3-sinflar uchun tabiyatshunoslik fanidan bir soatlik ochiq



Yüklə 296,83 Kb.
səhifə1/5
tarix13.05.2022
ölçüsü296,83 Kb.
#86900
  1   2   3   4   5
3 dorivor os848klar55s4455344djnnb


Aim.Uz



3-SINFLAR UCHUN TABIYATSHUNOSLIK FANIDAN BIR SOATLIK OCHIQ

Mazkur dars ishlanma umumiy o`rta ta’lim maktablarining 3-sinflarida tabiatshunoslik fanidan dars berayotgan o`qituvchilar uchun mo`ljallangan bo`lib, undan dars jarayonida ijodiy foydalanish mumkin.






Dars bosqichlari

Qisqacha tavsif

Qo’llaniladigan usullar

Vaqt taqsimoti

1

Tashkiliy qism

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Ma’naviyat daqiqasi

Suhbat

5 daqiqa

2

O’tilgan mavzu va uy vazifalar tahlili

Uy vazifasini tekshirish,

tarqatmali test yechish, savol javob



Bilimingni tekshir usuli

10 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

Dorivor o’simliklar

Ifodali o’qish

20 daqiqa

4

Mavzuni mustahkamlash

Savol javob

Klaster

5 daqiqa

5

O’quvchilar bilimini baholash

Faol o`quvchilarni aniqlash

5 ballik tizim

4 daqiqa

6

Uyga vazifa

O’qib o’rganib rasmlarini chizish.

Sinf darsligi

1 daqiqa

MAVZU : DORIVOR O’SIMLIKLAR

Mavzuga oid tayanch tushunchalar;dorivor o’simliklar, yalpiz, jag’ jag’, isiriq ,kashnich, maymunjon, na’matak.

Mavzuning qisqacha ta’rifi ;o’quvchilarga atrofimizdagi olamga, o’z vataniga muhabbat hissini uyg’otish.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod; tushuntirish, savol-javob,ifodali oqishga o’rgatish, suhbat.

Shakl; jamoa, guruhda va yakka usulda ishlash.

Jihoz; darslik, rasmlar, tarqatmalar.

Nazorat;O’quvchilarni dars davomida faolligini nazorat qilib boorish.

Baholash;O’quvchilar bilimini reyting mezonlari asosida baholab, dars oxirida e’lon qilinadi.

Darsnning maqsadi

Ta’limiy ;Mavzuga oid malumotlarni o’qib ,hayotga bog’lab tushuntirib berish .

Dorivor o’simliklarni tanitib, ularni foydali tomonlarini tushintirish. O’tilgan mavzularni mustaxkamlash.

Tarbiyaviy;o’quvchilarga ona Vatanga va ona tabiatga muhabbat uyg’otish.

Tabiatni asrashga, tabiat ne’matlaridan oqilona fntirhuoydalanishga o’rgatish.

Rivojlantiruvchi; o’quvchilarni ifodali o’qishga , kerakli ma’lumotlarni o’rganib, ulardan foydalanishga o’rgatish.

Tayanch kompetinsiya elementlari;

Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi;

O’zi yashaydigan joy tabiati, O’zbekistondagi tabiat boyliklari, diqqatga sazovor tabiat obyektlari, ularni muhofaza qilish haqida aytib bera oladi;

Tabiatdan oqilona foydalanish, insonning tabiatga ta’siri, global va mintaqaviy ekologik muammolarning kelib chiqish sabablarini biladi va misollar bilan tushintira oladi.

Darsning borishi

I Tashkiliy qism:salomlashish,davomatni aniqlash,o’quv qurollarini nazorat qilish,darsga tayyorlash.

Salom bilan boshlanar

Bilsang odob va axloq

Salom bilan begona

Bo’lar tezda do’st-inoq

-Bolajonlar,omonmisiz

Bugun darsga tayyormisiz?

-Biz hammamiz omonmiz,

Hoxir darsga tayyormiz.

O’qituvchi:Bir yilda nechta fasl bor? 4 ta

O’qituvchi:Hozir qaysi ? Qish

O’qituvchi:Qishni qanday belgilari bor? sovuq,qor yog’adi,kunlar qisqaradi,hamma pechka yoqadi

Issiq kiyinamiz.

O’qituvchi:Qish fasli qaysi oylardan iborat? dekabr,yanvar,fevral.

O’qituvchi:Qish faslida qanday bayramlar nishonlanadi? 1-dekabr,3-dekabr,8-dekabr,10-dekabr,

31-dekabr,14-yanvar,30-yanvar,9-fevral,14-fevral.

O’qituvchi:Buyuk siymolar haqida nimalar bilasiz?

1 – guruh I A Karimov haqida

O’zbekistonning birinchi prezidenti I. A. Karimov 1938 – yil 30 – yanvarda Samarqand shahrida tug’ilganlar. 1991 – yil 31 – avgusda Vatanimizni Mustaqil deb e’lon qilganlar . 25 yil davomida Prizedentlik qilib bizga juda ko’p imkoniyatlar yaratib berganlar. Biz u kishini hech qachon unutmaymiz.Prezidentimiz bizga ko’plab asarlar yozib qoldirganlar ularni o’rganib boramiz.

Prezident bobomiz

Kulib qarar bizlarga

Omad tilar bilimga

Chanqoq o’g’il qizlarga.

2 - guruh Alisher Navoiy haqida

So’z mulkining sultoni, buyuk shoir ,olim , davlat arbobi Mir Alisher Navoiy bobomiz 1441- yil 9- fevralda Hirot shahrida dunyoga kelganlar. Bobomiz ona tilini juda yaxshi bilganlar. O’z xalqini ilmli bo’lishga undaganlar , mamlakatni obod va farovon bo’lishini orzu qilganlar . Shuning uchun ham Hirotda bir qancha madrasalar ,masjidlar qurdirganlar. Ukishini ko’plab she’rlarini sevib yod olamiz.

Odami ersang demagil –odami,

Onikim yo’q xalq g’amidin-g’ami.

3 -guruh Z.M. Bobur haqida

Zahiridin Muhamad Bobur 1483 –yil 14- fevralda Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tavalud topgan. Saroyda shahzodalargaa xos munosib ta’lim –tarbiya olgan . Bobur otasi vafotidan so’ng 12 yoshida taxtga o’tiradi. Bobur toj –taxt uchun bo’lgan urushlar tufayli Andijondan chiqib ketib ,Hindistonda buyuk boburiylar sulolasiga asos soldi. Hindistonda qudratli saltanat o’rnatgan ,davlatning gullab –yashnashiga kata hissa qo’shgan sevimli shoirimiz 1530 –yil Agra shahrida olamdan o’tdi.

Har kimki vafo qilsa ,vafo topqusidir .

Har kimki jafo qilsa ,jafo topqusidir.

Yaxshi kishi ko’rmagay yomonliqq hargiz ,

Har kimki yomon bo’lsa ,jazo topqusidir.

Tarif berish orqali guruhlar o’zlarini nomlab oladilar .




Yüklə 296,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə