4-mavzu: ishlab chiqariladigan dori turlari taxlilining o‘ziga xosligi



Yüklə 26,38 Kb.
səhifə1/3
tarix10.04.2023
ölçüsü26,38 Kb.
#104932
  1   2   3
маъруза-4


4-MAVZU: ISHLAB CHIQARILADIGAN DORI TURLARI TAXLILINING O‘ZIGA XOSLIGI
In’eksiya uchun ishlatiladigan quruq dori shakllari quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahlil qilinadi:


  • tashqi ko‘rinishi (tasvirlanishi),

  • chinligi;

  • o‘rtacha og‘irligi va og‘irligi bo‘yicha bir xilligi;

  • tiniqligi;

  • ranglilik;

  • kislotalik yoki ishqoriyligi, pH i mexanik aralashmalar yot moddalar;

  • pirogenligi yoki bakterial endotoksinlar (LAL test);

  • toksikligi (zaxarliligi);

  • xloridlar, sulfatlar va b.

  • quritishdagi massaning yo‘qolishi yoki suv (K.Fisher usulida aniqlanadi);

  • idishdagi dori modda og‘irligi (ampula, flakon va boshqalar);

  • sulfatli kuli va og‘ir metallar

  • sterilligi;

  • dozalar bir xilligi;

  • miqdoriy tahlil.

Parenteral dori preparatlarning rangi DF XI nashrida keltirilgan «Suyuqliklarning rangini aniqlash” maqolasi bo‘yicha ranglilik etalonlari bilan yoki xususiy maqolada keltirilgan ko‘rsatmalar bo‘yicha aniqlanadi.


In’eksion eritmalarning idishlardagi xajmi nominal xajmdan ko‘p bo‘lishi kerak. (1-jadval)
1-jadval
Idishlardagi in’eksion eritmalarning hajmi

Nominal
xajm, ml

To‘ldirish xajm, ml

To‘ldirishni nazorat qilish uchun olingan idishlar soni, ta

Quyushqoq bo‘lmagan eritmalar

Quyushqoq (vyazkie) eritmalar

1,0
2,0
5,0
10,0
20,0
50,0
50,0 dan ko‘p

1,10
2,15
5,30
10,50
20,60
51,0
nominaldan 2% ga ko‘p

1,15
2,25
5,50
10,70
20,90
51,50
nominaldan 3% ga ko‘p

20
20
20
10
10
5




Xajmi 50 ml gacha bo‘lgan idishlarda to‘ldirilish kalibrlangan shprits yordamida, 50 ml va undan ko‘p bo‘lganda – kalibrlangan silindrlarda 20±20S haroratda aniqlanadi.
Eritmalar xajmi nominal xajmdan kam bo‘lmasligi kerak. Parenteral dori vositalari umumiy yoki xususiy maqolalarda keltirilgan usullarda sterilizatsiya qilinadi (sterilizatsiya DF XI , 2 jild 187 b zaxarlilik 182 b va pirogenli (183 b)).
SHuningdek, bunday dori vositalari mexanik aralashmalarga tekshiruvdan o‘tishi kerak.
Quruq parenteral dori vositalarining o‘rtacha og‘irligi tekshiriladi. Bunda 20 ta ochilgan idishlar 0,001g aniqlikda alohida-alohida og‘irliklari o‘lchanadi, idish ichidagi dori moddasi suv yoki maqolada keltirilgan erituvchi yordamida yuviladi, 100-105 0S haroratda 1 soat davomida quritiladi. Idishlar va boshqa vositalarining qopqog‘i bilan birgalikda yana og‘irligi o‘lchanadi. So‘ngra 20 ta idishning o‘rtacha og‘irligi va har bir idishdagi dori moddaning og‘irligi hisoblanadi.
Har bir idishdagi og‘irlik o‘rtacha og‘irlikdan jadvalda keltirilgan chetlanishlarga mos kelishi va bu chetlanishlar ±15% dan oshmasligi kerak.
2- jadval
Bitta idishdagi modda og‘irligining chetlanishi


Idishdagi modda mikdori, g

Yo‘l qo‘yilgan chetlanish,%

0,1 va undan kam
0,1 dan ko‘p va 0,3 dan kam
0,3 va undan ko‘p

±10,0
±7,5
±5,0

Agar 2 ta idishdagi modda og‘irligidagi chetlanish jadvaldagiga mos kelmasayu, lekin ±15% dan oshmasa, unda tekshiruvlar yana 40 ta idishlarda olib boriladi. Bunda topilgan chetlanishlar jadvaldagidan bittasi ham katta bo‘lmasligi kerak.


20 ta idishdagi moddaning o‘rtacha og‘irlikdagi chetlanishi xususiy maqolada keltirilgan nominal miqdorga nisbatan ±5% gacha bo‘lishi kerak. 0,05 g va undan kam og‘irlikda dori moddasini saqlaydigan in’eksiya uchun quruq steril dori vositalari va suspenziyalar dozalar bir xilligiga tekshiriladi.
Tekshirishlar 10 ta idishlarda alohida-alohida xususiy maqolada keltirilgan miqdoriy tahlil usullari yordamida olib boriladi. Idishlardagi dori modda miqdori nominaldan ±15% gacha chetlanishi mumkin. Agar har bir idishdan chetlanish ±15% oshib ketsayu, lekin ±25% gacha bo‘lsa, unda tekshiruvlar qo‘shimcha yana 20 ta idishlarda olib boriladi. Bunda har bir idishdagi modda miqdordagi chetlanish ±15% dan oshmasligi kerak.
Suspenziyalar uchun qatlamlar ajralishi vaqti tekshiriladi. Bunda agar xususiy maqolalarda boshqa yo‘riqlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, suspenziyalar chayqatib bo‘lgandan so‘ng qatlamlarning ajralish vaqti 5 minutdan kam bo‘lmasligi kerak. Suspenziyalar 0840 sonli igna shpritsga osongina o‘tish kerak.9

Natriy tiosulfatning 30% li in’eksiya uchun


eritmasi
Solutio Natrii thiosulfatis 30% pro injectionibus
Tarkibi:
Natriy tiosulfat - 300 g
(FS 42 – 2871 - 98)
Natriy gidrokarbonat - 20 g
(GF X, st. 430; GOST 4201-79; x2)
In’eksiya uchun suv - 1 l gacha
(FS 42 – 2620 - 97)
Tavsiflanishi. Tiniq rangsiz suyuqlik.
CHinligi.
Na2S2O3 +2HCl  2NaCl + SO2 + H2O+S

Na2S2O3 + 2AgNO3 Ag2S2O3 + 2NaNo3

2Na2S2O3 + J2  2NaJ+Na2S4O6

Preparat natriyga xos B reaksiyasini beradi (DF XI, 1 jild 159 b)


Tiniqligi.
Rangliligi.
pH. 7,8 dan 8,4 gacha bo‘lishi kerak
Ishqoriyligi.
Nominal xajmi
Mexanik aralashmalar.
YOt moddalar.
Sterilligi.
Pirogenligi.
Miqdoriy tahlil. 10 ml preparat xajmi 250ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga solinadi, xajmi yangi qaynatib sovutilgan suv bilan belgisigacha etkaziladi.
Hosil bo‘lgan eritmadan 25ml olib yodning 0,1M eritmasi bilan titrlanadi (indikator kraxmal).
2Na2S2O3 + J2 2NaJ + Na2S4O6
9--British Pharmacopoeia 2009, Volume I & II.

1ml 0,1 M yod eritmasi 0,02482g Na2S2O3 * 5H2O ga to‘g‘ri keladi. 1 ml da 0,291 - 0,309 g Na2S2O3 bo‘lishi kerak.


Saqlanish: 5 yil xona haroratida yorug‘lik tushmaydigan joyda.
Dezinfeksiya uchun vosita.

Magniy sulfatning 20% yoki 25% li in’eksiya uchun eritmasi.


Solutio Magnesii Sulfatis 20% aut 25% pro injectionibus

Tarkibi:
Magniy sulfat. – 200 g yoki 250g


(DFX, 383 yoki GOST 4523-77, “x.ch” «ch.g.a»)
In’eksiya uchun suv - 1 l gacha
(FS 42 – 2620 -89)

Tasvirlanishi. Tiniq ransiz suqlik.

CHinligi.
MgSO4 + Na2HPO4+NH4OHMgNH4PO4+Na2SO4+H2O
MgSO4+BaCL2BaSO4+MgCl2
Tiniqligi
Rangliligi.
pH 6,2 dan 8
Nominal xajmi.
Mexanik yot moddalar
Pirogenligi.
Saqlanishi. Xona haroratida
YAroqlilik muddati 3 yilgacha.
Ishlatilishi. Tinchlantiruvchi, spazmolitik, yumshatuvchi vosita.


Yüklə 26,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə