4. gruntga ishlov berish texnologiyaSI



Yüklə 447,12 Kb.
səhifə9/17
tarix05.10.2023
ölçüsü447,12 Kb.
#125336
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Dars QJR elit uchun 4-ma\'ruza

5 – nasos stansiyasi.



Rasm. 4.4. Ninafiltrli moslamani ishlash sxemasi:
a – umumiy ko‘rinishi; b – ninafiltrli zvenoni gruntga cho‘kish davri; v – suv satxini pasayish davri; g – ejektorli ninafiltr;
1 – egiluvchan shlang; 2 – filtrni ustidagi quvur; 3 – ninafiltrli zveno; 4 – ichki quvur; 5 – tashqi teshikli quvur; 6 – spiralli filtrlovchi o‘ram; 7 – xalqasimon klapan (yopgich); 8 – egar;
9 – sharsimon klapan (yopgich); 10 – cheklovchi; 11 – tishli uch;
12 – quvurni toraygan uchastkasi;13 – siyraklanish zonasi;
14 – elejtorni tashqi quvuri; 15 – ejektor uchligi.


Qatordagi ninafiltrlar orasidagi masofa grunt xususiyati va grunt suvlari sathi chuqurligiga bog‘liq holda tayinlanadi.
Ninafiltrli qurilma bulajak kotlovanni perimetri bo‘ylab gruuntga botirilgan ninafiltrlar qatoridan iborat. Yer sathida ninafiltrlar suv yig‘uvchi kollektor yordamida nasos qurilmaga ulanadi. Nasoslar suvni tortib olish rejimida ishlaganda ninafiltr va atrofdagi grunt qatlamlarida suv sathi tushib depression egri chizig‘ini paydo qiladi.
Suv sathini pasaytirishning vakuum usuli suv satxini ejektorli suvni pasaytiruvchi qurilmani qo‘llashga asoslangan. Bu qurilmalar mayda donali gruntlarda(filtratsiya koeffitsienti 0,02...1 m/sut bo‘lgan mayda donali va changli qumlarda, loyli qumlarda, balchiqsimon va sog‘ (lyossli) tuproqlarda) grunt suvlari satxini pasaytirish uchun qo‘llanilib, bularda yengil ninafiltrli qurilmalarni qo‘llash maqsadga muvofiq emas. Suv satxini pasaytiruvchi vaakumli qurilma ishlayotganda ejektorli ninafiltr zonasida vaakum hosil bo‘ladi (4.4 rasm).
Ejektor qurilmasi, grunt suvi satxini bir yarus bilan 15...20m chuqurlikka pasaytirishi uchun qo‘llaniladi; ejektorning ishlashi uchun eng muvofiq (optimal) sharoit 8...18m. Ejektor filtrli zvenosining yechimi yengil ninafiltr prinsipi bo‘yicha hal qilingan, filtr usti zvenosi ichki va tashqi ejektorga kiygizilgan quvurdan iborat. Filtr usti quvurlarini gruntga cho‘ktirish, xuddi ninafiltrlarga o‘xshab gidravlik usul bilan gruntni yuvib amalga oshiriladi, bunda quvur o‘zining og‘irligi bilan gruntga cho‘kadi. Kolonka kerakli satxga cho‘kkandan so‘ng, uning ichiga ejektorli ichki quvur tushiriladi.
Ish davrida ejektor nasadkasiga (uchligiga) 0,75...0,8 MPa bosimida ichki va tashqi quvurlar orasidagi xalqasimon bo‘shliqqa ishchi suvi yuboriladi. Ejektor nasadkasidan oqib chiqqan suv oqimi xalqasimon bo‘shliqda suyultirish hosil qiladi va asosiy ishchi quvurdan suvni so‘radi. Ishchi suv harakat tezligining o‘zgarishi natijasida uchlikda suyulish paydo bo‘ladi, shu bilan yer osti suvini so‘rish ta’minlanadi. Grunt suvi, ishchi suv bilan aralashib, quvur orqali so‘rib oluvchi nasos harakati tufayli yuqoriga sirkulyatsion rezervuarga tushadi. So‘rib olingan grunt suvi quvurlar orqali kotlovan yoki qurilish maydoni tashqarisiga burib yuboriladi.

Yüklə 447,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə