4. 2-mavzu: Fizika fanidan 7-sinf darsliklaridagi laboratoriya ishlarini o‘tkazish metodikasi. Reja


Laboratoriya ishi: Prujina bikrligini aniqlash



Yüklə 18,04 Kb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü18,04 Kb.
#137705
1   2   3   4   5
4. 2-mavzu Fizika fanidan 7-sinf darsliklaridagi laboratoriya i-fayllar.org

Laboratoriya ishi: Prujina bikrligini aniqlash.
Ishning maqsadi: eng oddiy dinamometr prujinasining bikirligini aniqlash orqali jismlarning deformatsiyasi va bikirligi haqida tasavvurlarni kengaytirish, elastiklik kuchi haqida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash.
Kerakli jihozlar: shtativ, eng oddiy dinamometr, yuklar to`plami, millimetrli qog`oz.
Ishni bajarish tartibi.
1.Prujinadan dinamometr yasash uchun shkalasiga millimetrli qog`oz yopishtiring.
2.Dinamometr shtativga rasmda ko`rsatilganidek mahkamlang.

3. Dinamometr ko`rsatkichining boshlang`ich vaziyatini shkaladagi millimetrli qog`ozga belgilang.


4. Dinamometr ilgagiga m1 massali yukni iling, uning ta`sirida prujinaning ∆l1 uzayishini
o`lchang va natijani jadvalga yozing.
5. Massalari m2 va m3 bo`lgan yuk uchun ham prujinaning ∆l2 , ∆l2 cho`zilishlarini o`lchang
va natijalarini jadvalga yozing.
6. Dinamometrga osilgan har bir yuk uchun prujinaga ta`sir etgan tashqi kuchlarni F1=mg
formula bo`yicha hisoblang va natijalarni jadvalga yozing ( g=10 m/s2 deb oling )
7. Har bir o`lchangan ∆l1 , ∆l2 , ∆l3 va hisoblangan Ft1 , Ft2 , Ft3 natijalarni k= Ft / ∆l
formulaga qo`yib , k1 , k2 , k3 prujinalar bikirligini hisoblang va natijalarni jadvalga yozing.
8. ko`rt = ( k1 + k2 +k3 ) /3 formula bo`yicha prujina bikrligini o`rtacha qiymatini hisoblang va
natijani jadvalga yozing.
9. ∆kn= formuladan absolyut xatolikni toping.
10. ∆ko`rt =(∆k1+∆k2+∆k3) / 3 formuladan absolyut xatolikni o`rtacha qiymatini toping.
11. formuladan nisbiy xatolikni toping.
12. Natijalarni tahlil qiling va xulosa chiqaring.
Tajriba o`tkazish davomida quyidagi savollarga javob topishga harakat qiling.
  1. Dinamometr shkalasi bo`limining qiymati nimaga teng?


  2. Dinamometr shkalasining yuqori chegarasi nimaga teng ?


  3. Yuk osilgan dinamometrning prujina ko`rsatkichi qayerda turishi kerak ?


  4. Kuchni o`lchashda dinamometrni qanday o`rnatish kerak ?


  5. Kuchni o`lchash vaqtida dinamometrning shkalasiga qanday qarash kerak?





Yüklə 18,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə