32-mavzu: nutq uslublarining qiyosiy tavsifi. Nutq uslublariga oid matn tuzish va tahlil qilish. Yozuv me’yorlariga amal qilish reja



Yüklə 18,88 Kb.
səhifə1/2
tarix02.04.2023
ölçüsü18,88 Kb.
#104039
  1   2
Tarixdan


32-MAVZU: NUTQ USLUBLARINING QIYOSIY TAVSIFI.NUTQ USLUBLARIGA OID MATN TUZISH VA TAHLIL QILISH.YOZUV ME’YORLARIGA AMAL QILISH
Reja:

1.Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi va uning xususiyatlari.




Tayanch tushuncha va iboralar: assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza, proteza, epenteza, epiteza, varvarizmlar, vulgarizmlar, ko‘chma ma'noli so‘zlar, frazeologizmlar, qisqartmalar, subyektiv baho, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar, elliptik gaplar, ekspressivlik.
So‘zlashuv uslubi. So‘zlashuv uslubi kishilarning kundalik norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining o‘ziga xos amal qilishidir. Bu uslub o‘z leksikasi, fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisi bilan xalqning oddiy so‘zlashuv tilini o‘zida aks ettiradi. So‘zlashuv uslubi uchun oddiylik, soddalik, betakalluflik va hayajon xosdir. Gapning dialogik, to‘liqsiz, bir tarkibli, so‘z-gap kabi shakllaridan foydalanish so‘zlashuv uslubida nisbatan ko‘proq uchraydi.
Qaratqich qo‘shimchasi (-ning) o‘rnida tushum (-ni) kelishigining ishlatilishi (Karimni telefoni, meni kitobim); kelishik qo‘shimchalari o‘rnining almashinishi (uygaman, Toshkentga o‘qiydi); ko‘plik qo‘shimchalarining turli ma'nolari (boshlarim og‘rib ketdi, do‘konga yog‘lar keldi, dadamlar aytdilar); subyektiv baho shakllari (kichraytirish, erkalash, kesatish, ismlarga qo‘shiladigan barcha lug‘aviy shakl yasovchilar).
So‘zlashuv uslubining sintaktik xususiyati:
To‘liqsiz gaplar (Borasanmi? Nega?); so‘z-gaplar (albatta, xo‘p, mayli); gap bo‘laklari tartibining o‘zgarishi (keldim bugun ertalab o‘qishga); elliptik xarakterga ega gaplar. So‘zlashuv jarayonidagi vaziyatga ko‘ra bayonotning ma'lum qismi nutqda tushib qolishi mumkin. Bunday holatda ham tinglovchilarga fikr tushunarli bo‘ladi (Qorami? Ko‘kmi?); ekspressivlikdan foydalanish (ulgurmaymiz deyishdan ko‘ra ulgurib bo‘pmiz, ulgurmoq qayoqda, ulgurib ham bo‘ldik).


Hozirgi o’zbek tilining so’zlashuv uslubi ikki asosiy turga bo’linadi:
1.Adabiy so’zlashuv uslubi
2.Oddiy so’zlashuv uslubi.
Adabiy so’zlashuv uslubi tilning adabiy me’yorlariga mos, tartibga solingan va ishlangan bo’lishi bilan xarakterlanadi. Uning tili sodda: jargon va sheva elementlaridan xolidir. Adabiy so’zlashuv uslubi o’z adabiy tilini bilgan kishilar uchun tanish va ma’lum bo’lgan asosiy uslub hisoblanadi. Tilning adabiy so’zlashuv uslubi kundalik aloqa-aralashuv uchun xizmat qiladi: ta’lim myassasalarida o’qitish ishlari shu uslubda olib boriladi, undan badiiy adabiyotda juda keng foydalaniladi. Adabiy so’zlashuv uslubi umumxalq adabiy tilining eng keng va universal turidir.
Adabiy tilning muhim xususiyatlaridan biri uning murakkab, ko’p qirrali vazifalarni ham yozma, ham og’zaki shakllarda bo’lishidir.Yozma adabiy tildan badiiy, ilmiy asarlarni ijod qilishda, rasmiy ish hujjatlarini yozishda qo’llaniladi. . Adabiy tilning og’zaki shakli adabiy so’zlashuv uslubi orqali amal qiladi. Radioeshittirish, televideniye ko’rsatuvlari shunday uslubda olib boriladi.
Adabiy til qoidalari –me’yorlarini belgilash uchun tilshunos olimlar sheva va lahjalarni o’rganadilar, hammaga tushunarli til xususiyatlarini belgilab, zamonaviy adabiy tilni va uning me’yorlarini belgilaydilar. Adabiy tilda adabiy,ilmiy asarlar yoziladi.
Adabiy til shevalardan oziqlangan holda muttasil rivojlanib boradi. Adabiy til xalq shevalari negizida so’z ustalari tomonidan umumlashtirish, qat’iy me’yorlarni ishlab chiqish yo’li bilan hosil qilinadi. Hozirgi o’zbek adabiy tili ko’proq qarluq,qisman qipchoq va o’g’uz shevalari negizida vujudga kelgan. Qarluq shevasi vakillari ko’proq Farg’ona vodiysi, Toshkent, Samarqand, Qarshi shaharlari va ularning atroflaridagi hududlarda istiqomat qilishadi. Shuningdek, bu sheva vakillarini Markaziy Osiyoning bir qancha joylarida, xorijiy mamlakatlarda ham uchratish mumkin.
Badiiy uslub voqelikni, inson tafakkurini, ruhiyatini obrazlar yordamida gavdalantiradi. Adabiy til, ya’ni publitsistik, ilmiy va badiiy sohada yaratilgan asarlar tili ma’lum til normalariga qat’iy rioya qiladi. Badiiy uslub esa fikrni obrazlar orqali ifodalaydi. Adabiy tilning nutqiy imkoniyatlari to‘laligicha badiiy uslubda namoyon bo‘ladi. Uslubiy bo‘yoqdor so‘zlarni keng qo‘llash, sinonimlardan unumli foydalanish, frazeologik birikmalarni faol ishlatish, barcha uslub unsurlaridan foydalana olish, tasviriy vositalarni qo‘llash ushbu uslubning o‘ziga xos xususiyatlaridir.
Obrazli til- voqelik manzaralarini, inson va uning ruhiy olamini, tuyg‘u-kechinmalarini yorqin va ta’sirli namoyon qiluvchi, yozuvchi fikrlari, hissiyotlari, bilan yo‘g‘rilgan tildir.
Shoirning bahorni ta’riflashda qo‘llagan obrazlariga e’tibor bering:
Tong mahali eshitib qoldim sehrli shitir
Va tingladim bu shitirni men yutib nafas.
Balki turna biz tomonga kelayotgandir,
Balki uning qanotidan chiqmoqda bu sas.
Balki bulut sas chiqarib ko‘kdan yo‘qoldi
To‘kildimi yo novdadan u qishki nahor.
Shunda tengsiz go‘zallikni men ko‘rib qoldim
Ko‘ylagini almashtirib kiyardi bahor.
Badiiy asar kishiga ma’lumot berish bilan birga obrazlar orqali estetik ta’sir ham ko‘rsatadi: O‘lkamizda fasllar kelinchagi bo‘lmish bahor o‘z sepini yoymoqda.
Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so‘zlari , shevalardan ham foydalaniladi. Badiiy uslubda uslubiy bo‘yoqdor va ko‘chma ma’noli so‘zlar ko‘p qo‘llaniladi.

  1. Badiiy uslubda qahramon nutqida qanday til birliklaridan foydalaniladi?

  2. Badiiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlarini yozing.

  3. Badiiy uslubga oid gaplarga misol keltiring.


  1. Yüklə 18,88 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə