4-Mavzu: Shaxsni evalyusiyon jixatdan rivojlanishi. Reja



Yüklə 43 Kb.
səhifə1/19
tarix11.05.2023
ölçüsü43 Kb.
#109552
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
4-Mavzu Shaxsni evalyusiyon jixatdan rivojlanishi. Reja


4-Mavzu: Shaxsni evalyusiyon jixatdan rivojlanishi.
Reja:

  1. Shaxs rivojlanishi.

  2. Evalyusiyon nazariyalar.

  3. Shaxs filogenezi va ontogenezi.

Tayanch tushunchalar: Shaxs shakllanishi, biogenetik yo‘nalishi, sotsiogenetik yo‘nalishi, Ontogenezda shaxs shakllanishi, Shaxs tuzilishi.

Shaxs psixologiyasi taraqqiyotini uch davrga ajratish mumkin, bular: falsafiy-adabiyot, klinik va tajribaviy.


Tadqiqotlarning birinchi davri qadimgi allomalarning ishlari bilan boshlangan bo’lib, XIX asrning boshlarigacha davom etdi. Falsafiy-adabiyot davrida shaxs psixologiyasining asosiy muammolari insonning ahloqiy va ijtimoiy tabiati haqidagi masalalardan iborat bo’ldi. SHaxs haqidagi birinchi ta’riflar yetarli darajada kengroq edi. Ular o’z ichiga insonda mavjud narsalarni va shaxsan o’ziniki bo’lgan: uning biologiyasi, psixologiyasi, mol-mulki, hulq-atvori, madaniyati va h.k.larni jamlagan edi.
XIX asrning birinchi o’n yilliklarida shaxs psixologiyasi muammolari bilan faylasuflar bilan bir qatorda shifokor-psixiatrlar ham shug’ullana boshladi. Ular birinchilar qatorida klinika sharoitlarida bemor shaxsi ustidan muntazam ravishda kuzatuvlar olib bordilar, uning hulq-atvorini yaxshiroq tushunish maqsadida bemor hayoti tarixini o’rgandilar. Psixiatrlarning diqqat markazida bemor odamda odatda aniqlanadigan shaxs xususiyatlari bo’ldi. Keyinchalik ular tomonidan aniqlangan o’ziga xos xususiyatlar sog’lom odamlarning deyarli barchasida mavjudligi, lekin ularda kuchsiz holatda, bemorlarda esa o’ta kuchli tarzda ifodalanishi aniqlandi. Bu, masalan, xavotirlik va rigidlik, zatormojennosti va qo’zg’aluvchanlik holatlariga tegishlidir.
Shaxsni aniqlash qirralari shifokor-psixiatrlar tomonidan shunday atamalar bilan belgilangan ediki, ular yordamida ham normal, ham patologik, ham aktsentuirovannuyu shaxsga ta’rif berish mumkin edi. SHunga qaramasdan, ushbu yondoshuv psixologiya nuqtai nazaridan mukammal deb hisoblanmaydi. Bunday yondoshuvlar normal shaxsni yaxlit holda ta’riflash uchun juda qisqa va yetarli emas. Bunday aniqlash turiga turli sharoitlarda aniq ifodalanuvchi, doimo ijobiy, «mutanosib» bo’lgan shaxs xususiyatlari kiritilmagan edi. Bularga misol qilib, layoqatlar, ahloqiy sifatlar va boshqa shaxs xususiyatlarini keltirish mumkin.
Jahon psixologiyasi fanida shaxsning kamoloti, uning rivojlanishi to‘g‘risida xilmaxil nazariyalar yaratilgan bo‘lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o‘rganishda turlicha pozitsiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda o‘ziga xos yondashishga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalistik, bixevioristik kabilarni kiritish mumkin. quyida sanab o‘tilgan nazariyalar va ularning ayrim namoyandalari tomonidan shaxsni rivojlantirishning prinsiplari to‘g‘risidagi qarashlariga to‘xtalib o‘tamiz.



Yüklə 43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə