4-mavzu. Bozor muvozanati, maksimal va minimal narxlar Bozor muvozanati va muvozanat narx. Bozor muvozanatiga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 93,26 Kb.
tarix12.10.2023
ölçüsü93,26 Kb.
#127306
4-Mavzu


4-mavzu. Bozor muvozanati, maksimal va minimal narxlar
1. Bozor muvozanati va muvozanat narx.
2. Bozor muvozanatiga ta’sir qiluvchi omillar.
3. Maksimal va minimal narxlar.
4. Iste’molchi yutug’i va ishlab chiqaruvchi yutug’i.
Muvozanat - bu tizimning shunday bir holatiki, agar unga biror bir tashqi kuch ta’sir qilmasa, u o’zining ushbu holatini saqlab qoladi.
Talab va taklif modelida talab chizig’i bilan taklif chizig’ining kesishgan nuqtasi bozor muvozanatini bildiradi. Demak, bozor muvozanati talab hajmi bilan taklif hajmining tengligini ta’minlaydigan narx darajasi va tovar miqdori bilan aniqlanadi. Talab va taklif qonuniga ko’ra shuni ta’kidlash mumkinki, agar bozor muvozanat holatida bo’lsa, u holda, uning qatnashchilari tovar narxini yoki tovar miqdorini o’zgartirishga hech narsa sabab bo’lmaydi.

Muvozanat narx (3.11-rasm) deb, shunday narxga aytiladiki, agar u bozorda taklif qilinadigan ne’mat miqdori  ni unga bo’lgan talab miqdori unga bo’lgan talab miqdori  ga tenglashtirsa, ya’ni  .



3.11-rasm. Muvozanat narx Pe va muvozanat ishlab chiqarish Qe.


3.11-rasmdan ko’rinib turibdiki, bozor muvozanati yagona. Talab va taklif chizig’iqlari yagona muvozanat nuqtada kesishadi. va  nuqtalar, muvozanat nuqta ning koordinatlari hisoblanadi.

Bozordagi talab va taklifning o’zgarishi, bozor muvozanatini o’zgarishiga olib keladi. Masalan, bozordagi talab oshsa, (talab chizig’i o’ngga siljiganda) muvozanat narx va muvozanat tovar hajmi   o’sadi. Agar bozor talabi kamaysa (talab chizig’i chapga siljisa), va  lar ham kamayadi. Bozor taklifi oshsa (taklif chizig’i o’ngga siljisa), muvozanat narx kamayadi, muvozanat tovar hajmi  o’sadi. Agar bozor taklifi kamaysa (taklif chizig’i chapga siljisa), muvozanat narx o’sadi, muvozanat tovar hajmi  kamayadi (3.12, 3.13-rasmlar).



3.12-rasm. Talab chizig’ining 3.13-rasm.Taklif chizig’ining

siljishi. siljishi.
Agar taklif va talab chiziqlari bir vaqtning o’zida siljishsa, muvozanat narx va muvozanat miqdor   larning o’zgarishi har xil bo’lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan bozor modeli statik bo’lib, u ma’lum vaqt oralig’ini oladi (masalan, u bir oyga, bir yilga teng bo’lishi mumkin). Bunday bozor modelida o’zgaruvchilar vaqtga bog’liq emas.
Modelda talab, taklif va narxlarning bog’liqliklarini vaqt o’zgarishi bilan bog’lasak, model dinamik modelga aylanadi. Faraz qilaylik, ma’lum vaqt oralig’ida (masalan, bu oraliq bir oy bo’lsin) bir birlik tovarning bozor narxi  bo’lsin (ya’ni, tovar narxi bir oy ichida o’zgarmaydi). Tovarning bozor narxi  muvozanat narxga teng bo’lishi ham, teng bo’lmasligi ham mumkin.
Agar biz vaqt oralig’ini qarasak, u holda  qiymatlarni qabul qiladi.  - narx traektoriyasini yoki dinamik model traektoriyasini beradi.
Bitta mahsulot uchun bozorning dinamik modelini qaraymiz.

Modelda talab chizig’ini va taklif chizig’i vaqt o’zgarishi bilan o’zgarmaydi deb faraz qilaylik. Talab funktsiyasi  va taklif funktsiyasi   narx  ga bog’liq. Bu erda  - oraliqdagi narx,  - oldingi P  - oraliqdagi narx. Talab funktsiyasi:




bu erda  - o’zgarmas parametrlar.
Taklif funktsiyasi:


bu erda  - o’zgarmas parametrlar.
Muvozanat narx quyidagi qaytariladigan bosqichlar bo’yicha aniqlanadi:
1. Talab va taklif chiziqlari grafigi chiziladi (gorizontal o’q bo’yicha narx qo’yiladi, vertikal o’q bo’yicha taklif va talab qilingan mahsulot miqdori );
2. Boshlang’ich vaqt oralig’i bo’yicha taklif miqdori  , boshlang’ich narx  ga ko’ra aniqlanadi, (boshlang’ich narx  ) oldindan sotuvchi tomonidan beriladi;
3. oraliq uchun narx  muvozanatlik shartidan aniqlanadi.




Narx  ma’lum bo’lgani uchun, yuqoridagi tenglikdan  aniqlanadi; uchun  aniqlanganidan keyin yuqoridagi ikkinchi va uchinchi bosqichlar takrorlanib,  aniqlanadi va hokazo. Hisob-kitoblarning to’xtash sharti  bo’lib, bu shart barjarilsa, muvozanat narx  ko’rinishida aniqlanadi.


Taqribiy baholash: Agar  bo’lsa,  deb qarash mumkin.
Misol. Quyidagi talab funktsiyasi berilgan bo’lsin:


Taklif funktsiyasi:



uchun boshlang’ich narx  bo’lsin va bu narxda taklif miqdorini aniqlaymiz:



Muvozanatlik shartiga ko’ra  ni aniqlaymiz.


dan  , 
Endi  hol uchun taklif miqdorini aniqlaymiz:



Muvozanatlik shartidan  ni aniqlaymiz:


yoki 
uchun taklif miqdori aniqlanadi;



Muvozanatlik shartidan  ni aniqlaymiz.


,  .
Keyingi hisob-kitoblarda


va  ,  .
Agar aniqlik darajasini deb olsak,  bo’lgani uchun muvozanat narx sifatida biz aniqlik bilan   ni qabul qilishimiz mumkin.

Muvozanat narxni to’g’ridan-to’g’ri muvozanatlik sharti bo’yicha aniqlash ham mumkin:



deb

yoki  ,  .
Muvozanat narx  ga teng, muvozanat tovar miqdori


.
Umuman olganda bozorning dinamik modelida bozor narxi  ning o’zgarishi uch xil variantga olib kelishi mumkin:
1. Vaqt o’tishi bilan bozor narxi  ning muvozanat narxdan chetlanishi kamayib boradi;
2. Bozor narxi muvozanat narxdan uzoqlashib boradi;

3. Bozor narxi muvozanat narx atrofida tebranib turadi va bozor muvozanatiga hech vaqt erishilmaydi.




3.14-rasm.  bo’lgan hol.
Agar taklif chizig’i S talab chizig’iga nisabat tikroq bo’lsa, birinchi hol yuz beradi. Agar taklif chizig’ining yotiqligi talab chizig’ining yotiqligiga nisbatan tikroq bo’lsa,  birinchi hol amalga oshadi Uchinchi holatda talab va taklif chiziqlari yotiqligi bir xil bo’ladi (3.14-rasm):
Agar taklif chizig’i talab chizig’i ga nisbatan yotiqroq bo’lsa, ikkinchi variant yuz beradi (2.15-rasm) va uchinchi variantda taklif va talab chiziqlari yotiqligi bir xil bo’ladi:



3.15-rasm.  bo’lgan hol.
To’g’ri chiziqli talab va taklif funktsiyalari:




uchun  da  bo’ladi, ya’ni muvozanat narxga bozor narxi yaqinlashadi agar quyidagi shart bajarilsa, ya’ni  bo’lsa.
Bozorning dinamik modelida narxlar traektoriyasi  o’rgimchak uyasi to’riga o’xshagani uchun ham bu model to’rsimon model deb nom olgan.
To’rsimon model sifatida birja bozorini (masalan, qimmatli qog’ozlar bozori, yoki valyuta bozorini) qarash mumkin.
Yüklə 93,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə