3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlarini



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə101/128
tarix19.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#106396
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   128
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlarini
hisobga oluvchi schotlarning (8910) bog‘lanishi

8910 "Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari" schoti xarajatlar va to‘lovlarni xarajatlarga bir maromda olib borish maqsadida belgilangan tartibda rezerv qilingan summalarning holati va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Xususan, ushbu schotda quyidagi summalar aks ettirilishi mumkin:
- asosiy vositalarni ta’mirlash uchun;
- korxona xodimlariga mehnat ta’tili haqini (jumladan, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari va ta’minlash) to‘lash uchun;
- ishlab chiqarish mavsumiy tavsifga ega bo‘lishi munosabati bilan tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlari uchun;
- kafolatli ta’mirlash va kafolatli xizmat ko‘rsatish va hokazolar uchun.
Xarajatlarga qo‘shiladigan summalarni rezervlash qonun hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.
Rezervlarni hisoblash operatsiyalari 8910 "Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari" schotining kreditida va xarajatlarni hisobga oluvchi schotlarning debetida aks ettiriladi.
Rezerv qilingan summalar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar va to‘lovlar summasi zaxiralar miqdorini kamaytirib, 8910 "Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari" schotining debetida xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda hisobdan chiqariladi.
U yoki bu rezervning tashkil qilinishi va mablag‘larning foydalanishi vaqti-vaqti bilan (yilning oxirida albatta) smetalar, hisoblar va boshqalarga asosan tekshirilib turiladi hamda zaruriyat tug‘ilganda to‘g‘rilanib turiladi. Yil oxirida rezervning ishlatilmagan summalari hisobot yilining foydasiga qo‘shiladi:
Debet 8910 "Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari"
Kredit 9390 "Boshqa operatsion xarajatlar".
Korxona hisob siyosatida rezervlarni tashkil etish nazarda tutilgan taqdirda ular tashkil etilishi mumkin. Rezerv summasi foyda solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish bazasini oshiradi.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə