4-Mavzu: Islom va Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari (2 soat) Reja



Yüklə 88,66 Kb.
səhifə1/2
tarix26.02.2023
ölçüsü88,66 Kb.
#101532
  1   2
4 Мавзу


4-Mavzu: Islom va Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari (2 soat)


Reja:
1. Islomning vujudga kelishi va Arab xalifaligining tashkil topishi.
2. Islom jamiyati va ijtimoiy diniy harakatlar.
3. Arab musulmon madaniyati taraqqiyoti.
4. Markaziy Osiyoda ilk uyg‘onish davri, uning vujudga kelish sharoitlari va omillari.
5.O‘lkamizda ilm-fan, madaniyat, adabiyot, san’atning yuksalishi va jahon miqyosiga chiqishi (9-12 asrlar)
6.Movarounnahr va Xurosonda moddiy va ma’naviy taraqqiyotning tiklanishi va yangi bosqichga ko‘tarilishi (14-15 asrlar)
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Islom, “to‘g‘ri yo‘ldan borgan” xalifalar, tashqi ekspansiya, Ummaviylar sulolasi, Abbosiylar sulolasi, teologiya, falsafa, adabiyot, shariat, mazhablar, muridar ta’limoti, shia mazhabi, Maxdiy ta’limoti, karmatlar va ismoiliylar, mutazilitlar, ashoriylar, sufiylar ta’limotlari, Fotimiylar, Buidlar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Almoraviylar, Almoxodlar, bobo va bexa ta’limotlari, modernizm.
Markaziy Osiyoning dastlabki dehqonchiligi Miloddan avvalgi II-ming yillikda Markaziy Osiyo. Miloddan avvalgi II-I ming yilliklar oralig‘i. Davlat vujudga kelishining shakllanishi. Baqtriya. Miloddan avvalgi I-ming yillikda. Markaziy Osiyo. YUnon - Baqtriya. Kushon davri. (I-IV asrlar). Eftalitlar, Turklar. Buyuk ipak yo‘li. Qadimgi Markaziy Osiyoning madaniyati va san’ati.. Musulmon davri. IX-XII asrlarda madaniyat, fan, san’at. Markaziy Osiyoning uyg‘onish davri. XIV-XVI asrlarda madaniyat, fan va san’at. Temur va Temuriylar davri. XVI-XVIII asrlarda Markaziy Osiyo. Madaniyat va san’at.
4.1. Arablarning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti VII asr boshlarida arab qabilalarining birlashishi va umumlashuviga olib keldi. Islom dini, bu birlashuvni mafkuraviy tasdiqlovchi, oqlovchi bo‘ldi: hamma uchun bab baravar prinsiplar, millatlarning etnik kelib chiqishiga qaramay, din oldida hammaning huquq tengligi arablar oldida katta imkoniyatlar tug‘dirdi.
Islom dinining asoschisi, «Allohning elchisi» (rasululloh), Muhammad (s.a.v) (570-632 yy) 610 yildan Makkada yangi diniy ta’limotni boshlaydi. 610—620 yillar davomida Makkaning an’anaviy butparast jamoalari bilan yangi din tarafdorlari orasida to‘xtovsiz kurash ketadi. Bu kurash 622 yilda payg‘ambarimizning YAsrib (Madina) ga hijrati bilan yakunlanadi. Musulmonlar jamoasi (ummat) Madinada mustahkamlanib, kuchaydi. 630 yili Makka jangsiz Muhammadga (s.a.v) taslim bo‘ldi. Makka Islomning diniy markaziga aylandi. Ka’ba ichidagi majusiy butlar va sanamlar tantanali ravishda buzib tashlandi, u eng muqaddas sajdagohga aylantirildi, bu erga haj qilish Islomning asosiy farzlaridan biri deb e’lon qilindi. Bu Muhammad (s.a.v) jamoasining badaviylarga nisbatan ta’sirini kuchaytirdi va ular o‘rtasida Islomni keng yoyishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Muhammad (s.a.v) dan so‘ng chahoriyorlari Abu Bakr Siddiq (568—634), Umar ibn al-Xattob (634-644 yy), Usmon ibn Affon (644—656), Ali ibn Abu Tolib (656—661 yy) lar birin ketin xalifa bo‘ldilar va zabt etish, islom dinini tarqatish siyosatini davom ettirdilar.
Dastlabki saylangan to‘rt xalifadan so‘ng xalifalikda hokimiyat Ummaviylar sulolasi qo‘liga o‘tdi. Bu sulola asoschisi yirik savdogar va qurayshiylar zodagoni Abu Sufyonning o‘g‘li, Suriya hokimi Muoviyadir. Muoviya Ali xalifaligini tan olmay, Damashqda o‘zini xalifa deb e’lon qilgan. Ali vafotidan keyin (661 y.) arab zodagonlari va harbiy boshliqlar yordamida Muoviya yagona hukmron-xalifa bo‘lib qoladi. Xalifalik poytaxti Madinadan Damashqqa ko‘chirildi. Abbosiylar sulolasiga Muhammad (s.a.v) amakisi avlodlaridan Abulabbos as-Saffoh (749—754 yy) Abbosiylar davrida poytaxt Damashqdan Bag‘dodga ko‘chirildi.
Arab xalifaligi Arabiston yarimoroli, YAqin va O‘rta SHarq, SHimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o‘z ichiga olgan yirik feodal davlat edi1. Arablar Vizantiyaga qaram bo‘lgan Suriya, Misr, Eron, Markaziy Osiyoda mavjud ijtimoiy va siyosiy davlat tuzumi, ma’muriy tashkilotlar, moddiy va ma’naviy hayot udumlarini qabul qiladilar. Masalan Erondagi Sosoniylar davlatidan markazlashgan davlat idorasi, feodal ishlab chiqarish usulini qabul qiladilar. Umaviylar davrida qator ma’muriy harbiy o‘zgarishlar amalga oshirildi: xalifalik lavozimi nasliy merosga aylantirildi, davlat xazinasi va davlat arxivi tashkil etildi, arab tili davlat tili deb e’lon qilindi, yangi oltin, kumush va mis pullari chiqarildi, harbiy-dengiz floti tashkil etildi.
Abbosiylar davrida Old va O‘rta Osiyoning shuningdek SHimoliy Afrikaning juda keng territoriyasida ma’lum vaqtgacha tinchlik qaror topishi natijasida xalifalik iqtisodiy jihatdan g‘oyat taraqqiy topdi. Soliq solishda ham eron usullarining o‘zlashtirildi. Xalifalik Erondagi singari ma’muriy jihatdan viloyatlarga bo‘linib, ularga gubernator – amirlar boshliq qilib qo‘yilgan. Arab xalifaligida xo‘jalik ishlarining turli sohalariga ham katta e’tibor berilgan, bu borada ham qisman Eron, qisman Mesopotamiya an’analaridan foydalandi. Markaziy hukumat irrigatsiya tizimiga muttasil e’tibor berishi natijasida, bu davrda dehqonchilik sohasida katta yutuqlarga erishildi. IX-X asrlarda xalifalikning siyosatida keng ko‘lam olgan ichki savdo va ayniqsa tashqi xalqaro savdo juda katta o‘rin tutar edi. Arab savdogarlari yiroq shimolgacha – yuqori Volgagacha va hatto Boltiq dengizi qirg‘oqlarigacha borib savdo qilardilar. Uzoq sharqda Xitoy, Hindiston va Indoneziyada doimiy suratda savdo qilardilar. Arablar YAqin sharqda - Levantda, ayniqsa, qizg‘in savdo olib bordilar.
Bog‘dod xalifaligi davrida arablarda er egaligi munosabatlari uzil-kesil qaror topdi. Xalifalikga qarashli mamlakatlarda ekspluatatsiya qilinuvchi asosiy sinf jamoachi dehqonlar edi. Jamoachi dehqonlarning ko‘pchiligi xalifaning erlarida yashab, feodal rentani bevosita davlatning o‘ziga to‘lar edi. Arab qonunlariga muvofiq butun er xalifaga qarashli bo‘lib xalifa bu erning biror qismini o‘z xizmatkorlariga vaqtinchagina berar edi. SHu tufayli xalifalikda katta er egaligining nasldan-naslga o‘tishi o‘rta asr Evropasidagi kabi qat’iy emas edi. Iqto-harbiy xizmat o‘taganligi uchun beriladigan chek er bo‘lib, G‘arbiy Evropa benifetsiyalariga o‘xshab ketadi. Mulk – in’om qilingan va asta sekin nasldan naslga meros bo‘lib o‘tadigan er mulklar, xissa va boshqa imtiyozli erlar g‘aznaga soliq to‘lashdan ozod qilingan bo‘lib, bular o‘sib kelayotgan xususiy er egaligining shakllari edi. Arablar hukmronligining ilk davrida ancha engil tortgan mehnatkash aholisining ahvoli keyinchalik og‘irlasha bordi. Dehqonlar qisman natura shaklida va qisman pul shaklida katta-katta soliqlar to‘lardi, bu esa mayda ishlab chiqaruvchi dehqon yoki hunarmandning deyarli hamma qo‘shimcha maxsulotlarini yamlab ketar edi-da, natijada ularning o‘zlari juda achinarli kun kechirar edi. Amaldorlarning o‘zboshimchaligi va jabr zulmi, dehqonlarning huquqsizligi va himoyasizligi, ularni yarim qul holiga solib qo‘ygan edi. Xalifalikda qullarning ahvoli esa nihoyatda og‘ir edi. Bunga javoban yirik r egalariga va ularning manfaatini himoya qiluvchi xalifaga qarshi bir necha marta qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Keng ko‘lam olgan xalq xarakatlari xalifalikni larzaga keltirib ko‘p vaqtgacha uning birligini buzib qo‘ydi.
Biroq xalifalikni parchalanishiga boshqa sabablar ham bor edi. Xalifalik turli mamlakatlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, turli tuman xalqlarning murakkab bir konglomeratidan iborat ediki, bulardan ba’zilari o‘tmishda o‘zining yorqin tarixiga ega edi; shuning uchun ham bu xalqlar o‘z mustaqilligini tiklashga intilar edilar; ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi natijasida maxalliy aloqalar mustahkamlanib borgan sari bu intilish kuchayib borardi. SHu bilan birga xalifalik hokimiyati tobora zaiflashib bormoqda edi. Xalifalik haqiqatda VIII asrdayoq parchalana boshlgan edi. 756-yilda Qurdoba amirligi ajralib chiqqandan keyin VIII asrning oxiri IX asrda boshlarida Marokash bilan Tunis ajralib chiqdi, IX asrning o‘rtalarida Misr mustaqil bo‘lib oldi (bu erda avvaliga tumanlar, keyinchalik X asrda Alining avlodlari – Fotimiylar idora qila boshlab, ular 969-yildan etiboran Misrni mustaqil Qohira xalifaligiga aylantirdi). IX va X asrlarda Eron ajralib chiqdi, 945 yili Erondagi buvayhiylar Bag‘dodni egallab, abbosiylarni siyosiy hokimiyatdan chetlatdilar, fors tilida so‘zlashuvchi aholidan iborat katta hudud mustaqillikka erishdi.
Movaraunnahrda Movaraunnahrda mahalliy sulolalar boshchiligida Tohiriylar, Safforiylar va Somoniylar davlati tuzildi.
SHu tarzda qudratli abbosiylar xalifaligi parchalanib keta boshladi. 1055 yilda saljuqiy turklar Bog‘dod shahrini bosib oldi, Abbosiy xalifa qo‘lida faqatgina diniy hokimiyat saqlanib qoldi. Eng so‘nggi xalifa Mu’tasim mo‘g‘ullar xoni Xuloku tomonidan 1258 yili qatl etildi. Mana shunday qilib abbosiylar xalifaligi besh asr va umuman Muhammad (s.a.v.) payg‘ambardan keyin tashkil topgan arab xalifaligi 626 yil hukm surdi.
4.2. Ilk islom jamiyatini boshqarish Qur’on asosida olib borilgan. Vaqt o‘tishi bilan musulmonlarning barcha ijtimoiy-iqtisodiy diniy faoliyatini qamrab oluvchi qonunlar majmuasiga ehtiyoj tug‘ildi. Islom ilohiyotchilari bir necha asr mobaynida shariat qonunlarini ishlab chiqqanlar. SHariat (arab.-to‘g‘ri yo‘l, ilohiy yo‘l, qonunchilik) - islom diniy huquq tizimidir. SHariatga asos qilib Qur’on va sunna, keyinchalik ijmo’ va qiyos olingan. Unda sof huquqiy masallardan tashqari ahloqiy normalar va amaliy diniy talablarga ham qonun tus berilgan.
Islom dastlabki davrda hech qanday yo‘nalish, mazhab va oqimlarga bo‘linmagan. Keyinchalik islom dinida ijtimoiy ziddiyatlar va hokimiyat uchun kurash jarayonida turli yo‘nalishlar va oqimlar vujudga keldi. Islom mazhablaridan besh turini bir-biridan tafovut qilish kerak:

    1. Islomdagi asosiy yo‘nalishlar. Islomda dastlab yuz bergan ixtilolar natijasida diniy ta’limot, marosimchilik, ahloqiy-huquqiy normalarga oid bir qator masalalarda bir-biridan farq qiladigan uch asosiy yo‘nalish vujudga kelgan: - sunniylik, shialik va xorijiylar.

Sunniylik
Yüklə 88,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə