4. gruntga ishlov berish texnologiyaSI


Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibi



Yüklə 447,12 Kb.
səhifə3/17
tarix05.10.2023
ölçüsü447,12 Kb.
#125336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Dars QJR elit uchun 4-ma\'ruza

4.2. Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibi.


Ob’ektda yer ishlarini bajarishda gruntto‘liq yoki qisman qaziladi, suriladi, joylashtiriladi, tekislanadi, zichlanadi ayrim hollarda portlatiladi, suv bilan yuviladi, ustidan o‘rib zichlanadi, burg‘ilanadi, termoishlov beriladi va hokazo.


Gruntni qayta ishlashdagi jarayonlar, uch guruhga bo‘linishi mumkin:



Gruntni qayta ishlashda berilgan parametrlardagi yer inshootini barpo qilishdagi asosiy jarayonlarga quyidagilar kiradi: qazilmalarda gruntni qazish, gruntni ko‘tarmaga joylashtirish, qurilish maydoni chegarasiga ortish va surish, qurilish maydoni tashqarisiga tashish, qatlamlab tekislash va gruntni zichlash, muzlagan va qiyin qaziladigan gruntlarni yumshatish, yer inshooti bushliqlarini qayta to‘ldirish.


Bu asosiy jarayonlarga tayyorgarlik va yordamchi jarayonlar hamroh bo‘ladi, bunda tayyorgarlik jarayonlari gruntni qazish ishlari boshlangunga qadar amalga oshiriladi, yordamchi jarayonlar esa yer inshootlarini barpo etish jarayoniga qadar bajarilishi mumkin yoki bu jarayon davomida amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi: yer osti suvi sathini pasaytirish, suvning sizilib o‘tishiga qarshi ekran va parda barpo etish, gruntni mahkamlash, mahalliy joyda yer inshootini rejalash, kotlovan va transheya devorlarini vaqtincha mustahkamlash, oxirigacha qazilmagan gruntni qirqish, kirish yo‘lini qurish va asrash, geotekstil materiallarni yotqizish, ish sifatini nazorat qilish va boshqalar.
Katta hajmdagi yer ishlarini bajarish uchun, turli qurilish texnikalari ekskavatorlar, buldozerlar, skreperlar, gidromexanizatsiya vositalari, portlatuvchi texnikalar qo‘llaniladi. Yer ishlarining mexanizatsiyalashganligi 98% ga yetgan, alohida holatlarda kotlovan tubini, qiyaliklarni, ba’zi chuqurlarni, transheyalarni mexanizmlardan foydalanmasdan tozalashga to‘g‘ri keladi. Hattoki, maxsus asbob-uskunalar va kichik mexanizm vositalari jalb etilganda qo‘l mehnatining ish unumdorligi mexanizatsiyalashgan jaryonlarga nisbatan 20...30 marta kam bo‘ladi.



Yüklə 447,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə