3. Sotsiologiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Sotsiologiyaning hozirgi zamon sohaviy tizimlari va ularning tasnifi



Yüklə 45,1 Kb.
tarix04.11.2017
ölçüsü45,1 Kb.
#8178

Aim.uz

Sotsiologiya fanining nazariy asoslari.

Reja:


  1. Sotsiologiya fanining ob’ekti va predmeti.

  2. Sotsiologik tafakkurning muhim jihatlari. (O.Kont, P.Sorokin, E.Dyurkgeym, M.Veber, T. Parsons).

3. Sotsiologiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.

4. Sotsiologiyaning hozirgi zamon sohaviy tizimlari va ularning tasnifi.

5. Zamonaviy o’zbek sotsiologiya maktabi.

Tayanch iboralar:

Sotsiologiya, ijtimoiy ob’ekt, predmet, hududiy bosqich, individ, ijtimoiy mavqe, ijtimoiy norma, ruhshunoslik, ijtimoiy rol, status, sotsial.


1.1. Jamiyat haqidagi fan hisoblangan sotsiologiya olamiga kirar ekanmiz, biz avvalo uning lug’aviy ma'nosiga e'tibor qaratishimiz lozim. «Sotsiologiya (lotincha sotcietas – jamiyat va yunoncha logos - ta'limot) – degan ma'noni bildiradi. Sotsiologiya – yaxlit tizim sifatidagi jamiyat va alohida ijtimoiy institutlar, ijtimoiy guruhlar, jamiyat tuzilmalari va ularda yuz beradigan ijtimoiy jarayonlarni o’rganuvchi fan».1

«Sotsiologiya – ijtimoiy tuzumlarning funksionallashuvi va rivojlanishi to’g’risidagi, umumiy va o’ziga xos ijtimoiy qonun va qonuniyalari, bu qonun va qonuniyalarning shaxs, ijtimoiy birliklar, sinflar, xalqlar faoliyatidagi yuzaga kelishi va amal qilish shakllari to’grisidagi fandir».

Yuqorida keltirilgan fikrlardan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, sotsiologiya – ijtimoiy birliklar, tashkilotlar, jarayonlar va munosabatlarning yuzaga kelishi qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir.

Sotsiologiya bizga ko’prok ijtimoiy turmush tiplarini tahlil qilishdagina yordam bermay, ochilayotgan kelajakka nazar tashlash imkonini ham beradi. Shu asosda shunday savol tug’ilishi mumkin: amalda odamlarning ijtimoiy turmushini ilmiy tarzda o’rgana olamizmi?

Bu savolga javob berishimiz uchun fanning asosiy xususiyatlari, ob’ekt va predmetini ko’rib chiqishimiz kerak

Fan o’zi nima?

Sotsiologiya boshqa ijtimoiy fanlarga o’xshab ma'lumotlar to’plash va tahlil qilish usullariga, nazariyalarni isbotlar va mantiqiy dalillar asosida baholash usullariga ega bo’lgani uchun ham fan hisoblanadi.

Sotsiologiya bizning turmushimizga juda ko’p amaliy ta'sir o’tkazadi. Sotsiologik tafakkur va tadqiqotlarning amaliy siyosat va ijtimoiy islohotlarga o’tkazadigan ta'siri bir necha yo’nalishda bo’ladi. Eng bevosita ul – ijtimoiy vaziyatni aniq bo’lishidir.

Endi bevosita sotsiologiyaning fan darajasiga ko’tarilishi, uning asoschisi, ob’ekti va predmeti to’g’risida kengroq to’xtalib o’tamiz.

Mamlakatimizda sotsiologiya fanining taraqqiy topishida milliy istiqlol g’oyasining mohiyat va mazmuni muhim dastur vazifasini o’taydi. Milliy istiqlol g’oyasi sotsiologiya fanining rivojlanishida mamlakatimiz Konstitusiyasi milliy va umuminsoniy qadriyatlari, demokratik tamoyillarga tayanishi, xalqiimizning yuksak ma'naviyati, o’lmas merosi, yurt tinchligi, vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta'minlashga xizmat qilishni taqazo etadi.

Shunday qilib sotsiologiya jamiyatni murakkab ijtimoiy organizm sifatida o’rganadi. Fanning ob’ekti va predmeti xususida to’xtalib o’tadigan bo’lsak, Sharq va G’arb mutafakkirlari bildirib o’tgan ta'riflarga to’xtalib o’tish darkor.

Mashhur nemis olimi M.Veberning fikricha, «sub’ektiv mazmunga ega bo’lgan individ fe'l-atvori tarkib topgan harakat, sotsiologiyaning predmetini tashkil etadi».1

E.Dyurkgeym fikricha, sotsiologiyaning predmetini – ijtimoiy ma'lumotlardan deb bilgan.2

Rus sotsiologi P.Sorokinning fikricha, «Jamiyat yoki ijtimoiy hodisalar fanni predmetni tashkil etadi»3 deb hisoblaydi.

Sotsiologiya fanining rivojlanish jarayonida uning ob’ekti va predmeti ham o’zgarib takomillashib bormoqda. Ob’ekt va predmet hamma vaqt bir-birlari bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham sotsiologiya predmetni aniqlash masalasi uning ob’ektini aniqlash bilan bog’liqdir. Xo’sh sotsiologiyaning ob’ektini qanday tushunishimiz kerak?

Sotsiologiyaning ob’ekti insonning turli holatdagi xulq-atvori bo’lsa, uning predmeti mehnat, siyosat va boshqa sohalardagi xulq atvorlarning mexanizmlarini o’rganishdir.

Sotsiologiya fani ob’ekti va predmeti tadqiqot o’tkazish faoliyati natijasida nomoyon bo’ladi. Shu bois ham sotsiologiyaning tarixiy rivojlanish bosqichlari davomida uning ob’ekti va predmeti to’g’risidagi tushunchalar doimo o’zgarib borgan. Buni biz yuqoridagi mutafakkirlarning bildirib o’tgan mulohazalaridan ham bilib olishimiz mumkin.

Jamiyat hayotidagi mavjud ijtimoiy o’zaro aloqadorlik, ijtimoiy munosabatlar, ularning yuzaga kelishi va oqibatlarini sotsiologik tadqiqot ob’ekti sifatida qabul qilishimiz mumkin.

Sotsiologiya o’z ob’ekti doirasida sotsial hayotning turli, alohida tomonlari bilan shug’ullanadi. Masalan, huquq sotsiologiyasi, mehnat sotsiologiyasi, iqtisodiy sotsiologiya va hokazolar. Bu sohalarda o’z ob’ekti inson va uning siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi o’rni va rivojlanishi, xayot tarzi va fikrlash uslubi kabi masalalarni hal qiladi.

Sotsiologiyaning predmetini esa qo’yidagicha izohlash mumkin: Sotsiologiyaning predmeti jamiyatdagi inson mohiyatining rivojlanayotgan umumbashariy xususiyatlarini amalga oshiruvchi qonunlardir. Agar fanning ob’ekti nimani o’rganish kerak degan savolga javob bersa, predmet o’sha ob’ektni qanday o’rganadi degan ma'noni keltirib chiqaradi. Yuqoridagini xulosa qilib aytganimizda sotsiologiyaning ob’ekti ijtimoiy guruhlar, ijtimoiy institutlar, ijtimoiy munosabatlar deb ta'riflashimiz mumkin.



  1. Sotsiologiyaning predmeti esa inson hayot tarzining konkret jihatlari, odamlarning fe'l-atvori, jamiyatdagi o’rni va harakatlaridan iboratdir deb xulosalash mumkin. Shu asnoda mamlakatimiz sharoitiga moslab, qo’yidagi ob’ekt sifatida o’tuvchilarni ajratib ko’rsatamiz:


  1. Ijtimoiy bosqich:

      1. Jamiyat

      2. Ijimoiy qatlam

      3. Mahalla

      4. Ijtimoiy guruh

      5. Oila

      6. Shaxs


II. Milliy bosqich:

    1. Millat

    2. Elat

    3. Etnik gurux

    4. Avlod

    5. Milliy oila

    6. Individ.


III.Tarmoqlar bosqichi:

  1. Iqtisodiyot

  2. Siyosat

  3. Madaniyat

  4. Fan

  5. Ta'lim

  6. Ekologiya




      1. Hududiy bosqich

  1. Mintaqa

  2. Mamlakat

  3. Viloyat

  4. Shahar

  5. Qishloq

  6. Maxalla

Respublikamizda Sotsiologiyaga qiziqish kuchayib bormoqda. O’zbekistonda ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy iqlim rivojlanmoqda. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida o’zgarishlar bo’lmoqda. Shu bois ham sotsiologiya yuqoridagi o’rganadigan ob’ekt va predmetni ham keltirib o’tganimizdek 4 bosqichda amalga oshirilishi zamon talabi hisoblanadi.

1.2. Hozirgi zamon sotsiologiyasi murakkab tarkibiy tuzilishga ega. Sotsiologiya fan sifatida, eng avvalo, dialektik metodologiyaga tayanadi. Sotsiologiyaning metodologiyasi – «sotsial jarayonlarni tadqiqot prinsiplari, shakllari va metodlarini ishlab chiqishdir».2

Sotsiologik tafakkur Yevropada salkam bir yarim asrlik vaqt davomida turli maktab va yo’nalish vakillari tomonidan turli xil mulohazalarga sabab bo’ldi. Ammo bu yondashuvlarni maqsadi bitta – insonni, uni o’rab turgan ijtimoiy borliqni tushunish va sotsiologiyani fan darajasiga ko’tarish bo’lgan. Rus sotsiologi P.Sorokin fikri bo’yicha bu fanni o’ziga xos va muhitda yashovchi odamlarning xulqini o’rganuvchi fan deya ta'kidlab o’tgan. XIX asr G’arbiy yevropada E.Dyurkgeym, M.Veber, O.Kontlar xam sotsiologiya sohasida ma'lum ishlarni amalga oshirganlar.



Ogyust Kont.

Albatta, bir kishi butun bir fanga asos sola olmaydi, dastlabki sotsiologiyaning paydo bo’lishida ko’pgina kishilar o’z hissasini qushganlar. Biroq, tenglar orasida birinchi sifatida, odatda, fransuz yozuvchisi Ogyust Kontni (1789-1857) tan olishadi, bu avvalo shuning uchunki, aynan mana shu yozuvchi «Sotsiologiya» atamasini muomalaga kiritgan edi. Dastlab Kont fanning yangi sohasini ifodalash uchun «sotsial fizika» atamasidan foydalandi, keyin boshqa mualliflar ham ushbu atamani qullay boshladilar, natijada ular va o’z qarashlari o’rtasidagi farqni, hamda o’zi tomonidan asos solingan fanni ifodalash maqsadida yangi so’zni kashf etdi. Kont sotsiologiya fanini yosh, lekin ahamiyatga ko’ra eng murakkab va muhim fan hisoblardi. Kont fikricha, yangi fan insoniyat baxt-saodatga erishuvida to’g’ridan-to’g’ri ta'sir ko’rsatadi; hayotining oxirida u fransuz jamiyatini va umuman butun insoniyatni qayta to’zishning buyuk rejalarini ishlab chiqdi.



Emil Dyurkgeym.

Kontning ishlari boshka fransuz mutafakkiri Emil Dyurkgeymga (1858-1917) bevosita ta'sir ko’rsatdi. Aslida Dyurkgeym Kont ijodining ba'zi jihatlariga tayanishiga qaramasdan, uning ishlarini o’ta spekulyativ va noaniq deb hisoblardi va uning fikricha, Kont sotsiologiyani fan sifatida yaratish borasidagi o’z dasturini bajarishga muvaffaq bo’la olmadi. Dyurkgeymning fikricha, sotsiologiya fanga aylanish uchun, «sotsial faktlarni» o’rganish lozim. Dyurkgeymning ta'kidlashicha, sotsiologiyaning birinchi mashxur tamoyili quyidagichadir: «sosial faktlarni buyumlar kabi urganish lozim». U bu iborani iste'molga kiritganda, sosial xayot xam tabiatdagi obektlar yoki vokealar kabi qat'iy taxlil etilishini nazarda tutgan edi.

Sotsiologiyaning barcha asoschilari kabi, Dyurkgeym ham ko’z o’ngida jamiyatda yuz berayotgan o’zgarishlardan ruxlanadi. U bu o’zgarishlarni sanoatlashuvning bir qismi sifatidagi mehnat taqsimoti bilan (turli kasb soxalari o’rtasida farqlar murakkablashib boradi) tushuntirishga harakat qiladi. Dyurkgeym ta'kidlashicha, mexnat taqsimoti ijtimoiy jixatdan o’zaro aloqadorlik asosi bulgan dinni borgan sayin siqib chiqara boradi. Mexnat taqsimoti kuchaygan sayin, borgan sari kishilar bir-biriga chambarchas bog’liq bo’la boradi, chunki ularning har biri boshqa kasbdagi kishilar ishlab chiqarayotgan tovarlar va xizmatlarga extiyoj sezadi. Dyurkgeym fikricha, zamonaviy olamdagi o’zgarishlar shunchalik tez va jadal sur'atlarda ro’y bermoqdaki, bu sezilarli ijtimoiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Buni u anomiya hodisasi bilan bog’laydi. Anomiya – bu muayyan ijtimoiy shart-sharoitlar natajasida, o’zining mavjudligidan maqsad yuqligi yoki foydasizligi, keraksizligini his etishdir. An'anaviy odob-axloq me'yorlarning chegaralari va talablari din bilan bog’langan bo’lib, asosan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida buzib tashlanadi, shuning uchun zamonaviy jamiyatlarda ko’pgina individlar, o’zlarining kundalik mavjudligidan ma'no yo’qligini his etishga duch kelmoqdalar.

Dyurkgeymning mashhur tadqiqotlaridan biri o’z-o’zini o’ldirishlarni tahlil etish bilan bog’langan edi. O’z-o’zini o’ldirish o’ta shaxsiy akt hisoblanib, katta shaxsiy baxtsizliklar oqibati hisoblanadi. Dyurkgeym fikricha, suisidga ijtimoiy omillar fundamental ta'sir ko’rsatadi va ularning biri anomiyadir. O’z-o’zini o’ldirish statistikasi yildan yilga takrorlanadigan manzarani namoyon qilmoqda, bu esa hodisani sotsiologik jixatdan tushuntirishni taqazo qiladi. Dyurkgeym tadqiqotlarning kupgina jixatlari e'tirozlarni keltirib chiqarmoqda, lekin shunga qaramay, mumtoz ish sifatida uning axamiyati zamonaviy sotsiologiya uchun hamon muhimdir.

Nemis olim Maks Veber ongni ijtimoiy harakatlar omili va mahsuli deb ta'rif bergan. U ilmiy izlanishlarni madaniyat va tabiat haqidagi fanlarga ajratgan. Uning fikricha, insonning ongli mavjudot ekanligini na tarixchi, na sotsiolog va na iqtisodchi inkor eta oladi. Maks Veber ijtimoiy xulqni insoniy munosabatlardan iborat deb bilgan. Insoniy xulq esa o’z navbatida ijtimoiy mohiyatga egadir. Veber stratifikatsiya mavzusiga ham e'tiborini qaratib o’tgan. Stratifikatsiya – strata (qatlam) tikasiya (bajaraman) degan ma'noni anglatadi. 3

Veber fikricha, sinflarga bo’linish faqatgina ishlab chiqarish vositalariga ega bo’lish yoki bo’lmaslik emas, balki mulk bilan bevosita bog’liq bulmagan iqtisodiy farqlar bilan ham belgilanishini ta'kidlagan. M.Veber g’oyalari zamonaviy sotsiologiyada keng qo’llaniladi. Jumladan, uning ijtimoiy status (mavqe), partiyalar haqidagi fikrlarini keltirib o’tishimiz mumkin.

Amerikalik sotsiolog T.Parsons M.Veberning sotsial stratifikasiya nazariyasini yanada rivojlantirdi. Uning fikricha «stratifikatsiya– ijtimoiy tizim tarkibiy ziddiyatning asosiy yuzaga keltiruvchisi» deb hisoblanadi. 4 Uning asosiy asari «Sotsiologiya tizimida» sotsiologiyaning mohiyat mazmunini keng ravishda ochib bergan.

Yana bir amerikalik sotsiolog T.Parsonsning funktsional ta'limoti muvozanati haqida fikr yuritgan. Uning fikricha, «ijtimoiy muhitdagi doimiy muvozanati», ichki va tashqi ta'sirini muvofiqlashtirish – sotsiologiyaning asosiy vazifasi bo’lib hisoblanadi. T.Parsons ijtimoiy tizimlar, munosabatlar va ijtimoiy sanksiya tushunchalariga ham keng to’xtalib o’tadi.

1.3. Ijtimoiy hayot masalalarini o’rganish doirasi kengayib borayotganligi sababli sotsiologiya fani ham, uning o’rganish ob’ekti ham borgan sari kengayib, chuqurlashib bormoqda. Sotsiologiyaning iqtisodiyot, falsafa, xuquq, etika, psixologiya, pedagogika, tarix, ekologiya kabi fanlar bilan aloqadorligi bozor munosabatlarining tarkib topishi jarayonida yanada ortib bormoqda. Endi bevosita fanlar bilan aloqadorligi xususida fikr yuritamiz.

Sotsiologiya va falsafa:

- Sotsial falsafa qonun va qonuniyatlar kategoriyalari bevosita umumsotsiologik nazariya va konsepsiyalarni o’z ichiga oladi. Maxsus sotsiologik nazariyalar uchun esa nazariy va metodologik asos bo’ladi. Umumsotsiologik va maxsus sotsiologik nazariyalarning rivojlanishi o’z navbatida mazkur davr ijtimoiy fikrini shakllantiradi, unga nazariy va amaliy manbaa bo’lib xizmat qiladi. Sotsiologiya tadqiqot empirik ma'lumotlar, eksperimentlar yordamida ijtimoiy falsafiy ta'limotlarning qanchalik tug’ri, mazkur ijtimoiy davr mazmuniga xos yoki ularning eskirib, ijtimoiy taraqqiyot talabiga javob beraolmay qolganligini aniqlab berish imkoniyatiga ega. Sotsiologiya fani bir asr oldin falsafiy ajralgan bo’lsa-da, ularning aloqasi uzviy. Falsafa sotsiologiyaning nazariy – metodologik asosini tashkil etadi. Bu borada ulug’ alloma Abu Nasr Forobiy har qanday ilmning va ilm sohibining muayyan qobiq orasida cheklanib qolmasligi lozimligini, balki keng ko’lamli mushohada qila biluvchi, muayyan fanga yaqin bo’lgan ilmlar va nazariyalar tanish bo’lishining jamiyatini ta'kidlagan.

Sotsiologiya va xuquq: -Mustaqil O’zbekistonda tarkib topayotgan huquqiy munosabatlar asosida va o’ziga xos sharqona an'analarga mos ravishda qonunchilikni qaytadan barpo qilishda sotsiologiya va xuquqshunoslik fanlari aloqadorligi muhimdir. Huquqiy davlatni shakllantirish va uni yanada rivojlantirishda jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish, huquqiy munosabatlarni tartibga solish katta ahamiyatga ega. Sir emaski, keyingi vaqtlarda jinoyatchilik ortdi. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, hozirda sodir etilayotgan jinoyatlarning ogir va o’ta og’ir turlari anchaga ortgan. Ana shu jinoyatlarni o’rganish va tadqiq etishda sotsiologik tadqiqotlarning o’rni beqiyosdir. Jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olish – davlat ahamiyatidagi masala hisoblanadi. Unga qarshi jinoyat sodir etilgandan so’ng emas, balki unga qadar olib borilmog’i lozim. Jinoyatning oldini olish, uning tub mohiyatini, motivi va keltirib chiqaradigan sabablarini o’rganishda sotsiologik tadqiqotlar olib borish ahamiyatga ega. Demak, xuquq fanlarining rivojlanishida ham sotsiologiyaning o’rni katta.

Sotsiologiya va iqtisod:

-bu ikkala fan o’rtasidagi aloqadorligi moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, taqsimot, ayriboshlash iste'mol jarayonlarini o’rganishda nomoyon bo’ladi. Hozirda bozor munosabatlariga o’tish, mehnatga yangicha munosabat (fermerlar, tadbirkorlar) shakllanishi jarayonida uning ahamiyati katta. Iqtisodiy nazariyaning ilmiy g’oyalari yuqorida tilga olingan sotsiologiya sohalari uchun metodologik asos bo’ladi.

Sotsiologiya va tarix:

-Sotsiologiya va tarix fanlari jamiyat hayotini izchil, sistemali tarzda o’rganadi. O’tmish tariximizni yaratishda tarixchi mutafakkirlar sotsiologiya usullaridan keng foydalanganlar. Masalan, at-Termiziy, Ismoil Buxoriy, Abu Rayxon Beruniy, Xondamir, Xermat Vamberi kabi buyuk olimlar o’zlarining tarixga oid qimmatli asarlarini yaratishda sotsiologiya usullaridan unumli foydalanganlar. Tarixiy kelajagimiz uchun o’tmish sahifalariga aylanadi. Shunday ekan, Prezidentimiz I..Karimovning «O’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi yo’q» - degan fikrlari diqqatga sazovordir.

Sotsiologiya va matematika:

-Sotsiologiyani matematikasiz tasavvur etib bo’lmaydi. Matematik usullarsiz sotsiologiya mavhum bir qarash bo’lib qoladi. Ayniqsa, biron bir tadqiqot o’tkazgandan so’ng uni qayta ishlash, foizlashtirishda uzviy aloqadorligini seziladi.

Sotsiologiya va kibernetika:

-maxsus matematik usullar – daraja ko’rsatkichi, omillik, sababli va sirtdan qo’llaniladi. Sotsiologik tadqiqotlarni olib borishda yuksak darajadagi kompyuter, hisoblash texnologiyalaridan keng va unumli foydalaniladi.

Sotsiologiya va texnika fanlari:

-hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti asrida sotsiologiya va texnika fanlar aloqadorligi tabiiydir. Inson yaratgan barcha texnika faqat inson va jamiyatning ijobiy taraqqiyotiga xizmat qilishi kerak. Ammo doimo kutilgan natija bo’lavermaydi. Ularni o’rganishda sotsiologiyaning roli kattadir.


Sotsiologiya va psixologiya:

-yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish sharoitida kishilardagi o’zini ko’zlash, o’z shaxsiy manfaatini jamiyat, millat manfaatidan ustun ko’rishlik hollari kuchaymoqda. Kishilarda behalovatlik, asabiylik ortmoqda. Ushbu muammolarni o’rganish va hal etib borishda sotsiologiya va psixologiya fanlarining hamkorligi zarur deb o’ylaymiz.

Sotsiologiya va pedagogika:

-hozirda Respublikamizda ta'lim tarbiyaga jiddiy e'tibor berilmoqda. Xususan, 1997 yil «Ta'lim to’grisida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning qabul qilinishi ham bevosita ushbu fikrimizni isbotlaydi. Buni pedagog-o’qituvchilar tarkibida ham ko’rishimiz mumkin. Talaba o’qituvchilar ongida ilmdan qaytish, fanlarga e'tiborsizlik, engil mehnat evaziga yaxshi yashash hissiyotlari kuchaygan. Milliy pedagogikamiz hozirda sotsiologik tadqiqotlarga juda muxtoj. Bu tadqiqotlarning natijalari qanchalik beshafqat bo’lmasin, ulardan to’gri xulosa chiqarishimiz kerak.

Nomi tilga olib o’tilgan fanlar tarkibida ijtimoiylik yunalishi mavjud. Shu jihatdan, o’z navbatida ularning sotsiologik fani rivojlanishidagi ahamiyati kattadir.

1.4. Jamiyat hayoti sotsiologiya fani doirasida umumsotsiologik, maxsus sotsiologiya va emperik sotsiologik tadqiqotlar asosida o’rganiladi.

Hamda sotsiologiyada maxsus sotsiologik nazariyalar sifatida iqtisod sotsiologiyasi, mehnat sotsiologiyasi, turmush tarzi, shahar va qishlok, boshqarish va tashkil qilish, siyosat, madaniyat, ilm-fan, ta'lim, shaxs, oila, yoshlar, bo’sh vaqt, etnosotsiologiya va boshqa sotsiologik sohalarni ko’rsatib o’tish mumkin.

Umumsotsiologik nazariyalaridan farq qilib, maxsus sotsiologik nazariyalar makon va zamon jixatidan nisbatan tor chegara kasb etadi. Ularning yana bir farqi: umumsotsiologik ta'limotlar umumijtimoiy amaliyotda tekshiriladi, sinaladi va tasdiqlanadi; maxsus sotsiologik nazariyalarning xulosalari va tasdig’i esa amaliy tadqiqotlar orqali amalga oshiriladi. Maxsus sotsiologik nazariyalar esa statik – muayyan bir ijtimoiy daraja doirasidagi o’zgarishlarini ifodalash mumkin. Umumsotsiologik va maxsus sotsiologik nazariyalar sotsiologiya fanining nazariy jihatini tashkil etadi. Hozirda konkret va xususiy sotsiologik tadqiqot sifatida ahamiyati ortib bormoqda. Sotsiologik bilim va usullarning yuqorida ko’rsatib o’tilgan uch darajasi hamda nazariy va amaliy sotsiologiya o’zaro dialektik aloqadorlikda bo’lib, yagona sotsiologiya fanini tashkil qiladi.

«Nazariy sotsiologiya» 5- jamiyat ijtimoiy hayotining umumsotsiologik, hamda umumiy darajalardagi funktsional va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi. Masalan, hozirda O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish konsepsiyasi va jamiyat hayotida bozor munosabatlarini tarkib topib borish jarayonini o’rganish nazariy sotsiologiyaning asosiy tadqiqot ob’ ekti xisoblanadi. Nazariy sotsiologiyada ijtimoiy hayotning iqtisodiyot, siyosat, maishiy turmush, ma'naviyat kabi alohida sohalarining rivojlanish qonuniyatlarini ilmiy-nazariy asosda o’rganadi.

«Amaliy sotsiologiya» 1 – inson faoliyatini, jamiyat hayotining turli sohalarini, jarayonlarini bevosita amaliy asosda o’rganadi. Amaliy sotsiologiyada emperik tadqiqotlardan olingan ilmiy ma'lumotlar nazariy jihatdan umumlashtiriladi. Shundagina nazariy sotsiologiyada olingan tadqiqot natijalari ijtimoiy hayot voqeligini, uning rivojlanish qonuniyatlarini to’gri, ob’ektiv ravishda ochib bera oladi. Haqiqatdan xam nazariy va amaliy sotsiologiya jamiyat hayotini ilmiy-nazariy jixatdan tadqiq etishda asosiy tizimlardan hisoblanadi.



  1. Yuqoridagi fikrlarni xulosalasak qo’yidagilarga to’xtalib o’tishimiz mumkin:

  2. O’rganilayotgan muayyan ijtimoiy jarayonga bog’liq bo’lgan ilmiy ma'lumotlarning to’laligicha olinishini ta'minlash zarur.

  3. Ayrimlikdan umumiylikka qarab va aksincha borish prinsipini amal qilinishi zarur.

Ilmiy ma'lumotlarni to’plash, sistemali kuzatuv, ma'lumotlar so’rash ahamiyatga ega bo’lishi lozim.

Hozirda bu ta'limotlardan sotsiologiya va boshqa barcha fanlar doirasida muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Shuning uchun sistemali – tarkibiy – funksiyaning tahlili hozirgi zamon sotsiologiyasining metodologik asarlaridan biri sifatida qaralishi lozim.


1.5 O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy iqtisodiy hayotida yuz berayotgan ijobiy o’zgarishlar mamlakat siyosiy hayotiga ham jiddiy ta'sir ko’rsatadi. Mamlakat siyosiy tizimidagi islohotlar sifat jixatidan yangi siyosiy munosabatlar va siyosiy jarayonlarni yuzaga keltiradi. Mazkur siyosiy munosabatlarga mamlakatimizdagi mavjud siyosiy partiyalarning davlat, jamoat birlashmalari bilan va o’zaro munosabatlari misol bo’la oladi.Bu munosabatlarda siyosiy partiyalar o’z maqsad va vazifalarini aniqlashtirib, uni yangi mazmun bilan boyitmoqdalar. Yangi siyosiy jarayonlarga siyosiy partiyalar faoliyatlari misol buo’ib, bu faoliyatda ular jamiyat siyosiy tizimidagi o’z mavqei va rolini mustahkamlash, faoliyat dasturini taraqqiyotning yangi talablari bilan moslashtirish , jamiyatdagi mavjud ijtimoiy guruhlar va qatlamlar manfaatini to’la to’kis himoya qilishga qaratmoqdalar.

Mustaqil respublikamiz siyosiy hayotida dastlab shakllangan siyosiy partiya , bu O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi bo’lib, u boshqa siyosiy partiyalardan farqli ravishda katta siyosiy tajribaga ega bo’lib, ommaviy ijtimoiy zaminga qurilgan. Bu partiya mamlakatimizning barcha viloyat, shaxar va tumanlarida o’zining partiya tashkilotlarini tuzishga mavaffaq bo’lgan va partiya a'zolarining umumiy soni jixatidan ham boshqa siyosiy partiyalardan farq qiladi. Bu kabi masalalarni chuqur ilmiy tadqiq qilish hozirgi zamon sotsiologiyasining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Sotsiologik tafakkurni shakllantirish, uning amal qilish tamoyillarini ishlab chiqish va qo’llash hozirgi davr vazifalari hisoblanadi.



1 Idirov, Хоlbekov sotsiologiya fanidan lo’g’at «Тоshkent» 1999 y

2 Sotsiologiya o’quv qo’llanma 1999 й 29-bet

3 А. Хоlbеkоv U. Idirov sotsiologiya lug’at Т. 2000 й 16- бет

4K.Yunusov. Sotsiologiya.O’quv qo’llanma. Andijon 1997 йил 55-бет

5 А. Хоlbekov, U. Idirov. Sotsiologiya Т. 1999 y 12- bet

Aim.uz


Yüklə 45,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə