4-Mavzu. Bernulli sxemasi. O’zaro bog’liq bo’lmagan takroriy tajribalar bernulli sxemasi. Bernulli, puasson formulalari



Yüklə 145,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix10.06.2022
ölçüsü145,92 Kb.
#89277
1   2   3   4   5
4 Ma ruza.doc

MUSTAHKAMLASH UCHUN MASALALAR
1. 
Qurilish kompaniyasida o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi paytida auditor tasodifiy
ravishda 5 ta hisob varaqasini tanlaydi. Agar hisob varaqalarining 3%i da xatolarga yo’l
qo’yilgan bo’lsa, auditorning
a) faqat bitta hisob varaqasida xato topishi;
b) hech bo’lmaganda bitta hisob varaqasida xato topishi ehtimolini toping.
Javob: a) 0,1328; b) 0,1413.
2. 
Fakultetdagi talabalarning o’rtacha 10%i «Ehtimollar nazariyasi va matematik
statistika» fani bo’yicha imtihonda qoniqarsiz baho olar ekan. Aytaylik, guruhda 20 ta
talaba bor. 
a) ikkita talabaning imtihon topshira olmaslik ehtimoli qancha? 
b) to’rtta talabaning imtizhon topshira olmaslik ehtimoli qancha?
This study source was downloaded by 100000848037182 from CourseHero.com on 05-30-2022 06:02:51 GMT -05:00
https://www.coursehero.com/file/99616635/4-Maruzadoc/


v) kamida uchta talabaning imtihon topshira olmaslik ehtimolligi qancha?
g) imtihon topshira olmaydigan talabalarning kutilayotgan o’rtacha soni qancha?
Javob: a) 0,270; b) 0,0898; v) 0,3231; g)2. 
3. 
Avtomat dastgoh to’g’ri sozlangan bo’lsa, ishlab chiqarilayotgan detallarning
faqat 1%i nosoz bo’ladi. Avtomat to’g’ri sozlangan bo’lsin.
a) ishlab chiqarilgan mahsulotning katta partiyasidan tasodifiy ravishda ikkitasi tanlab
olindi. Ulardan bittasining nosoz bo’lish ehtimoli qancha? 
b) ishlab chiqarilgan mahsulotning katta partiyasidan tasodifiy ravishda beshtasi tanlab
olindi. Ularning hammasi sifatli bo’lish ehtimoli qancha? 
v) bir kunlik ishlab chiqarilgan detallar soni 200 ta bo’ldi. Nosoz detallarning
kutilayotgan o’rtacha soni qancha? 
Javob: a) 0,0198; b) 0,9510; v) 2.
4. 
Savdo agenti bir kunda o’rta hisobda 8 ta doimiy xaridorlar bilan muloqotda
bo’ladi. U tajribasidan doimiy xaridorning xarid qilish ehtimoli 0,1 ga teng ekanini
biladi. 
a) bir kun davomida 2 kishining xarid qilish ehtimoli nechaga teng? 
b) bir kun davomida hech bo’lmaganda 2 kishining xarid qilish ehtimoli nechaga teng?
v) kun davomida hech kimning xarid qilmaslik ehtimoli nechaga teng?
g) bir kun davomida kutiladigan xaridlarning o’rtacha soni nechaga teng? 
Javob: a) 0,1488; b) 0,1869; v) 0,43; g)4.
5. 
Firmada 500 kishi ishlaydi. 1 yanvarning bir vaqtda 
k
ta xizmatchining tug’ilgan
kuni bo’lish ehtimoli nechaga teng? Bu ehtimollikni 
k

 0, 1, 2, 3
qiymatlarda hisoblang.
Javob: 0,2541; 0,3481; 0,2385; 0,108. 
6. 
Tanga 6 marta tashlanadi. 
a) Tanga «gerb» tomoni bilan ikki martadan kam tushishi;
b) «gerb» tomoni kamida ikki marta tushishi ehtimolini toping. 
Javob: a) 7

64; b) 57

64.
7. 
Ko’chada birinchi duch kelgan avtomashinaning nomerida
a) 5 raqami uchramaslik ehtimolini
b) ikkita va undan ortiq 5 raqami uchramaslik ehtimolini;
This study source was downloaded by 100000848037182 from CourseHero.com on 05-30-2022 06:02:51 GMT -05:00
https://www.coursehero.com/file/99616635/4-Maruzadoc/


v) aynan ikkita 5 raqami uchramaslik ehtimolini toping. 
Javob: a) 0,656; b) 0,948; v) 0,951; 
8. 
TSexda 6 ta motor ishlaydi. Ularning har biri uchun ayni paytda ishlayotganligi
ehtimoli 0,8 ga tengbo’lsa, ayni paytda
a) 4 ta motor ishlayotganligi; 
b) hamma motor o’chirilganligi; 
v) hamma motor ishlayotganligi ehtimollarini toping.
Javob: a) P(6;4)

0.246; b) P(6;0)

0.000064; v) P(6;6)

0.26; 
9. 
Agar har bir sinovda A hodisaning ro’y berish ehtimoli 0,3 ga teng bo’lsa, uning 5
ta o’zaro bog’liq bo’lmagan sinovning kamida 2 tasida ro’y berish ehtimolini toping.

Yüklə 145,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə