4-amaliy mashg’ulot. Grafik axborotlarni kodlash usullari. Axborotni o’lchashda alifboga oid yondoshi



Yüklə 255,19 Kb.
səhifə1/2
tarix13.05.2023
ölçüsü255,19 Kb.
#110137
  1   2
4-amaliy-mash




4-AMALIY MASHG’ULOT. GRAFIK AXBOROTLARNI KODLASH USULLARI. AXBOROTNI O’LCHASHDA ALIFBOGA OID YONDOSHI.


“Har qanday tasvirda minglab soʽz yotar” degan umumiy ibora mavjud. Shu sababli rasmlar yoki illyustratsiyalar koʽplab jurnal maqolalari, kitoblar va hokazolarning ajralmas qismi hisoblanadi. Berilgan tasvirlar mazkur bob boshidagi 1.1–rasmda koʽrsatilganidek ikki hil tipda, ya’ni oddiy chiziq yoki biror inson yuzi, manzara, joy va hokazolarning rasmi koʽrinishida boʽlishi mumkin. Ma’lumotlarning bu ikki tipi ham qayta ishlanishi va saqlanishi lozim. Bunga eskirgan, sifatsiz rasmni aniqroq tasvirga aylantirish uchun beriladigan qayta ishlovlar misol boʽla oladi. Bunda sifatsiz, eski rasm kiruvchi ma’lumot, qayta ishlangan yorqin rasm esa chiquvchi (natijaviy) ma’lumot boʽladi. Boshqa misol keltiradigan boʽlsak, sputnik orqali olingan yer yuzining bir qismini tasviri kiruvchi ma’lumot boʽlsa, bu tasvirga qayta ishlov berib, undagi shaharlar, dengizlar, oʽrmonlar kabi xududlarining ajratib koʽrsatilgan xaritaga keltirishi natijaviy tasvir boʽladi.


1.7–misol. Barmoq izlarini aniqlash
Tasvirni qayta ishlashga misol qilib barmoq izlarini aniqlashni ham keltirish mumkin. Jinoyatchilarning barmoq izlari olinadi. Bu izlar kompyuter xotirasida oq-qora rangli tasvir koʽrinishida saqlanadi. Jinoyat sodir boʽlgan joylarda aniqlangan barmoq izlari kompyuter xotirasiga olingan barmoq izlari bilan solishtiriladi. Daktiloskopik ekspertlar solishtirish usulidan foydalanadi va barmoq izlarini solishitirish kompyuterning dasturiy ta’minoti yordamida amalga oshiriladi. Bu jinoyat sodir boʽlgan joyda aniqlangan barmoq izlariga yaqin boʽlgan kompyuter xotirasidagi barmoq izlarini va u orqali jinoyatchi rasmining mavjud faylni topish ishlarini sezilarli darajada osonlashtiradi. Xozirgi kunda barmoq izlari orqali yuz tuzilishini identifikatsiyalash algoritmlari yuqori aniqlikda ishlaydi. Ular 95% dan ortiq hollarda jinoyatchi rasmini toʽgʽri aniqlaydi.1


Topshiriq_–_1'>Topshiriq – 1.
Adobe Photoshop dasturini yuklang va ranglar palitrasini ishga tushiring. Ranglar palitrasiga quyidagi jadvaldagi kodlarni kiriting va unga mos rangni aniqlab, jadvalga rang nomini yozing.

Rang kodi

Rang

Rang kodi

Rang

#388222




#59082E




#25BAC2




#DB28C3




#4725C2




#DB7228




#DE498F




#DBDB28




Topshiriq – 2.
Quyidagi jadvalda berilgan tasvirni ikkilik sanoq sisitemasida ifodalang va hosil bo’lgan sonni 16 lik sanoq sisitemasiga o’tkazing. Buning uchun:

  1. Tasvirni ikkilik sanoq sisitemasida ifodalash uchun oq rang turgan katakchaga 0, qora rang turgan katakchaga 1 yoziladi.

  2. Avvalgi topshiriqda bajarilgandek kalkulyatordan foydalanib ikkilik sanoq sisitemasidagi sonni o’n oltilik sanoq sisitemasidagi kodga o’tkazing


Yüklə 255,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə