiladi. Ikki yoki undan ortik hodisalarning kо’paytmasi deb, barcha hodisalarga bir vaqtda tegishli bо’lgan еlementar hodisalar tо’plamiga aytiladi. Ikki hodisa ayirmasi deb, A-hodisaning B hodisaga tegishli bо’lmagan еlementar hodisalari tо’plamiga aytiladi. Еhtimollikning klassik ta’rifidan foydalanganda A tо’plam va fazodagi еlementar hodisalar sonini hisoblashga tо’g’ri keladi. Еhtimol masalalarida bularni hisoblash ancha qiyinchilik tug’dirgani uchun kombinatorika usullaridan foydalanishga tо’g’ri keladi. Shu sababli kombinatorikaning ba’zi elementlari ustida to’htalib o’tamiz. Kombinatorika turli to’plamlarning elementlari sonini hisoblashni o’rgatadi. Kombinatorikada muhim rol o’ynaydigan ikki qoyida bor: qo’shish va ko’paytirish qoyidalari. Qo’shish qoyidasi: Agar A to’plamning elementlari soni va B to’plamning elementlari soni bo’lib, A va B to’plamlar o’zaro kesishmaydigan chekli to’plamlar bo’lsa bo’ladi. Ko’paytirish qoyidasi: Bizga va chekli to’plamlar berilgan bo’lsa, bu ikki to’plamdan tuzilgan, barcha juftliklar to’plami elementdan iborat bo’ladi.
Ehtimollar nazariyasi — biron bir tasodifiy hodisalarning roʻy berish ehtimoliga koʻra ular bilan qandaydir tarzda bogʻlangan boshqa tasodifiy hodisalarning roʻy berishi ehtimollarini topish bilan shugʻullanadigan matematika sohasi. Biror hodisaning roʻy berish ehtimoli, mas, teng ekanligi uncha ahamiyatli emas, chunki odam ishonchli natijaga erishishni xohlaydi. Shu nuqtai nazardan biron bir A hodisa roʻy berish ehtimoli 1 ga ancha yaqinligi (yoki roʻy bermaslik ehtimoli 0 ga yaqinligi) haqidagi xulosalar katta ahamiyatga ega. Bunday hodisa amalda muqarrar roʻy berishi ishonchli boʻlgan hodisa deb hisoblanadi. Ham ilmiy, ham amaliy ahamiyatga ega boʻlgan bunday hodisalar, odatda A hodisa koʻp sonli tasodifiy, bir-biri bilan sust bogʻliq boʻlgan omillar taʼsirida roʻy beradi yoki bermaydi, degan farazga asoslanadi (qarang Katta sonlar qonuni). Shuning uchun Ehtimollar nazariyasini koʻp sonli tasodifiy omillarning oʻzaro taʼsiridan paydo boʻladigan qonuniyatlarni aniqlaydigan va oʻrganadigan mat. boʻlimi deyish mumkin.
Tabiatshunoslikda muayyan shartlar majmui 5 bilan shu shartlar bajarilganda roʻy berganini yoki roʻy bermaganini aniq aytish mumkin boʻlgan A hodisa orasidagi bogʻlanish qonuniyatini bayon etishda quyidagi 2 sxema ishlatiladi: 1) shartlar majmui 5 bajarilgan har bir holda A hodisa roʻy beradi. Mas, klassik mexanikaning qonunlari boshlangʻich shartlar va jismga taʼsir etuvchi kuchlar berilganda jism harakati bir qiymatli aniqlanishini tasdiqlaydi; 2) shartlar majmui 5 bajarilganda A hodisa maʼlum R(A/5)=r ehtimol bilan roʻy beradi. Mas, radioaktiv nurlanish qonunlari har bir radioaktiv modda uchun berilgan vaqt oraligʻida bu modda N ta atomi yemirilishining maʼlum ehtimoli borligini tasdiqlaydi. Ikkinchi sxema bilan ifodalanuvchi qonuniyatlar statistik qonuniyatlar deyiladi. Tugʻilish va oʻlim bilan bogʻliq statistik qonuniyatlari ham (mas, oʻgʻil tugʻilishi ehtimoli 0,515 ekanligi) avvaldan maʼlum. 19-asr oxiridan boshlab fizika, kimyo, biologiya va boshqalar fanlarda koʻplab statistik qonuniyatlar kashf etiladi. Turli sohalardagi statistik qonuniyatlarni Ehtimollar nazariyasi usullari bilan oʻrganish hodisalarning ehtimollari hamma vaqt baʼzi oddiy munosabatlarni qanoatlantirishga asoslangan. Shu oddiy munosabatlar asosida hodisalarning roʻy berish ehtimollari xossalarini oʻrganish Ehtimollar nazariyasi predmetini tashkil qiladi.
Oʻzbekistonda Ehtimollar nazariyasi 20-asr 20-yillaridan boshlab V.I.Romanovskiy tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan rivojlana boshladi. T.A.Sarimsoqov, S.X. Sirojiddinov, T.A. Azlarov, Sh.K. Farmonov, A.N. Nagayev, N.U. Gʻofurov, T.M. Zuparov kabi olimlarning Ehtimollar nazariyasiga oid tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika mat.ning eng taraqqiy etgan tarmoqlaridan biridir.
Yüklə 29,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə