4-ma’ruza. Naryad va farmoyish berish. Qisqa muddatli va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar



Yüklə 6,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix03.06.2023
ölçüsü6,99 Mb.
#115331
1   2   3   4   5   6
Mirkomil 1

Ishboshi
almashtirilganda,
u
naryadni
o‘z
o‘rniga
vaqtinchalik qoldirilgan xodimga berib ketishi kerak.

1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunada farmoyish
bilan ish bajarilayotgan bo‘lsa ishboshining qisqa muddatga
ketishiga ruxsat etiladi. Bunday paytda brigadaning elektr
xavfsizligi bo‘yicha gruppasi III bo‘lgan bir yoki bir nechta
a’zolari ish joyida qolib ishni davom ettirishlari mumkin.

Ishboshining ruxsati bilan brigada a’zolaridan biri yoki bir
nechtasi ish joylaridan vaqtinchalik ketishlari mumkin. Bunda
ularni brigada tarkibidan chiqarish talab qilinmaydi. 1000 V
kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskunada ish joyida
qolgan brigada a’zolarining soni ishboshi bilan hisoblanganda
ikki kishidan kam bo‘lmasligi kerak.



Elektr xavfsizligi bo‘yicha gruppasi III bo‘lgan brigada a’zolari taqsimlovchi
uskuna joylashgan xonadan mustaqil chiqib, yana ish joyiga qaytib kelishi
mumkin. I va II gruppaga ega bo‘lgan brigada a’zolari esa faqat III gruppaga ega
bo‘lgan brigada a’zosi yoki elektr uskunani yakka o‘zi kirib chiqish huquqiga ega
bo‘lgan shaxs hamrohligida chiqib yana ish joyiga qaytib kelishlari mumkin.
Taqsimlovchi uskunalar joylashgan xonadan chiqib ketishda eshikni ochiq,
qulflamagan holda tashlab ketish man qilinadi.

Ishga qaytgan brigada a’zolari faqat ishboshining ruxsati bilan ishga tushishlari
mumkin. Agar elektr uskuna joylashgan xonani qulflashni iloji bo‘lmasa, ishboshi
qaytguniga qadar brigada a’zolari ish joyini tashlab ketishga haqqi yo‘q.

Amaldagi Qoidani buzish hollari aniqlanganda yoki ishlayotgan ishchilar hayotiga
xavf tug‘diruvchi holat sezilganda darhol brigada ish joyidan chiqarilishi va
ishboshidan naryad tortib olinishi kerak. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf
qilingandan so‘nggina birinchi bor ishga ijozat berish qoidasi talablarini bajargan
holda yangidan ishga qo‘yish mumkin.



Yüklə 6,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə