4-mashg‘ulot. Mavzu: Apikomplekslar (Apicomplexa) yoki Spora hosil qiluvchilar (Sporozoa) kenja tipi, Gregarinalar (Gregarinina) sinfi vakili suvarak gregarinasining tuzilishi va rivojlanishi. Gregarinaning sistematik holati Tip



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə1/5
tarix11.01.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#98437
  1   2   3   4   5

4-mashg‘ulot.
Mavzu: Apikomplekslar (Apicomplexa) yoki Spora hosil qiluvchilar (Sporozoa) kenja tipi, Gregarinalar (Gregarinina) sinfi vakili suvarak gregarinasining tuzilishi va rivojlanishi.
Gregarinaning sistematik holati
Tip. Аpikоmplеkslаr-Apicomplexa
Sinf. Sporalilar-Sporozoa
Turkum. Haqiqiy gregarinalar-Eugregarinida
Vakil. Gregarina-Gregarina blattarum
Kerakli materiallar va jihozlar: Tirik qora suvaraklar, efir yoki xloroform, mikroskoplar, gregarina tuzilishini aks ettiruvchi jadvallar, o‘tkir uchli qaychilar, qisqichlar, soat oynalari, buyum va qoplag‘ich oynalar, to‘g‘nag‘ichlar, fiziologik eritma, tomizgichlar, suvarak ichki organlarini ochish uchun vannachalar, preparoval ninalar.
Mаvzuning mаqsаdi: Gregarinalarning tuzilishi va rivоjlаnish siklini o‘rgаnish.
Idеntiv o‘quv mаqsаdlаri:
1. Gregarinalarning tuzilishini bayon qila oladi.
2. Gregarinalarning ko‘pаyishi va rivоjlаnish jarayonini izоhlаy оlаdi.
Mаvzuning qisqаchа mаzmuni. Gregarinalar apikоmplеkslаr orasida nisbatan yirikroq bo‘lib, uzunligi 0,1 mm dan 16 mm gacha bo‘ladi. Ular faqat umurtqasiz hayvonlardan-suvaraklar, mitalar, ninachilar va plastinka mo‘ylovli qo‘ngizlar lichinkalarining ichagida, ba'zan tana bo‘shlig‘ida parazitlik qiladi. Parazit bo‘lib hayot kechirganligi uchun ularda og‘iz, ovqatni hazm qiluvchi va qisqaruvchi vakuolalari bo‘lmaydi.
Gregarinalar tayyor ovqatni butun tana yuzasi bilan shimib (osmotik yo‘l bilan) oziqlanadi. Gregarina tanasining shakli uzun chuvalchangsimon bo‘lib, 3 qismdan iborat: oldingi qismi epimerit, o‘rta qismi protomerit va keyingi qismi deytomerit deyiladi, unda bitta yadro joylashgan (7-rasm).
Epimerit qismi xo‘jayinning ichak hujayralariga yopishishi uchun xizmat qiladi, shuning uchun u turli gregarinalarda har xil shaklda tuzilgan. Gregarinaning tanasi qalin parda-kutikula bilan qoplangan, shuning uchun ham uning shakli doimo bir xildir. Tanasining ektoplazma qismi tiniq ko‘rinishda, unda bo‘yiga cho‘zilgan va ko‘ndalang joylashgan muskul tolalari-mionemalar bo‘ladi. Bular gregarina gavdasining qisqarishi va cho‘zilishini ta'minlaydi.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə