4. Mavzu: Elektron raqamli imzo Rad etish. Soxtalashtirish. Niqob-lash



Yüklə 35,39 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü35,39 Kb.
#134129
  1   2   3
4.Mavzu

4.Mavzu: Elektron raqamli imzo Rad etish. Soxtalashtirish. Niqob-lash.




Reja:

  1. Elektron raqamli imzo

  2. Rad etish. Soxtalashtirish.

  3. Niqoblash.



Elektron raqamli imzo


Qabul qilib olingan ma’lumotlarning haqiqiy yoki haqiqiy emasligini aniqlash masalasini, ya’ni ma’lumotlar autentifikatsiyasi masalasining mohiyati haqida to‘xtalamiz.


Har qanday yozma xat yoki hujjatning oxirida shu hujjatni tuzuvchisi yoki tuzish uchun javobgar bo‘lgan shaxsning imzosi bo‘lishi tabiiy holdir. Bunday holat odatda quyidagi ikkita maqsaddan kelib chiqadi. Birinchidan, ma’lumotni olgan tomon o‘zida mavjud imzo namunasiga olingan ma’lumotdagi imzoni solishtirgan holda shu ma’lumotning haqiqiyligiga ishonch hosil qiladi. Ikkinchidan, shaxsiy imzo ma’lumot hujjatiga yuridik jihatdan mualliflikni kafolatlaydi. Bunday kafolat esa savdo–sotiq, ishonchnoma, majburiyat va shu kabi bitimlarda alohida muhimdir
Hujjatlardagi qo‘yilgan shaxsiy imzolarni soxtalashtirish nisbatan murakkab bo‘lib, shaxsiy imzolarning mualliflarini hozirgi zamonaviy ilg‘or kriminalistika uslublaridan foydalanish orqali aniqlash mumkin. Ammo elektron raqamli imzo xususiyatlari bundan farqli bo‘lib, ikkilik sanoq sistemasi xususiyatlari bilan belgilanadigan xotira registrlari bitlariga bog‘liq. Xotira bitlarining ma’lum bir ketma-ketligidan iborat bo‘lgan elektron imzoni ko‘chirib biror joyga qo‘yish yoki o‘zgartirish kompyuterlar asosidagi aloqa tizimlarida murakkablik tug‘dirmaydi.
Bugungi yuqori darajada rivojlangan butun dunyo sivilizatsiyasida hujjatlar, jumladan maxfiy hujjatlarning ham, elektron ko‘rinishda ishlatilishi va aloqa tizimlarida uzatilishi keng qo‘llanilib borilayotganligi elektron hujjatlar va elektron imzolarning haqiqiyligini aniqlash masalalarining muhimligini keltirib chiqarmoqda.
Ochiq kalitli kriptografik tizimlar qanchalik qulay va kriptobardoshli bo‘lmasin, autentifikatsiya masalasining to‘la yechilishiga javob bera olmaydi. Shuning uchun autentifikatsiya uslubi va vositalari kriptografik algoritmlar bilan birgalikda kompleks holda qo‘llanilishi talab etiladi.
Quyida ikkita (A) va (B) foydalanuvchilarning aloqa munosabatlarida autentifikatsiya tizimi raqib tomonning o‘z maqsadi yo‘lidagi qanday hatti-harakatlaridan va kriptotizim foydalanuvchilarining foydalanish protokolini o‘zaro buzilishlardan saqlashi kerakligini ko‘rsatuvchi holatlar ko‘rib chiqiladi.

Yüklə 35,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə