4-mavzu: sotsiologiya strukturasi


Sotsiologiyada maxsus va tarmoq yo’nalishlar



Yüklə 151 Kb.
səhifə5/7
tarix22.05.2023
ölçüsü151 Kb.
#111914
1   2   3   4   5   6   7
3-Мавзу SOTSIOLOGIYA STRUKTURASI

3. Sotsiologiyada maxsus va tarmoq yo’nalishlar
Sotsiologiya faning tarixiy rivojlanishi davomida unda maxsus va tarmoq yo’nalishlar paydo bo’ldi.
Sotsiologiyada bugungi kunda maxsus yo’nalishlar qatoriga kiruvchi ayrim nazariyalar sotsiologiya asoschilari tomonidan ishlab chiqilgan bo’lsada, maxsus yo’nalishlar XX asrning birinchi yarmida neopo’zitivizm asosida shakllandi va keyinchalik bir qancha nazariy yo’nalishlar tufayli rivojlandi.
Sotsiologiya hodisalarni yaxlit ijtimoiy struktura elementi sifatida qabul qiladi. Jamiyat taraqqiyotiga taalluqli bo’lgan sotsial institutlar, boshqaruv Shakllari, sotsial munosabatlar va sotsial harakatlar, guruh xarakteri va tafakkkuri kabi masalalarni Chuqurroq o’rganish ehtiyoji oqibatida sotsiologiyada maxsus yo’nalishlar paydo bo’ldi. Ularning qatoriga bugungi kunda institutsional sotsiologiya, shaxs sotsiologiyasi, sotsial harakat va sotsial munosabatlar sotsiologiyasi, taraqqiyot sotsiologiyasi, o’zaro harakat sotsiologiyasi, sotsial struktura sotsiologiyasi.
O’z navbatida yuqoridagi masalalarni o’rganish davomida sotsiologiya boshqa fanlarning yutuqlariga tayanishi kerak. Misol uchun siyosiy sotsiologiya va siyosat Shunoslik.
Maxsus yo’nalishlardan tashqari sotsiologiyada tarmoq yo’nalishlari mavjud. Tarmoq yo’nalishlarning eng rivojlanganlari qatoriga sanoat sotsiologiyasi, deviant xulq-atvor sotsiologiyasi va jamoatchilik fikri sotsiologiyasi kabilar kiradi. Bu yo’nalishlar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida vujudga kelgan.
Tarmoq sotsiologiyasi amaliy tadqiqotlar uchun asos hisoblanadi. Ular ijtimoiy hayotning turli tomonlarini tadqiq qilish orqali xususiy va maxsus nazariyalarning rivojiga yordam beradi, fundamental sotsiologiya rivojiga ta’sir ko’rsatadi. Mazkur yo’nalishlar asosida ayirboshlash nazariyasi, referent guruh nazariyasi, etakchilik nazariyasi kabilar yaratildi. Tarmoq yo’nalishlarining Shakllanishi natijasida fundamental sotsiologiya oldiga jamiyatning yaxlit strukturasida turli xil ijtimoiy tizimchalarning roli va ularning o’zaro harakat turlari, taraqqiyoti asoslari kabi muammolarni qo’ydi.
Tarmoq sotsiologiyasining maqsadi ijtimoiy strukturadagi moddiylik va ma’naviylik holati, mehnatning sermahsulligini oshirish tamoyillari, ishlab chiqarish va oilaviy munosabatlar kabilarning o’zaro faoliyat ko’rsatishi hamda rivojlanish qonuniyatlarini yaratishdan iborat.

Yüklə 151 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə