4 mavzu psixolog kasbiy faoliyati va psixologiya metodlari (2 soat) Reja



Yüklə 319,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix23.12.2023
ölçüsü319,53 Kb.
#154675
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
metodlar



4 mavzu PSIXOLOG KASBIY FAOLIYATI VA PSIXOLOGIYA 
METODLARI (2 soat) 
Reja: 
1.Psixolog kasbiy faoliyatida psixologiya metodlarining tutgan o‘rni.
2.Psixologiya metodlari. Kuzatish metodi. Eksperiment metodi.
Tayanch tushunchalar: 
obyektiv metodlar, tadqiqot metodlari, kuzatish
eksperiment, suhbat, so‘rovnoma, test, faoliyat mahsulini o‘rganish metodi, 
biografiya, sotsiometriya, statistik metodlar 
 
Psixolog kasbiy faoliyatida psixologiya metodlarining tutgan o‘rni. 
Ma’lumki, har qanday fan o‘z predmetiga ega. Psixologiyaning predmeti 
psixika bo‘lib, u obektiv olamni psixik hodisalar asosida aks ettirib, yuzaga kelgan 
va shakllangan obraz sub’ekt faoliyatini, xulq-atvorini maqsad sari yo‘naltiradi. 
Bundan tashqari har qanday fan qandaydir hodisa qonuniyatlarini bilish uchun 
malum bir metodlardan foydalanadi. 
I.P. Pavlov
“Metodning qo‘lida tadqiqot 
taqdiri yotadi” degan edi. Metodlar tizimi fanning umumiy metodologiyasiga 
birlashadi.
Metodologiyani keng ma’noda oladigan bo‘lsak, u ma’lum tizimga ega 
bo‘lgan va bilimlarni izlab topishga qaratilgan, mantiqan ketma-ketlikka ega bo‘lgan 
metodlardir. Ko‘pchilik olimlar bu atamani ilmiy metod tushunchasiga mos tarzda 
tushunadilar va foydalanadilar, metodologiya faqat ilmiy tarzda qabul qilinishi deb 
takidlaydilar. 
Metodologiya
(yunoncha methodes − bilish, tadqiq qilish, izlanish yo‘li, 
logos − tushuncha, ta’limot) amaliy faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish 
tamoyillari, usullari tizimi hamda ushbu tizim haqidagi talimotdir. 
Metodlar
− 
psixologiyani o‘rganish usullari va yo‘llari yig‘indisi, 
“Metod”
bu bilish, anglash 
yo‘li bo‘lib, bu usul orqali fanning predmeti aniqlanadi. (S.L. Rubinshteyn). 
Metodologiya
− uslubiyot deb ilmiy tadqiqot tamoyillari tizimiga aytiladi. 
Aynan, metodologiya to‘plangan faktlar bilimning real va ishonchli asosiga qay 
darajada xizmat qilishi mumkinligini aniqlaydi. 
Rasmiy nuqtai nazardan, metodologiya real hayot haqidagi bilimlar mazmuni 
bilan bog‘liq bo‘lmay, balki bilimlarni tashkil etish borasidagi jarayonlar bilan ish 
ko‘radi. Shuning uchun “metodologiya” termini, odatda, tadqiq etilgan protsedura, 
texnika, usullar majmuini va ma’lumotlar to‘plash, ularni qayta ishlashni anglatadi.
Metodologiyani mohiyatan tushunish tadqiqot predmeti doirasidagi evristik 
(ya’ni, izlanayotgan) funksiyani amalga oshirish asoslanadi. Har qanday nazariy 
bilimlar tizimi nafaqat predmet doirasidagi tasvirlash va tushuntirish mazmuniga ega 
bo‘ladi, balki, bir vaqtning o‘zida yangi bilimlar izlanishida qurol hisoblanadi. 
Predmet doirasidagi ob’ektiv hayotni aks ettiruvchi nazariya qanchalik 
tamoyil va qonunlarni shakllantirsa u shunchalik voqe’likning o‘rganilmagan 
qirralariga kirish usullarini ko‘rsatadi. Gegelning ta’kidlashicha:
“Har qanday fan 
amaliy mantiqdir”

A.N. Kupriyan nazariyaning 3 ta asosiy metodologik funksiyalarini ajratib 
ko‘rsatadi: 
mo‘ljallangan, bashoratlangan, klassifikatsiyalangan

tasnifiy



Birinchisi
, tadqiqotchi harakatini ma’lumotlar olishga yo‘naltirsa; 
ikkinchisi

ba’zi maxsus sohalarda o‘ziga xos bog‘liqlikni tiklashga suyanadi; 
uchinchisi
esa 
xususiyat va aloqalarni namoyon qilish yo‘li orqali faktlarni tizimlashtirishga 
yordam beradi.


Yüklə 319,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə