4- mavzu: O‘rta osiyodagi temuriylar davrigacha



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə10/14
tarix08.04.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#104663
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2 мавзу

4-rasm. A. Temurning hunarmandchilikni rivojlantirish
borasidagi islohotlari
111


Yo‘l ustida birortasining narsasi yo‘qolsa, o‘zi o‘ldirilsa yoki boshqa kor-hol yuz bersa, bular uchun javobgarlik ularning zimmasida bo‘lsin”79. “Amr qildimki, sarmoyasi qo‘lidan ketib qolgan savdogarga o‘z sarmoyasini qaytadan tiklab olishi uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilsin80.
Samarqanddan chet ellarga, xususan, Rusiya, Tatariston va Sibirga asosan arzon narxli ipdan to‘qilgan matolar, duxobalar, shoyi gazlamalar, paxta va kalavalar, qog‘oz, quruq meva va guruch jo‘natilgan. Bu haqida Ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo o‘z kundaligida ta’kidlab o‘tgan81.
Sohibqiron qudratli saltanat shakllangach, o‘sha davrning deyarli barcha taniqli davlatlari va ularning hukmdorlari bilan faol iqtisodiy- siyosiy aloqalar o‘rnatgan. Turli davlatlarga o‘z elchilarini yuborgan, shuningdek, uning huzuriga yo‘llangan chet ellar elchilarini qabul qilgan. Jumladan, Misrga 1393-yilning oktabrida Sulton az-Zohir Barquq huzuriga dono ulamolardan shayx Sovaiy boshchiligidagi maxsus elchilarni, keyinchalik Sulton an-Nosir Farajning elchilari bilan birga uning huzuriga Abdulla Keshiyni jo‘natgan82. Sohibqiron 1389- yili Mo‘g‘ulistonni uzil-kesil o‘z tasarrufiga kiritgach, Xitoy bilan aloqalarni tiklagan, ungacha Min sulolasining ta‘qiqlari sabab aloqalar uzilgan edi. O‘sha davr Xitoy manbalaridan biri “Min shi lu” da 1389– 1398-yillar oralig‘ida Xitoyga Amir Temur nomidan to‘qqiz marta elchi kelganligi qayd etilgan. Xitoydan o‘z navbatida, 1395-yili Fu An boshchiligida Samarqandga – Amir Temur huzuriga elchilar yuborilgan: u Xitoydan qaytgan Amir Temur elchilari bilan yo‘lga chiqqan edi. Xitoy solnomalarida 1403–1449-yillar davomida Xitoyga Samarqanddan o‘ttiz uch marta va Hirotdan o‘n to‘rt marta elchilar jo‘natilganligi qayd etilgan83. Kastiliya va Lion qiroli Genrix III, Fransiya hukmdori Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV va boshqa mamlakatlar hukmdorlari saroylariga elchilar yuborib, mutanosib ravishda ispaniyalik, fransiyalik, angliyalik, xitoylik va boshqa bir

79 Osha asar. 138-b.
80 Osha asar. 95-b.
81 Rui Gonsales de Klavixo. Samarqandga Аmir Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403-1406 yillar). – T.: “O‘zbekiston”, 2010. 200-b.
82 Saidqosimov S., Ahmedov A., Ahmedov B. va boshqa. Amir Temu jahon tarixida. T.: Sharq, 2001.
115;118-b.
83 Osha asar. 121-b.
112

qator – jami yigirmadan ortiq xorijiy davlatlar elchilarini o‘z saltanatida qabul qilgani va o‘zaro savdo munosabatlari yo‘lga qo‘yilganligi haqida atroflicha bayon etilgan ko‘plab tarixiy va ilmiy asarlar bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi84.


Aytish joizki, Erondagi Sultoniya shahrining arxiepiskopi Jan (Ioann; ayrim nashrlarda Ioann de Galonifontibus deb ham aytiladi). Sohibqironning elchisi bo‘lgan, uning “Amir Temur va uning saroyi haqida xotiralar” (Memoires sur Tamerlan et sa cour) asarining “Temurbeyning saltanati va shaharlaridagi tartib-qoidalar xususida” deb nomlangan bobida, savdo munosabatlari borasida quyidagilarni e‘tirof etadi:” U o‘z fuqarolariga bir qancha soliq va to‘lovlar joriy etgan bo‘lsa- da, ajnabiy tujjorlarga katta e’tibor ko‘rsatadi va ularni, ayniqsa, faranglar va nasoralarni rag‘batlantiradi, saltanati hududida ularning xavfsizliklarini ta’minlaydi. U ko‘p maskanlarda olinadigan jon va tuz soliqlarini bekor qildi va bu soliqlar faqat yirik shaharlarda olinsin, deb farmon berdi. U saltanatining barcha hududlarida tujjorlar hayotiga xavf soladiganlarga shafqatsiz jazo tayinladi: tujjorlarni talagan o‘lka ahli unga (tujjorga) talangan mol qimmatini ikki barobar qilib qaytaradi yoxud saltanat xazinasiga tujjor yo‘qotgan mol-mulk qimmatining besh barobari miqdorida jarima to‘laydi”85.
Yuqorida qayd etilgan fikrlar bilan birga boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan islohotlar haqida ma’lumotlar “Temur tuzuklari”da to‘la bayon etilgan.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə