4. gruntga ishlov berish texnologiyaSI



Yüklə 447,12 Kb.
səhifə1/17
tarix05.10.2023
ölçüsü447,12 Kb.
#125336
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Dars QJR elit uchun 4-ma\'ruza

4. GRUNTGA IShLOV BERISh TEXNOLOGIYaSI.




4.1.Umumiy qoidalar. Yer inshootlari turlari.


Qurilish-montaj ishlarini bajarish, birinchi navbatda, bino va inshootlarning yer ostki qismini barpo etish, katta hajmdagi yer ishlarini bajarish bilan bog‘liq. Yer ishlari og‘ir va ko‘p mehnat talab qiladigan qurilish ishlari turiga kirib, murakkab sharoitda bajariladigan va ma’lum darajada tabiiy-iqlim omillariga bog‘liq. Shuning uchun loyihachilar, texnologlar va quruvchilarning oldidagi asosiy vazifalardan biri, bu qurilish maydonidagi yer ishlar hajmini kamaytirish imkonini beradigan usul hamda texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishdir.


Unga quyidagilar kiradi: yer inshootlari konstruksiyalarini takomillashtirish, joy relfidan oqilona foydalanish, tik devorli kotlovan va transheyalarni barpo etish, gruntni ko‘chirish hajmlari va gruntning ortiqcha yuklanishini minimallashtirish, kommunikatsiyalarni transheyasiz usulda yotqizish, gruntning qurilish xususiyatlarini oshirish (mustahkamlash, armaturalash, geosintetik materiallarni qo‘llash va boshqalar). Bu maqsadni amalga oshirishga shuningdek yer ishlarini mexanizatsiyalash vositalarini takomillashtirish, yer inshootini loyihalash geometriyasini ta’minlash imkonini beradigan, mashinalar va ishchi jixozlari almashtiriladigan mashinalarni qo‘llash kiradi.
Barcha kursatilgan omillar zamonaviy qurilishning tamoyillaridan biri bo‘lmish moslashuvchanlikni amalga oshishiga to‘g‘ri keladi, ya’ni undagi, har bir qullaniladigan texnologiya qurilish maydonining aniq sharoitlariga moslashganligidir
Yer ishlari nol siklidagi majmuali ishlarga taalluqli bo‘lib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi: kotlovan va transheya qazish, drenaj qurish, bino osti zaminini kuchaytirish va tayyorlash, poydevor va devorlar, qavatlararo yopmalar, tonnellarni barpo etish, poydevor va kotlovan qiyaligi orasidagi bo‘shliqqa gruntni qayta to‘kib to‘ldirish va boshqalar. Nol siklidagi ishlar, binoning yer ostki qismi barcha kommunikatsiyalar bilan birga va yer osti inshoot elementlari barpo etilgandan so‘ng tugallangan deb hisoblanadi.
Yer ishlari eng og‘ir va mehnattalab qurilish ishlariga kiradi. Ular to‘rt guruhga ajratilgan turli usullar bilan bajariladi: mexanik, gidravlik, portlatish va qo‘lda bajariladigan. Bundan tashqari, ba’zi hollarda gruntning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish uchun u zichlanadi, burg‘ulash usuli bilan ishlanadi.

Yüklə 447,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə